Kontent qismiga oʻtish

Zirkmozor ziyoratgohi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zirkmozor ziyoratgohi — Chortoq tumanining Arbagʻish qishlogʻida joylashgan qadamjo[1][2]. Xalq orasida boshqa ziyoratgohlar kabi bu joy borasida ham turli xil rivoyatlar mavjud. Bunga koʻra, paygʻambar Muhammad vafotidan oldin oʻzining qimmatbaho toʻnini Sulton Voizga meros qilib qoldirgan. Shuningdek, paygʻambar toʻnini egasiga topshirish vazifasini oʻzining yaqinlariga vasiyat qilib qoldirgani aytiladi. Paygʻambar vafotidan soʻngra bu toʻnni Sulton Voizga topshirish vazifasi Muhammadning kuyovi Aliga berilgan. Ali Sulton Voizni axtarib Zirkmozorga kelgani va oʻsha yerda namoz oʻqigani xalq orasida rivoyat qilib kelinadi. Bu rivoyatga koʻra Ali namoz oʻqiyotib boshini qoʻygan joyda daraxt, hassasini sanchib qoʻygan joydan esa buloq chiqqan. Bu joy xalq orasida Alining qadami yetgan muqaddas joy sifatida bilinadi[3].

  1. „TURIZM GEOGRAFIYASI“. 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  2. „Toshkentdan Xorazmgacha..“. 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  3. „"Zirkmozor" ziyoratgohi“. 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.