Kontent qismiga oʻtish

Zob binni Tahmosb

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zob binni Tahmosb, ZavQadimgi Eronda hukmronlik qilgan Peshdodiy hukmdor. Manuchehrning nabirasi. Afrosiyobga qarshi urushib, Eron taxtini qaytarib oladi. Afrosiyob davrida buzilgan oʻlkalarni obod qilib, Iroqda (baʼzi manbalarda Diyori Bakrda) ikkita kanal qaziydi. Zol ibn Som (Rustamning otasi) shu davrda jahon pahlavon sifatida tanilgan. Banokatiy tarixida Zob binni Tahmosb besh yil, boshqa manbalarda esa oʻttiz yil hukmronlik qilgani aytilgan. Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam”da Zob binni Tahmosbni odil podshohlar qatoriga qoʻshgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Tarixi muluki Ajam.