Kontent qismiga oʻtish

Qirqqiz darasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zomin Qirqqiz darasidan yoʻnaltirildi)
Map
Qirqqiz darasi manzili xaritada

Qirqqiz darasi(Grand Canyon) – Zomin shahrida joylashgan tarixiy obida. Qirqqiz obidalarining izlari Sibir, Oltoy togʻlari, Ural, Kavkaz, Afgʻoniston va Eron hududlarida uchraydi. Asosan, ularning toshdan yasalgan haykallari togʻli hududlardan, odam yetib borishi qiyin boʻlgan joylardan topilgan.

Zomindagi „Qirqqiz darasi“ haqida xalq orasida qizlar sehrlangan va toshga aylantirilgan degan gap bor. „Toshga aylanish“ jarayoni fanda „oʻz-oʻzini saqlab qolish“ yoki Petrification deb ataladi. Qirqqiz darasiga Baxmal togʻlari orqali oʻtiladi. Yoʻlda „Malik Ajdar“ – „Buyuk Ajdarho“ nomli tarixiy joyni kesib oʻtish kerak. Amir Temurning Shahrisabzdagi Oq saroy masjidi ham shunday nomlanadi. Bu masjidda Amir Temur yolgʻiz oʻzi namoz oʻqigan[1].

Bibixonim bilan bogʻliqligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temurning rafiqasi Bibixonim erining vafotidan soʻng Zominda joylashgan Qirqqiz darasiga kelgan. Bibixonim aynan shu yerda yovvoyi uzumdan chiqqan zaxarli qoraqurtning chaqishi oqibatida jon taslim qilgan[1].

Qirqqiz darasiga yaqin atrofda istiqomat qiluvchi ayollar Qurʻondan duolar oʻqib, Qirqqizlarga atab maxsus taom pishirishadi. Bu taomning nomi „Umoch oshi“ hisoblanadi. Jizzax togʻlarida umumiy ikkita Qirqqiz mavjud. Ulardan biri Zominda, ikkinchisi esa Baxmal qoʻriqxonasida joylashgan. Qoʻriqxonadagi Qirqqiz qalʻasiga kirish uchun Zomindan farqli oʻlaroq ruxsatnoma talab etiladi[1].

Qirqqiz Akademiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilning 17-sentyabrida „Umrboqiy meros“ Oʻzbekiston madaniyati va sanʻati targʻibot markazi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan Qirqqiz Akademiyasining taqdimot marosimiga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtgan. Anjuman yakunida „Qirqqiz qalʻasi sirlari“ nomli hujjatli film namoyish etilgan[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 YouTube logotipi „Qirq qiz“ qalʼasi YouTubeda
  2. Ibrohimova, Hilola „Yurtga qaytgan «qirqqiz»lar“. uza.uz (2024-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 25-oktyabr.