Kontent qismiga oʻtish

Quddus

Koordinatalari: 31°46′44″N 35°13′32″E / 31.77889°N 35.22556°E / 31.77889; 35.22556
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Иерусалимdan yoʻnaltirildi)
Quddus
Skyline of Quddus
Quddus
Quddus
31°46′44″N 35°13′32″E / 31.77889°N 35.22556°E / 31.77889; 35.22556
Hukumat
 • mer Nir Barkat
Zichligi 6183 kishi/km2
[[File:|290px|Quddus xaritada]]

Quddus, Iyerusalim (arabcha: القُدس‎ al-Quds, ivritcha: יְרוּשָׁלַיִםIyerushalaim, ossuriylarning mixxat yozuvlarida Ursalimmu; qadimgi Misr yozuvlarida Shalam, Markaziy Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan maʼlum) – Falastin shahri[1]. Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Quddus – musulmon, yahudiy va xristianlar uchun „muqaddas shahar“ hisoblanadi.

Quddus haqidagi dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qadimgi yahudiylar tilida „tinchlik shahri“, arabcha al-Quds – „muqaddas“ shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qadimgi va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, Usmoniylar davlati) tarkibida boʻlgan.

1920—1947-yillarda Falastindagi Britaniya mandatining maʼmuriy markazi. 1947-yil 29-noyabrdagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. 1948—1949 yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil (gʻarbiy qismi) bilan Iordaniya (sharqiy qismi) oʻrtasida ikkiga boʻlindi. 1950-yilda Quddusning gʻarbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi. 1967-yilda zolim Isroil vahshiylarcha Quddusning sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980-yil 30-iyulda Quddusni „abadiy va boʻlinmas poytaxt“ deb eʼlon etdi. BMTning (1967—1971) qarorlariga muvofiq Quddus boʻyicha barcha anneksiyalar bekor qilingan.

Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-asrda qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, al Aqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, universitet majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy universiteti (1918) va boshqa bor.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil