Kontent qismiga oʻtish

Parlament

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Парламентdan yoʻnaltirildi)
  Ikki palatali parlamentga ega davlatlar
  Bir palatali parlament va qonun chiqaruvchi organga ega davlatlar
  Bir palatali parlamentga ega davlatlar
  Parlament yo'q

Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutlaq huquqqa ega boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.

Oliy Majlis binosi

Parlament bir palatali yoki ikki palatali boʻladi (kamdan kam hollarda palatalar koʻproq boʻlishi mumkin). Ikki palatali parlamentda palatalarni biri umumxalq vakilligi prinsipida boʻladi. Uning deputatlari hududiy saylov okruglari boʻyicha saylanadi. Davlatning hududi shunday okruglarga taqsimlanadi (majoritar saylov tizimi) yoki proportsianal (mutanosib) saylov tizimi boʻyicha, yaʻni siyosiy partiyalar va harakatlar taklif etgan roʻyxatlar boʻyicha yoxud aralash tizim boʻyicha saylash oʻtkaziladi.

Palatalarning ikkinchisi davlatning qismlaridan vakillik printsipida boʻladi. Mazkur palata aʼzolari tegishli hudud aholisi tomonidan, mintaqalarning qonun chiqaruvchi majlislar tomonidan saylanadi yoxud mintaqalardagi qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatning boshliqlari lavozimlarini egallab turganlari tufayli palata aʼzosi boʻladilar, yo boʻlmasa, mintaqalar ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadilar.

Ikki palatali parlamentda palataning tengligi va ayni bir vaqtda ishlashi printsipidan kamdan kam foydalaniladi, koʻpincha mustaqil ishlaydigan yuqori va quyi palatalar deb atalgan printsip amal qiladi, qonunchilik jarayoni quyi palatada boshlanadi va u qabul qilgan qonun koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yuqori palataga uzatiladi.

Parlamentlar sessiya tarzida ishlaydi. Sessiyalar parlamentning yalpi majlislaridan yoki kasaba majlislaridan, deputatlik qoʻmitalari, komissiyalari, fraktsiyalari va guruhlarning ishidan, parlamentdagi tinglovlaridan va boshqa tadbirlaridan iborat boʻladi. Ayrim parlamentlarning deputatlari faqat sessiyalarda ishlaydilar, boshqalari deputatlik mandati tan olingach, avvalgi lavozimidan boʻshab doimiy ishlash uchun parlamentga oʻtadilar. Parlament davlatning qonunlarini qabul qilishdan tashqari qarorlar, bayonotlar, deklaratsiyalar, murojaatnomalar, rezolyutsiyalar va boshqa hujjatlarni ham qabul qiladilar.

Parlamentning reglamenti (parlamentlarning reglamentlari) parlamentni tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy hujjatdir. Bundan tashqari parlament toʻgʻrisidagi, parlament deputatlari (aʻzolari)ning maqomi haqidagi, uning qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi qonunlar hamda boshqa hujjatlar ham boʻlishi mumkin.

Parlament tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlamentda ovoz berish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy tiklanish

Jahon mamlakatlarining parlamentlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]