Zuhra Ismoilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zuhra Qoraboyevna Ismoilova
Tavalludi 20-aprel 1961-yil (1961-04-20) (63 yosh)
Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis-pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Zuhra Qoraboyevna Ismoilova (1961-yil 20-aprel, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (2007), professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zuhra Ismoilova 1961-yil 20-aprel Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tugʻilgan[1]. 1984-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining muhandis-pedagog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1985—2020-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida laborant, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan[1]. 2020-yildan „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universitetining „Professional ta’lim va jismoniy madaniyat“ kafedrasi mudiri[2]. „Ma’rifat“ targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi[3].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zuhra Ismoilova 2000-yil „Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirish“ mavzusida nomzodlik, 2007-yilda „Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental metodik asoslari: (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar asosida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiligan. 5 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 50 ga yaqin uslubiy ishlanma va risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
  • „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishoni (2020);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021);
  • „Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2022)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2. „PROFESSIONAL TA’LIM“. 2023-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  3. „Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari 2023-yil uchun RO‘YXATI“. 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.

Andoza:OʻTOE