Kontent qismiga oʻtish

Ziyokor (Sirdaryo tumani)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ziyokor

Ziyokor
Shaharcha
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Sirdaryo viloyati
Tuman Sirdaryo tumani
Hukumat
 • Oqsoqol Xo'jaqulov Xamroboy Botir o'g'li
Asos solingan 2009 yil
Avvalgi nomlari Oxunboboyev
Maydon 1.35 km ([convert: unknown unit])
Markazi balandligi Dengiz sathidan 262 - 267 metr balandda m
Iqlim turi

Qishda -2 -8

Yozda +18 +40
Rasmiy til(lar)i Tojik
Aholisi
3 000 gacha
Zichligi

3000 aholi sonini / 1.35 km kv ga bo'lamiz

Shunda shaharcha zichligi 1 km kv ga 2222 kishiga tog'ri keladi. kishi/km2
Milliy tarkib

Tojik 88% O'zbek 7.5% Rus 1.9 % Tatar 1.6%

Boshqalar 1%
Konfessiyaviy tarkib

Islom 98%

Xristian 2%
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 120600
Avtomobil kodi 20

Ziyokor (ruscha: Зиёкор) — Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. Eski "Охунбобоев" nomida bo'lgan mahallaga 2009- yilda "Ziyokor" shaharcha maqomi berildi. Shaharcha Respublikaning eng katta magistral M-34 yo'nalishida joylashgan. Shaharcha yer maydoni 1.35 km2 [136 gektar] joyni egallaydi. Perimetri esa 5712 metrni tashkil qiladi. Shaharchada 30 ga yaqin ko'chalar mavjud. Ulardan eng yiriklari Qadr (1525 m) va Istiqlol (1090 m) ko'chalari hidoblanadi. Bu yerda gaz ta'minot, elektr energiya,suv ta'minoti, chiqindi olib ketish xizmati, wi-fi ta'minotlari, xususan Beeline, Ucell, Uzmobile(Uztelecom), Humans, Oq aloqa kompaniyalari 100% miqdorda ishlab keladi va kollej, maktab, bog'cha, sport zali, stadion, klinika, restoran, do'kon, avtomobilsozlik va boshqa xizmat ko'rsatish turlari mavjud. Bundan tashqari chorvachilik,bog'dorchilik,pillachilik kabi qishloq xo'jaligi ham rivojlangan. Shaharchani o'rta qismidan "O'rinboy" suv kanali kesib o'tgan va aholi uchun yer maydonlarini sug'oriladigan kanal hisoblanadi.Shaharchadagi eng mashhur joylardan biri bu - "Abu Ali ibn Sino" nomidagi tibbiyot texnikumi hisoblanadi , talabalar tumanning boshqa mahallalaridan kelib tahsil olishadi. Shaharcha ichida nogironligi mavjud bo'lgan ayollar uchun mo'ljallangan "Sirdaryo Muruvvat Uyi" qurilgan va u yerda 500 nafarga yaqin nogiron ayollarga xizmat ko'rsatilmoqda. [1]

  1. ПОСТАНОВЛЕНИЕ КАБИНЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 13.03.2009 г. N 68 О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ МЕРАХ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН