Kontent qismiga oʻtish

Zohid Murgʻobiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zohid Murgʻobiy Mavlono Jaloliddin Mahmud (vaf. 778 h.q./1377 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Bodgʻis shahri yaqinidagi Murgʻob kentida tugʻilgan. Shayx Nizomidin Hiraviydan sharʼiy ilmlarni oʻrgangan. Taqvo va parhezkorlik, zuhd va qanoatda peshqadam boʻlgan. Ona yurti – Murgʻobda vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.