Özbək (Eldegiz)
Özbək | |
---|---|
Sultan Müzəffərəddin Özbək (Özbəy) | |
Özbəkka tegishli tanga | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
1225-yil hozirgi Culfa viloyati |
Millati | Qipchoq |
Dini | Islom |
Özbək (Özbəy) Müzəffərəddin (? —1225-yil, Culfa viloyati) — Ozarbayjondagi Otabeylar sulolasining soʻnggi hukmdori (1210—1225). 1225-yilga kelib amalga oshirilgan Xorazmshoh Jaloliddinning harbiy yurishlari arafasida ham sulola, ham davlat parakondalikka yuz tutgan[1][2].
Hokimiyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gruziyaga hujumlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Özbək Otabeylar sulolasi hukmdori Məhəmməd Cahan Pəhləvanning kanizakdan tugʻilgan oʻgʻli boʻlgan. Akasi Əbu Bəkr vafotidan soʻng oʻz qoʻl ostidagi mulklarni boshqara boshlagan va hokimiyat tepasiga kelguniga qadar mintaqaning siyosiy hayotida faol ishtirok etib turgan. Özbəkning hukmronligining dastlabki yillari (1210—1211) gruzinlarning Ozarbayjonga eng yirik harbiy yurishlaridan biri boʻlib oʻtgan. Naxchivonga hujum qilgan gruzinlar bu shaharni egallay olmaydi va Culfa tomonga yoʻl oladilar. Gruzinlar Daraduz vodiysidan oʻtib, undan janubda joylashgan Mərəndə, Təbrizə, Miyanəyə, Zəncana, Qəzvinə, Ərdəbilə va boshqa hududlarga hujumlar uyushtirib, u yerlarni talon-taroj qilib tashlashgan.
Oʻsha davr tarixchilarining yozishicha, gruzinlar qaytishda koʻplab qalʼalarni egallab, Naxichevan va Baylaqon shaharlaridan oʻlpon talab qilgan.
Moʻgʻullarning dastlabki hujumlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Özbəkning hukmronligi davrida (1221-yil yanvaridan boshlanadi) moʻgʻullar Xuroson va Iroq-Ajam orqali ilk bor Ozarbayjon hududlariga kirib borgan. Moʻgʻullar oldilaridan chiqqan shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirib, talon-taroj qilishgan va Özbəkning qarorgohi boʻlgan Tabriz shahriga hujum uyushtirgan, lekin katta talofatlar berib shaharni tark etadilar[3]. Özbəkning moʻgʻullar bilan olib borgan muzokaralari natijasida Tabriz ishgʻoldan asrab qolingan. Özbək Moʻgʻullar talabi bilan Ozarbayjon hududlarida joylashgan Xorazmshoh qoʻshinlarining joylashuv yerini oshkor qilib, Xorazmshoh qoʻshinlarining bir qismini oʻldirtiradi, qolgan qismini esa moʻgʻullarga topshirib yuboradi[4].
Özbəkning Gruziya hukmdori va boshqa qoʻshni hukmdorlarga oʻzaro raqobatni unutib, umumiy dushmanga qarshi birgalikda kurashish borasidagi taklifi javobsiz qolgan. Rashiduddinning yozishicha, Marağanı, Təbrizi, Ərdəbili, Sərabıni egallab, vayron qilgan moʻgʻullar Naxchivonni ham egallash maqsadida shaharga hujum qilishgan. Faqat Özbəkning oʻgʻli, Naxchivon hokimi Xamuşun moʻgʻullarga taslim boʻlish orqali muqarrar qirgʻindan shahar aholisini asrab qoladi. Shuningdek, manbalarda qipchoqlar va gruzinlarning dastlabki yurishlaridan keyingi moʻgʻullarning hujumlari, Özbəkning bunga qarshi chora-tadbirlari haqida ham maʼlumotlar berib oʻtilgan.
Gruziya qirolligining qurolli qarshilik koʻrsatishi hech qanday natija bermaydi. Gruzinlarni magʻlub etib, oʻtib boʻlmas oʻrmonlarga duch kelgan moʻgʻullar Ozarbayjonga qaytib ketadilar. Bu gal shahar hokimi Shamsiddin Toʻgʻroi Tabrizning ishgʻol qilinishini oldini olgan[5]. Suriyaga, u yerdan Hamadonga qadar borgan moʻgʻullar keyin yana Ozarbayjonga qaytib, bu yerdan 1221-yili uchinchi bor Gruziyaga hujum uyushtirgan. Mintaqaning deyarli barcha shaharlari vayron qilingan. Nihoyat, moʻgʻullar Darband orqali shimolga tomon yurib, oʻz vatanlariga qaytib ketadilar[6].
