Rustamjon Ummatov
Rustamjon Ummatov | |
---|---|
Tavalludi |
29-aprel 1952-yil |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbekcha |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Faoliyat turi |
Adib Shoir Tarjimon Publitsist |
Rustamjon Ummatov (1952-yil 29-aprel; Namangan viloyati, Chortoq shahri) – adib, shoir, tarjimon va publitsist.[1] „Eng ulugʻ, eng aziz“ tanlovi gʻolibi (2001), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining aʼzosi, Turon FA akademigi (2017).[2]
Hayoti va Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustamjon Ummatov 1952-yil 29-aprel kuni Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adib otasi usta Nuriddinni oʻzining ilk ustozi sifatida koʻrishini ta'kidlab oʻtgan. R. Ummatov 1959—1969 yillari Abu Ali ibn Sino nomli 57-oʻrta maktabda, 1970—1974 yillarda Namangan davlat pedagogika institutining (hozirgi NamDU) tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan. Oliy maʼlumotli boʻlgach, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 76-maktabda oʻqituvchi (1974—1981), Namangan viloyat teleradiokompaniyasida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1982—1999), "Namangan haqiqati" gazetasida maxsus muxbir (2000—2012), "Qishloq hayoti"ning Namangan viloyati, keyinchalik Farg‘ona vodiysi boʻyicha muxbiri (2001—2007) va "Adolat" gazetasining Namangan viloyatidagi oʻz muxbiri vazifalarida ishlagan[3].
„Charogʻbon“ (hujjatli qissa), „Koʻngil gavhari“ (sheʼrlar), „Vido manzili“ (tarixiy esse), „Odam borki…“ (hikoyalar, hajviyalar, hangomalar), „Unutmas meni bogʻim“ (hujjatli qissa) uning ijodida alohida oʻrin tutadi. „Zulmatda soʻngan ziyolar“ (ocherklar), „Obi ravon“, „Samandar“, „Axsikent“, „Charogʻbonlar“ (energetika tarixi), „Namanganning sarkitobi“ kabi asarlarini esa adabiy-tarixiy tadqiqotlar sirasiga kiritish mumkin. 2022 yili Namanganning sharafini yuksaklarga koʻtargan 2,5 ming kishi haqidagi kamyob va mukammal maʼlumotlar jamlangan ensiklopediya nashrdan chiqdi. Kitob "Gʻaznai Namangon" nomlanib, uning muallifi Rustamjon Ummatovdir. Shuningdek, jahon tarixining ikki porloq siymosi – Zahiriddin Muhammad Bobur bilan Napoleon Bonapart hayoti va faoliyatiga qiyosiy nuqtai nazardan yondoshib yaratilgan „Boburshoh va Napoleon“ tarixiy essesi 2019 yili „Jahon adabiyoti“ jurnalining 2-3-sonlarida eʼlon qilingan edi, 2024 yili kitob holida (“Yangi asr avlodi”) nashrdan chiqdi.[4] Ayni koʻklamda (2024) R. Ummatov "Qotillarni qoldirib dogʻda" nomli roman-tetralogiya utidagi ijodiy izlanishini nihoyasiga yetkazdi va to‘rt qismdan iborat ushbu asarning dastlabki ikki kitobini bosmaxonaga topshirdi.
Bundan tashqari, yozuvchining vaqtli nashrlarda eʼlon qilingan sheʼr va hikoyalari, 1000 dan ziyod turli mavzulardagi ocherk va publitsistik maqolalari ham bor.
Rustamjon Ummatov badiiy tarjima sohasida ham barakali ish olib bormoqda. Dastlab Jyul Vernning „Klodius Bombarnak“ (2012) va Bruno Travenning „Oltin kasofati“ (2014) romanlari uning tarjimasida poytaxt nashriyotlarida chop etildi. R. Ummatov tomonidan oʻzbekchalashtirgan „Muzlar iskanjasida“ va „Robinzonlar maktabi“ (Jyul Vern), Sharl Loranning „Napoleonzoda“ va „Napoleonning josusi“, Aleksandr Dyumaning „Ikki Diana“ romanlari 2016-yili „Yangi asr avlodi“ nashriyotida (adadi besh ming nusxa) bosilgan[5]. Fransuz adibasi Lorans Kosse xonim (1950) qalamiga mansub malika Diananing Alma tonnelidagi fojiasi (1997) haqidagi „31-avgust“ romani „Jahon adabiyoti“ jurnalining 2017-yilgi 8-sonida, A. Dyumaning „Jallod changalidagi oshiqlar“ („Kavaler de Mezon Ruj“) romani esa 2021-yilgi 2-5-sonlarida R. Ummatov tarjimasida eʼlon qilindi. („Jallod changalidagi oshiqlar“ 2023 yili kitob holida nashrdan chiqqan.)
Mutarjim fransuz adiblari Ann va Serj Golonning mashhur „Anjelika“ (14 jildli) roman-serialiga qoʻl urib, epopeyaning dastlabki ikki kitobini rus tilidan oʻzbekchaga oʻgirishni nihoyasiga yetkazdi.
