Kontent qismiga oʻtish

Zodiak qotil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zodiak qotil
Zodiak qotil
Qurbonlar soni Rasman 5 kishi o'lgan, 2 kishi yaralangan, jami 20-28 kishi o'lgan (37 kishi o'lgan deb da'vo qilingan)
Sabab Noaniq
Qotilliklar qilingan mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
Qotilliklar qilingan shtat Kaliforniya, ehtimoliy Nevadada shtatida ham
Hibsga olingan yil Qo'lga tushmagan

Zodiak qotil (Zodiac killer)[1] 1960-yillarning oxirida Shimoliy Kaliforniyada ketma-ket jinoyatlar sodir etgan nomaʼlum qotilning taxallusidir. U katta mashurlikka va bu uni koʻplab havaskor detektivlar qidirishiga sabab boʻldi[2]. Zodiak 1968-yil dekabridan 1969-yilning oktyabirgacha San-Fransisko shahrida beshta odamni oʻldirgan. Uning nishoni ikki sevishgan juftlik bilan taksi haydovchisiga qaratilgan. Uning hujumidan faqat 2 ta yaralangan odam tirik qolgan. Zodiak 37 ta qotillik qilganini daʼvo qilgan. Ularning bir nechtalari Janubiy Kaliforniyada sodir etilgan. Qotilning shaxsiga oid koʻplab nazariyalar ilgari surilgan boʻlsa-da, hech kimga oshkor etilmagan yagona rasmiy gumonlanuvchi Arthur Lee Allen edi[3], sobiq boshlangʻich maktab oʻqituvchisi va u 1992-yilda vafot etgan.

Tasdiqlangan qotilliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zodiak gazetalarga yozgan maktubida 37 ta qotillik sodir etganini daʼvo qilgan boʻlsa-da, tergovchilar tomonidan faqatgina yettita qotillik aniqlangan va ulardan besh nafari voqea joyida vafot etgan qolgan ikkitasi yarador boʻlib tirik qolishgan. Ular:

  • 17 yoshli David Arthur Faraday va 16 yoshli Betty Lou Jensen 1968-yilning 20-dekabrida Benisia shahri chegarasidagi Herman koʻlida otib oʻldirilgan.
David Arthur Faraday va Betty Lou Jensen
  • 9 yoshli Michael Reanult Mageau va 22 yoshli Darlene Elizabeth Ferrin 1969-yilning 4-iyulda Vallejo avtoturargohida otib tashlangan. Mageau suiqasddan omon qolgan, Ferrin esa Kaiser shifoxonasida vafot etgan.
  • 20 yoshli Bryan Calvin Hartnell va 22 yoshli Cecilia Ann Shepard 1969-yilning 27-sentabrda Napa okrugi Berryessa koʻlida pichoqlangan. Bu suiqasddan Hartnell tirik qolgan Shepard esa oʻzidagi jarohatlari tufayli bir necha kundan keyin vafot etgan.
    Brayan Xartnelning mashina eshigidagi surat, unga Zodiak qotil Hartnell va Cecilia Shepardga qilgan hujumi tafsilotlarini yozgan.
  • 29 yoshli Pol Lee Stine 1969-yilning 11-oktabrida San-Fransisconing Presido Heights koʻchasida oʻtib oʻldirilgan.

Herman koʻli yaqinidagi qotilliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zodiak qotil bilan bogʻliq boʻlgan birinchi qotilliklar 1968-yilning 20-dekabrda Benisia shahri chegarasidagi Herman koʻlida maktab oʻquvchilari Betti Lou Jensen va Devid Artur Faradeyga qilingan suiqasd edi. Sevishganlar birinchi uchrashuvda edi va Jensenning uyidan taxminan uch km uzoqlikdagi Xogan oʻrta maktabida Rojdestvo bayramiga borishni rejalashtirishgan. Ular mahalliy restoranda toʻxtab, Herman koʻli yaqinida doʻstlari bilan uchrashishadi. Taxminan 22:15 da Faraday onasining Rambler avtomashinasini shagʻalli joyga qoʻydi, bu mashhur sevishganlar yoʻli edi. Soat 23:00 dan koʻp oʻtmay, ularning jasadlarini yaqin atrofda yashovchi Stella Borges topdi. Solano okrugi sherifi jinoyatni tergov qildi, ammo hech qanday dalil topa olmadi[4].

Mavjud sud-tibbiyot maʼlumotlaridan foydalangan holda, Robert Graysmith 1976-yilda oʻzining hisob-kitobida, soat 23:00 ga yaqin boshqa bir mashina ham boʻlganini taxmin qildi va bu mashina sevishganlarning yonida toʻxtaydi. Qotil ikkinchi mashinadan tushib, ularning mashinasi tomon yurgan boʻlishi mumkin, ehtimol, sevishganlarni undan tushishini talab qilgan. Maʼlum boʻlishicha, Jensen mashinadan birinchi boʻlib tushgan, ammo Faraday uning oldiga kelayotganida qotil uning boshiga oʻq uzgan. Qotil Jensen qochib ketayotganda uning orqa tomoniga besh marta oʻq uzadi; uning jasadi mashinadan 28 fut uzoqlikda topilgan. Qotil shundan keyin mashinani haydab ketadi[5].

Vallejo avtoturargohi yaqinidagi qotilliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1969-yil 4-iyul yarim tunda Darlene Ferrin va Michael Mageau Valejodagi avtoturargohga kirib, mashinani toʻxtatib turishdi. Bu Herman koʻlidan 6 km uzoqlikda joylashgan boʻlib. Sevishganlar Ferrinning mashinasida oʻtirishganida, qotilning mashinasi maydonga kirib, ularning yoniga toʻxtadi, lekin deyarli darhol haydab ketdi. Taxminan 10 daqiqadan soʻng yana qaytib kelgan qotil mashinasi ularning orqasida toʻxtab qoldi. Qotil avtomashinadan chiqib, mashinaning yoʻlovchi tomoni eshigiga yaqinlashib chirogʻini Mageau va Ferrinning koʻzlariga qaratib, ularga qarata besh marta oʻq uzdi. Qotil mashinadan uzoqlashdi, lekin yana qaytib kelib har-bir qurboniga yana ikki martadan oʻq otdi[5].

1969-yil 5-iyul kuni soat 12:40 da bir kishi Vallejo politsiya boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Qoʻngʻiroq qilgan shaxs, shuningdek, olti yarim oy oldin Jensen va Faraday qotilligini ham oʻz boʻyniga oldi. Politsiya qoʻngʻiroqni Ferrinning uyidan taxminan 500 m radius atrofida qilinayotganligini aniqladi shuningdek Vallejo politsiya boʻlimidan bir necha km uzoqlikda joylashgan Tuolumne yonilgʻi quyish shoxobchasidagi telefon butkasiga signallarni uztgan[5]. Oʻshandan keyin Ferrin kasalxonada vafot etadi Mageau esa yuzi, boʻyni va koʻkragidan olgan jarohatiga qaramay, hujumdan omon qoldi[5]. Mageau oʻz qotilini 26 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, vazni 88 dan 91 kilogrammgacha (88 dan 91 kg gacha) yoki undan ham koʻproq, boʻyi 1,73 m (5 fut-8 dyuym) oq sariqdan kelgan jingalak soch erkak deb tasvirlaydi.

Zodiakdan birinchi xatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1969-yil 1-avgustda qotil tomonidan tayyorlangan uchta maktub Vallejo Times Herald, San Francisco Chronicle va The San Francisco Examiner gazetalarida chop etiladi[6]. Unda Herman koʻlidagi va Vellejo avtoturargohidagi qotilliklarni sodir etganligini tan oladi. Har bir maktubda 408 belgili kriptogrammaning uchdan bir qismi ham boʻlgan, qotil unga oʻzining shaxsini yashirgan. Qotil ularni har bir qogʻozning birinchi sahifasida chop etishni talab qildi, aks holda u „dam olish kunlari, yolgʻiz odamlarni tunda oʻldirish“ bilan tahdid qiladi[5].

