Kontent qismiga oʻtish

Zolim bin Muhammad

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zolim bin Muhammad“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Asl ismi Abu Abdulloh boʻlib, “Zolim” taxallusini olgan. Buning sababini oʻzi quyidagicha izohlaydi: “Der erdiki, mendin hargiz bir pisandida bandaligʻ qilmamish boʻlgʻay, bas zolim boʻlgʻanman, yaʼni oʻzumga”.

Abu Jaʼfar Haddodning muridlaridan boʻlgan. oʻngilni Haq taolo zikri bilan orom tutmoq, xalqdan uzoq boʻlishni ixtiyor etmoq va oz yemoqni maʼnaviy kamolotning asosiy shartlari, deb hisoblagan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2][3].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat. 
  3. Nafahot ul-uns.