Shoir va publitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Gʻulomjon Akbarov (1940—2018) shunday yozgandi:
Rustamjon Ummatov deganda, talantli yozuvchi, ehtirosli shoir, mahoratli jurnalistni tushunaman. Uning nomi bugun respublikada mashhurdir. R. Ummatov hamisha izlanadigan, yangiliklarni qidiradigan va erinmay o‘ylab topadigan universal ijodkor. Rustamjon, meni nazarimda, odamlarni qadrlay biladigan, beva-bechoralarga rahm qiladigan, do‘stlaridan tez-tez xabar oladigan va bu bilan o‘ziga porloq yo‘l ochadigan inson sifatida tanilgan. Men bunday odamlarni umrbod qadrlayman, hurmat qilaman.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi – Nuriddin Ummatov 1914-yili Namangan viloyatining Chortoq tumanida tugʻilgan. Urushgacha dalada ishlagan, Katta Fargʻona kanali qurilishida qatnashgan. 1939-yil dekabr oyida harbiy xizmatga ketib, Lutsk shahrida (Ukraina) xizmat qilgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida partizanlik harakatlarida qatnashib, bitta medal va ikkita orden olgan. N. Ummatov 1944-yil iyun oyida urushdan omon qaytadi va kolxozda brigadir boʻlib ishlaydi. Keyin 25 yil kosibchilik bilan shugʻullangan va 1987-yil 22-iyun kuni (73 yoshida) vafot etgan. Qurbon oyida tugʻilgani uchun otasi unga avvalboshda Qurbonali deb ism qoʻygan ekan.
Onasi – Sojiraxon Ummatova 1925-yili Namangan viloyatining Chortoq tumanida tugʻilgan. Urushgacha boshlangʻich maktabda oʻqigan: lotincha savodi boʻlgan. S. Ummatova 2012-yil 2-dekabr kuni (87 yoshida) vafot etgan.
Ular 1946-yilning yozida turmush qurishgan va 9 farzand koʻrishgan. Voyaga yetgan oʻgʻil-qizlari: Rustamjon Ummatov (1952), Saidaxon (1954), Muhammadamin (1959—2003), Habibaxon (1963), Muhammadrahim (1967).
R. Ummatov turmush oʻrtogʻi Jamilaxon (1957) bilan Mohirjon, Abdurasul, Sarvaroy, Abdurashid va Abdusattor ismli toʻrt oʻgʻil, bir qizli boʻlishdi, oʻndan ortiq nabiralari bor.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Charogʻbon (hujjatli qissa, 2000).
- Zulmatda soʻngan ziyolar (ocherklar, 2000).
- Qutlugʻ dargoh (Namangan, 2002).
- Koʻngil gavhari (sheʼrlar, 2002).
- Vido manzili (tarixiy esse, Andijon, 2005).[6]
- Obi ravon (sugʻorish tizimlari tarixi, 2007).
- Samandar (yongʻin xavfsizligi tarixi, 2007).[7]
- Axsikent (hammualliflikda, „MUMTOZ SOʻZ“, 2009).
- Odam borki… (hikoyalar, hajviyalar, hangomalar, „DAVR PRESS“, 2009).[8]
- Samandar (qayta ishlangan va toʻldirilgan nashri, „DAVR PRESS“, 2009).
- Charogʻbonlar (energetika tarixi, hammuallif – R. Musayev, „SHARQ“ NMAK, 2016).
- Namanganning sarkitobi (Toshkent, „VORIS“, 2019).
- Unutmas meni bogʻim (hujjatli qissa, „OʻZBEKISTON“, 2019).
- Boburshoh va Napoleon (tarixiy-qiyosiy esse, „Jahon adabiyoti“ jurnali, 2019, 2-3-sonlar).[9]
- G‘aznai Namangon (ensiklopediya, 1-kitob, „SHARQ“ NMAK, 2022).[10]
- Boburshoh va Napoleon (tarixiy-qiyosiy esse, „Yangi asr avlodi“, 2024).
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Klodius Bombarnak (Jyul Vern, roman, „SHARQ“ NMAK, 2012).
- Oltin kasofati (Bruno Traven, roman, „DAVR PRESS“, 2014).
- Napoleonzoda (Sharl Loran, roman, „Yangi asr avlodi“, 2016)[11].
- Napoleonning josusi (Sharl Loran, roman, „Yangi asr avlodi“, 2016)[12].
- Robinzonlar maktabi (Jyul Vern, roman, „Yangi asr avlodi“, 2016)[13].
- Muzlar iskanjasida (Jyul Vern, qissa, „Yangi asr avlodi“, 2016)[14].
- Ikki Diana (Aleksandr Dyuma, roman, „Yangi asr avlodi“, 2016)[15].
- 31-avgust (Lorans Kosse, roman, „Jahon adabiyoti“ jurnali, 2017, 8-son)[16].
- Jallod changalidagi oshiqlar (Kavaler de Mezon Ruj, Aleksandr Dyuma, roman, „Jahon adabiyoti“ jurnali, 2021, 2-5-sonlar)[17].
