Kontent qismiga oʻtish

Vena (shahar)

Koordinatalari: 48°12′30″N 16°22′21″E / 48.20833°N 16.37250°E / 48.20833; 16.37250
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Венаdan yoʻnaltirildi)
Vena
Skyline of Vena
48°12′30″N 16°22′21″E / 48.20833°N 16.37250°E / 48.20833; 16.37250
Hukumat
 • mer Michael Häupl
[[File:|290px|Vena xaritada]]
Vena
Vena

VenaAvstriya poytaxti. Dunay daryosi boʻyida. Alp togʻlarining Shimoli-sharqiy tarmogʻi — Vena Oʻrmoni (Vinervald) togʻi etagida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. dan ziyod kishi (1990-yillar oxirlari). Venada yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,5°, baʼzan — 12° dan —18° gacha sovuqlar ham boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20°.

1-asrda Vena oʻrnida Rim legionlarining lageri (Vindobon) boʻlgan. Manbalarda Vena nomi dastlab 881, soʻngra 1030-yildan tilga olinadi. 12-asr oʻrtalaridan Avstriya gersoglarining qarorgohi. 16-asrdan koʻp millatli Avstriya-Gabsburglar davlatining poytaxti. Vena 18—19-asrlardan Yevropa madaniyati (ayniqsa musiqa madaniyati)ning yirik markazlaridan biri. 1805—06 va 1809-yillarda V.ga Napoleon 1 qoʻshinlari bostirib kirgan. 1814—15 yillarda Vena kongressi chaqirilgan. 1848—49 yillarda Vena revolyutsion kurash markazi. 1867—1918-yillarda Vena Avstriya-Vengriya poytaxti. 1938-yil martda nemis qoʻshinlari Avstriya-ni, shu jumladan Venani ham egalladi. 1945-yil 13 aprelda fashistlardan ozod qilindi, oʻsha yili iyulda Venada Avstriyaning okkupatsiya zonalari va Venani idora qilish haqidagi bitimlar imzolandi. 1955-yil mayda Venada mustaqil va demokratik Avstriyani tiklash haqidagi davlat shartnomasi imzolandi, oktabr da Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi haqida qonun qabul qildi. Vena Avstriyadagi eng yirik, Yevropadagi muhim transport yoʻllari tuguni. Shvexat xalqaro aeroporti bor. Vena mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik daryo porti. Mamlakatdagi sanoat ishlab chiqarishning qariyb yarmi Venaga toʻgʻri keladi. Mashinasozlik, (elektrotexnika, transport mashinalari), kimyo, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Eksport uchun kiyimbosh, poyabzal, musiqa asboblari va b. ishlab chiqariladi.

Venaning markaziy qismida Stefan sobori (12—15-asrlar), Barokko usulida qurilgan Karl Borromey cherkovi (171637), Shyonbrunn (taxminan 1695-1700), Shvarsenberg (1697-1715), Shyonborn (1706-11), Belveder (1714— 24) kabi saroy va binolar saqlangan. 19-asrda va 20-asrning boshlarida qurilgan binolar (muzey, 1870—91; teatr, 1870—88; Sesession koʻrgazmalar binosi, 1899) modern uslubiga xosdir. Venada Fanlar akademiyasi, Vena universiteti, bir qancha oliy maktablar, Musiqa sanʼat akademiyasi, Burg teatri, opera teatri, L. Betxoven, Y. Gaydn, V. A. Motsart, F. Shubert, I. Shtraus uy-muzeylari va b. bor. 15 dan ortiq muzey, koʻrgazma zallar va saroylarda badiiy sanʼatning nodir kolleksiyalari saqlanadi. Eng yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi. Metropoliten bor. Vena — YUNI-DO, MAGATE va boshqa xalqaro tashkilotlarning qarorgohi.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil