Kontent qismiga oʻtish

Zulayho Norqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zulayho Norqulova
Tavalludi 1937-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Davlat va jamoat arbobi, qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Mukofotlari

Zulayho Norqulova (1937-yil, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati — ?) — davlat va jamoat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1958)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zulayho Norqulova 1937-yil Paxtachi tumanida tavallud topgan. Norqulova 1962-yilda Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlaydi. 1953—1958-yillari Paxtakor (hozirgi Paxtachi) tumanidagi Oxunoboboyev nomli kolxozda kolxozchi, 1960-yili partiya tashkiloti kotibi, 1961—1962-yillarda Paxtachi tumani partiya qoʻmitasi kotibi, 1962—1973-yillari Oxunboboyev nomli kolxoz raisi, 1973-yildan Paxtachi tumani partiya qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlib ishlagan. 1956-yil mavsumida kolxozda qoʻl bilan 25 tonna paxta tergan. KPSS 23-syezdi delegati, Oʻzbekiston KP 16—18-syezdlarida Oʻzbekiston KP MK aʼzoligiga saylangan. 3 marta Lenin ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan.

  1. OʻzSE 1976, s. 70
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VIII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1976 — 656-bet.