- Ikki Diana (A. Dyuma, roman, 2-nashr, „Yangi asr avlodi“, 2022).
- Jallod changalidagi oshiqlar (Kavaler de Mezon Ruj, A. Dyuma, roman, „Yangi asr avlodi“, 2023).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „RUSTAMJON UMMATOV 69 yoshda“. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ „Rubrika: Rustamjon Ummatov (1952)“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Yozuvchi va jurnalist Rustamjon Ummatov bilan suhbat“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Рустамжон УММАТОВ БОБУР ВА НАПОЛЕОН“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „В Намангане переводят на узбекский язык французских классиков“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Vido manzili (Esse)“. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ „Rustamjon Ummatov. Samandar“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Рустамжон Умматов. Одам борки...“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Rustamjon Ummatov. Bobur va Napoleon“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Наманган вилоят энциклопедиясининг биринчи жилди нашрдан чиқди“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Шарл Лоран. Напалеонзода“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Шарл Лоран. Напалеоннинг жосуси“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Jyul Vern - Robinzonlar maktabi“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Рустам Умматов“. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ „Александр Дюма. Икки Диана“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
- ↑ „Лоранс КОССЕ (1950 йилда туғилган) 31 АВГУСТ“. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ „Александр ДЮМА (1802–1870) Жаллод чангалидаги ошиқлар“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Homidiy H, Maʼmurov M. Namangan adiblari. Toshkent, „Fan“, 2007.
- Boqiy Mirzo. Chortoq antologiyasi. Toshkent, „Yangi asr avlodi“, 2019.
- Nosirov Q. Namangan adabiy hayotidan lavhalar – Zametki o literaturnoy jizni Namangana. Namangan, 2020.
- Mahkamov I. XXI asr Namangan adabiy bo‘stoni. “Iste'dod ziyo press”, 2024.
- Qosimov A. Namangan mumtoz adabiyoti. “Taxayyul press”, 2024.
- Jamoliddin Muslim. Gulshan diyor kuychilari. (Toʻplam.) Toshkent, „Navroʻz“, 2014.
- Chortoq tumani tarixi. Toshkent, „Universitet“, 1995.
- Badiiy adabiyot oʻzbek tiliga tarjimada. (Bibliografik koʻrsatkich: 1990–2017.) Toshkent, Milliy kutubxona nashriyoti, 2019.
- Azizov M, Haydarova D. Maʼnaviyat sarchashmalari. Namangan, 2009.
- Xalilbekov A. Namangan adabiy gulshani. Namangan, 2007.
- Baybulatov A. Romantika priklyucheniy Rustamjona Ummatova. „Namanganskaya pravda“, 29.04.2022.
- Sodiqov Z. Fransuz tarixiy romanlarining namanganlik tarjimoni. „Namangan haqiqati“, 2016-yil 8-sentyabr.
- Abdullayev N. Zacharovanniy Jyulem Vernom i Balzakom. „Narodnoye slovo“, 10.10.2018.
- Sodiq Sayhun. Nodir Namangannoma (yoxud oʻziga xos Rustamona maʼnaviyat boʻstoni). „Shifokor va hayot“, 2023 yil 14-15-sonlar.
- Abdullayev N. Babur i Napoleon: chto obshego mejdu nimi? „Namanganskaya pravda“, 22.02.2019.
- Nishonov I. Olim-adib, doʻst-ustoz. „Namangan haqiqati“, 2022-yil 30-aprel.
- Nosir Abbos. Adabiyot – tilshunoslikdir. „Namangan haqiqati“, 2017-yil 18-fevral.
- Baybulatov A. Assalomu aleykum, janob Bombarnak! „Namanganskaya pravda“, 2012.
- Sadikov Z, Baybulatov A. Iskusstvo perevoda. „Namanganskaya pravda“, 2016.
- Reshetnikov I. V Namangane perevodyat na uzbekskiy yazik fransuzskix klassikov. „Namanganskaya pravda“, 2017.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rustamjon Ummatov va uning ijodi (Telegramda).
- Boburshoh va Napoleon (tarixiy-qiyosiy esse).
- Uch tup bugʻdoy (hikoya).
- Afsuski, unvonni Namanganda olgandi-da. (General Skobelev haqida tarixiy haqiqatlar.)
- Navoiy asarlarini Dyuma oʻqiganmi?
- Kelganlariga bir qulluq edi, ketganlariga ming qulluq (mehmonlar xususida feleton).
- Mulla Bozor Oxund ziyoratgohi qanday qurilgandi?
- Tez oʻqish ham zarurat (mutolaa sanʼati).
- Namangan viloyati 80 yoshga toʻldi.
- Ikki Axsikatiy (Sodiq Sayhun va Isoqjon Nishonov).
- 31 avgust (Lorans Kosse, roman, tarjimon – R. Ummatov).
- Jallod changalidagi oshiqlar (Kavaler de Mezon Ruj, Aleksandr Dyuma, roman, tarjimon – R. Ummatov). (Wayback Machine saytida 2023-03-28 sanasida arxivlangan)