Qipchoqlarning hujumlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moʻgʻullar chiqib ketganidan koʻp oʻtmay Darbanddan oʻlkaga 30 ming kishilik qipchoq qoʻshini kirib keladi. Ular Darband hokimidan yashab qolishlari uchun joy soʻraydi. Qipchoqlarning talabi rad etilgandan keyin ular Darbandni egallab, talon-taroj qilib tashlaydilar. Keyin bu yerdan Gabala tomon yoʻl oladilar va oʻsha paytda Gabalani qoʻlga kiritgan gruzinlar bilan toʻqnashadilar, ammo shaharni egallay olmaydilar. Ganjadagi Özbəkning amiri Qaş Qara dastlab ular bilan jang qilgan boʻlsa-da, keyinchalik gruzinlarga qarshi kurashda foydalanish maqsadida ularni Ganja atrofiga joylashtiradi. Ammo, keyinchalik qipchoqlar qaroqchilik ishlari bilan shugʻullana boshlaydilar. Oxir-oqibatda qipchoqlar gruzinlar, shirvaniylar va boshqa qurolli guruhlar tomonidan bu hududlardan quvib chiqariladi. Bu vaqtda gruzin qoʻshini Beyləqanga hujum uyushtiradi. Shahar moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan boʻlsa-da, omon qolgan shahar aholisi hali ham mudofaa inshootlarini tiklashga harakat qilib koʻrishadi. Gruzinlar hujum qilganda, shaharliklar odatdagidek soliqlar bilan jonlarini saqlab qolish mumkin deb oʻylashgan. Lekin bunday boʻlib chiqmaydi, gruzinlar shaharni moʻgʻullardan ham yomonroq holatga solishadi. Bu voqealar sodir boʻlayotgan bir paytda Özbək shaharliklarga yordam bergan boʻlsa ham faqat ichish va aysh-ishratga berilib qolgan edi[7].
Xorazmshohlarning harbiy harakatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Özbək davrida oʻz hujumlari bilan mamlakatni ogʻir ahvolga solgan gruzinlardan tashqari Otabey davlati markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan amirlar, shuningdek, xorazmshohlar bilan kurashda ancha zaiflashib qolgan edi. Özbək ayni paytda, Xorazmshoh Muhammadning vassali hisoblanib kelingan. 1224-yilda Xorazmshoh Muhammadning oʻgʻli Gʻiyosiddin Pirshoh Eldegiziylarga qarashli Iroq-Ajamni qoʻlga kiritib, Özbəkni tahqirlovchi sulh tuzgan va singlisi — Naxchivon hokimi Cəlaliyyə bilan turmush qurgan boʻlsa-da, uning bu muvaffaqqiyati uzoqqa bormaydi. 1225-yilda Hindistondan oʻtib kelib harbiy harakatlar boshlagan Pirshohning akasi Jaloliddin Manguberdi Iroqdan oʻtib, Ozarbayjon hududiga kirib keladi va Marogʻani egallaydi. Bu vaqtda Tabrizda boʻlgan Özbək Jaloliddin Manguberdining hujumi haqida maʼlumot olgach, shaharni tark etib, avval Ganjada, soʻngra Naxchivondagi Alinjagalda panoh topadi. Mamlakat boshqaruvi aslida Özbəkning xotini, soʻnggi Saljuqiy sultoni Toʻgʻrul III ning qizi Məleykə qoʻlida qoladi. Manbalarda keltirilishicha, Alinja qoʻrgʻonida qolgan Özbəki turmush oʻrtogʻi Məleykə Jaloliddinga oʻz roziligi bilan turmushga chiqqani haqidagi xabar yetib kelganidan bir necha kun oʻtib vafot etgan. Shu tariqa Ozarbayjon Otabeklar davlati Özbəkning vafoti bilan barham topgan. Şəmsəddin Eldənizin farzandlariga boʻysungan Ozarbayjon, Arran, Shirvon va Gruziyadagi yerlar shundan soʻng Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi qoʻliga oʻtgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Luther, K. A. „Özbeg b. Muḥammad Pahlawān“. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Bosworth, C. E. (1995). "Özbeg b.
- ↑ Bünyadov 2004, s. 106
- ↑ Bünyadov 2007, s. 99
- ↑ Bünyadov 2004, s. 101
- ↑ Bünyadov 2004, s. 103
- ↑ Bünyadov 2004, s. 104
- ↑ Bünyadov 2004, s. 120
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bünyadov Z. M., Azərbaycan Atabəyləri dövləti (1136-1225). B., 1985;
- Azərbaycan tarixi, 7 cild -də, c. 2, B., 1998;
- An — Nasavi Şixabad — Din Muxammed, Cizneopisanie sultana Celalad-Dina Mankburnı. B., 1973;