Namangan haqiqati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Namangan haqiqati – Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Namangan shahrida oʻzbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab „Ishchilar qalqoni“ (1918—19), „Erkinlik“ (1919—21), „Zarbdor“ (1921-36), „Stalin haqiqati“ (1936—48) nomlarida bosilgan. 1958-yildan hozirgi nomda. Gazetada turli davrlarda Lutfulla Olimiy, Turgʻun Poʻlat, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Hamid Nuriy, Rustamjon Ummatov kabi jurnalistlar faoliyat koʻrsatishgan. „Namangan haqiqati“da uzoq yillar samarali mehnat qilgan Ibrohim Yusupov, Fazliddin Mirzayev, Ermamat Nurmatov, Hamidaxon Mamajonova, Abdufattoh Rajabov, Gʻulomjon Akbarovlar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor boʻlishgan.
„Namangan haqiqati“ viloyat hayotining koʻzgusi sifatida umumiqtisodiyot, sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va boshqa sohalardagi yangilik va oʻzgarishlarni, jismoniy tarbiya va sport masalasini keng va mufassal yoritadi. „Tadbirkor“ nomli ilovasi ham bor. Gazeta adadi 5100 (2003).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |