Kontent qismiga oʻtish

Ilhom Aliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(İlham Əliyevdan yoʻnaltirildi)
Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
İlham Heydər oğlu Əliyev
 Ozarbayjon Prezidenti
 
Mansab davri
2003-yil 31-oktabr
Oʻtmishdoshi Haydar Aliyev
 Ozarbayjon Bosh vaziri
 
Mansab davri
2003-yil 4-avgust – 2003-yil 4-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Artur Rosizoda
Vorisi Mehribon Aliyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-dekabr 1961-yil (1961-24-12) (62 yosh)
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Siyosiy partiyasi „Yangi Ozarbayjon“
Turmush oʻrtogʻi Mehribon Aliyeva
Bolalari oʻgʻli: Haydar
qizlari: Orzu va Leyla Alieva
Onasi Zarifa Aliyeva
Otasi Haydar Aliyev
Mukofotlari 1-klass Turkiya ordeniفکر کنم Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktyabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.

  • Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda Boku[1] shahrida tugʻilgan. 1967-1977-yillarda Boku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan.
  • 1977-yilda Моskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985-yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.[2][3]
  • 1985—1990-yillarda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.[2][3]
  • 1991—1994-yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan.[2][3]
  • 1994-yildan 2003-yil avgust oyiga qadar Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
  • Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori.
  • 1995-yilda va 2000-yillarda Оzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003-yilda Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan.
  • 1997-yildan Оzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Хalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1999-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001-yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005-yilda esa partiyaning raisi etib saylangan.
  • 2001—2003-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida delegatsiya rahbari boʻlgan.
  • 2003-yilning yanvarida Yevropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan.[2][3]
  • 2004-yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Yevropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan.
  • 2003-yil 4-avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan.
  • 2003-yil 15-oktyabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003-yil 31-oktyabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan.
  • 2008-yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013-yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozirda prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda.
  • Ozarbayjon, rus, ingliz, fransuz va turk tillarini biladi.[2][4]
  • Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.[5]
  • 28.04.2005 — “Haydar Aliyev” ordeni[6][7]
  • „Qirol Abdulaziz“ ordeni
  • „Shuhrat“ ordeni
  • „Muborak al-Kabir“ ordeni
  • „Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi[1]
  • Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordeni[8]
  • Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibi[9]
  • Xalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti
  • „Yil kishisi“ — 2010-yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Yevropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan[10]
  • Gretsiya parlamentining Oltin medali
  • „Shayxulislom“ ordeni
  • Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni
  • „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti)
  • FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni
  • Yevropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni
  • MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“
  • „Birlik ordeni“[11]
  • „Ismoili Somoniy“ ordeni
  • „Xalqlar doʻstligi“ ordeni
  • Birinchi darajali Тurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013)[12]
  • Ozodlik ordeni (2013)[13]
  • Janub-Janub mukofoti[14](2015)

Faxriy doktori boʻlgan universitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Boku Davlat universitetining faxriy doktori
  • Linkoln Universitetining faxriy doktori
  • Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori
  • L. N. Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori
  • Bilkent universitetining faxriy doktori
  • Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori
  • Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori
  • Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori
  • Kyung Hi Universitetining faxriy doktori
  • Iordaniya Universitetining faxriy doktori
  • Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori
  • M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori
  • Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori
  • Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori
  • Belorus Davlat universitetining faxriy professori[15];
  • Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori[16].

Faxriy fuqaroligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Astraxan shahrining faxriy fuqarosi[17].
  1. 1,0 1,1 Prezident.az — Biografiyasi
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Bugun Ilhom Aliyevning tugʻilgan kuni
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
  4. „Ilhom Haydar o’g’li Aliyev:Biografiyasi“ (az). president.az. 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-yanvar.
  5. Azerbaydjanskiy Kulturniy Tsentr imeni Geydara Alieva pri Posolstve Azerbaydjanskoy Respubliki v Respublike Uzbekistan
  6. Ilxamu Alievu vruchili orden Geydara Alieva. news.bbc.co.uk
  7. Ozarbayjon prezidenti ilhom Aliyev mukofotlar taqdim etildi. president.gov.az (Ozarbayjoncha)
  8. http://www.azertag.com/node/882721
  9. http://news.day.az/politics/306161.html
  10. Ozarbayjon respublikasi prezidenti ilhom Aliyev Ruminiyaning Buharest shahrida „Yil kishisi“ deb eʼlon qilindi, 2010-11-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-22
  11. VALENTINA MATVIENKO ILHOM ALIYEVA ORDEN TOPSHIRDI, 2017-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-22
  12. „Official State visit of Azerbaijan (Photo)“. Precidency of Republic of Turkey.
  13. Prezidenti Ukraїni ta Azerbaydjanu obmіnyalisya derjavnimi nagorodami // Ukraina Prezidenti sayti, 18.11.2013, ukraina tilida
  14. http://www.qafqazinfo.az/siyaset-2/bmt-ilham-eliyevi-teltif-etdi-foto-124064
  15. http://president.az/president/biography
  16. Ilhom Aliyev faxriy doktor qilingan, 2017-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-22
  17. http://news.day.az/politics/301857.html