Zodiak oʻz maktublarini imzolagan xochga oʻxshash belgi

Chronicle kriptogrammaning uchinchi qismini keyingi kun gazetaning toʻrtinchi sahifasida nashr etdi. Kod bilan birga chop etilgan maqolada Vallejo politsiyasi boshligʻi Jek E. Stiltzning „Biz xat qotil tomonidan yozilganiga ishonmaymiz“ degan soʻzlaridan iqtibos keltiriladi va yozuvchidan oʻz shaxsini isbotlash uchun koʻproq faktlar bilan ikkinchi xat yuborishni soʻradi[7]. Tahdid qilingan qotilliklar sodir boʻlmadi va kriptogrammaning barcha uch qismi oxir-oqibat nashr etildi.

1969 yil 7 avgustda The San Francisco Examiner „Hurmatli muharrir, bu Zodiak“ degan salom bilan xat oldi. Bu qotilning birinchi marotaba bu nomdan foydalanishi edi. Maktub Faraday, Jensen va Ferrinni oʻldirganini isbotlovchi batafsil maʼlumot soʻrashiga javob edi. Unda Zodiac hali ommaga oshkor etilmagan qotilliklar haqidagi tafsilotlarni oʻz ichiga olgan. U, shuningdek, politsiya uning kodini buzishganida, „ular meni tutib oladi“, degan jumlalar ham keltirilgan[5].

Muallif Søren Roest Korsgaard bu maktubdagi „epizod“ bandi Alfred Xitchkok taqdim etgan „Museum Monsters“ epizodiga ishora ekanligini tushunadi[8]. Chiroqni qurolga ulash Zodiak tomonidan qabul qilingan syujet elementi edi. Epizod dialogida „The Most Dangerous Game“ iborasi ham mavjud. Zodiak Hitchcock hikoya elementlarini nazarda tutgan va ularni ijro etgan.

1969-yil 8-avgustda Kaliforniyaning Salinas shahrida yashovchi Donald va Betti Xarden 408-ramzli kriptogrammani buzdi. Unda qotil „The Most Dangerous Game“ga ishora qilgan xabar bor edi. Muallif, shuningdek, xatda oʻzining keyingi qurbonlari roʻyxatini tuzayotganini aytgan. Ushbu dekodlangan matnda hech qanday ism yoʻq edi. Qotil oʻz shaxsini oshkor qilmasligini aytadi, chunki bu uning keyingi qotilliklarini amalga oshirishni sekinlashtiradi yoki toʻxtatadi deb aytgan[9].

„Men odamlarni oʻldirishni yaxshi koʻraman, chunki bu juda qiziqarli, bu oʻrmonda yovvoyi hayvonni oʻldirishdan koʻra qiziqarliroq, chunki odam eng xavfli hayvondir, biror narsani oʻldirish menga eng hayajonli tajribani beradi. Keyingi hayot ebeorietemethhpiti“

– 1969-yil avgust oyida yechilgan Zodiac-ning 408-ramzli shifriga yechim, shu jumladan asl nusxadagi imlo va grammatik xatolarning ishonchli transliteratsiyasi. Oxirgi oʻn sakkiz harfning maʼnosi, agar mavjud boʻlsa-da, aniqlanmagan.

  1. https://zodiackiller.com/
  2. https://www.sfchronicle.com/crime/article/zodiac-340-cypher-cracked-by-code-expert-51-years-15794943.php
  3. https://www.sfchronicle.com/bayarea/article/zodiac-killer-case-solved-case-breakers-16514228.php
  4. https://www.clint.ca/zodiac/lakeherman.htm
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 https://archive.org/details/zodiac00gray_0/page/4
  6. https://news.google.com/newspapers?nid=1817&dat=19691017&id=MxwfAAAAIBAJ&pg=7420,3801832
  7. „arxiv nusxasi“. 2009-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  8. Korsgaard, Søren Roest (2020). Americaʼs Jack the Ripper: The Definitive Account of the Zodiac Killer (2nd ed.). USA: Korsgaard Publishing. p. 37.
  9. https://archive.org/details/zodiac00gray_0