Kontent qismiga oʻtish

Estoniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Эстонdan yoʻnaltirildi)
Estoniya Respublikasi
Eesti Vabariik
ShiorY'o`q
Madhiya: Mu isamaa, mu õnn ja rõõm
Location of Estoniya
Poytaxt Tallin
Rasmiy til(lar) Eston
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Toomas Henrik Ilves
Andrus Ansip
Mustaqillik
24-fevral 1918
17-sentabr 1944
20-avgust 1991
Maydon
• Butun
45,226 km2 (133-oʻrin)
• Suv (%)
4.45
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
1,332,893 (152-oʻrin)
• Zichlik 29/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$21,920 mil. (109-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$16,445
Pul birligi euro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma EN
Telefon prefiksi 372
Internet domeni .ee


Estoniya (estoncha: Eesti), Estoniya RespublikasiSharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyidagi davlat. Maydoni 45,2 ming km². Aholisi 1,408 mln. kishi (2003). Poytaxti — Tallin shahri. Maʼmuriy jihatdan 15 uyezdga boʻlinadi.Estoniya aholisi 2023-yilga 2628238 kishini tashkil etdi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 3-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Arnold Ryuytel), u Davlat kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ketmaket ikki muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament — Davlat kengashi (Riigikogu), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Estoniya hududi Sharqiy Yevropa tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Estoniya qirgʻoq chizigʻining uz. 3780 km. Qirgʻoqlari, ayniqsa, gʻarbiy va shimoli-gʻarbi koʻp parchalangan, qoʻltiq va qoʻltiqchalar koʻp. Estoniya hududida 1500 dan ortiq orol va orolcha bor. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik (oʻrtacha balandligi 50 m). Gʻarbiy qismi va Gʻarbiy Estoniya arxipelagi orollari hamda sharqiy chekkasi (Chud koʻli sohili)ning aksariyat qismi pasttekislik (eng yirigi torfli botqoqliklardan iborat Gʻarbiy Estoniya pasttekisligidir). Estoniyaning shimoliy va markaziy qismi balandligi 160 m gacha boʻlgan toʻlqinsimon tekislik. Virtsʼyarv qoʻlidan janubi-sharqda Estoniya hududining eng baland qismi — Xaanya (balandligi 318 m), Otepya qirlari, ulardan gʻarbda Sakala qiri bor. Shimoliy va markaziy qismida morena yotqizigʻi bor. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvchi slanets, fosforit, qurilish materiallari, torf, sapropel, shifobaxsh balchiqlar. Iklimi dengiz ikdimidan kontinentallikka oʻtuvchi oraliq iqlim, sharqi va janubi-sharqida kontinentallik ortib boradi. Tallinda fevralning oʻrtacha temperaturasi — 5,5°, iyulniki 16,6°. Iillik yogʻin 600–700 mm; eng koʻp yogʻin janubi-sharqda yogʻadi. Estoniyada suv tarmoqlari zich; 420 daryo bor. Barcha daryolarning umumiy uz. 31,2 ming km. Eng yiriklari: Pyarnu, Emayigi, Narva, Kazari. Estoniya koʻl va suv omborlari maydoni boʻyicha Boltiq boʻyi davlatlari orasida 1 oʻrinda turadi; umumiy maydoni 2130 km²dan ortiq 1000 dan ziyod koʻl va suv omborlari bor. Eng yirik koʻllari: ChudPskov, Virtʼsyarv. Narva suv ombori bor. Tuproqdari, asosan, chimlipodzol, chimli karbonatli, botqoqlashgan va botqoq tuproqlar. Estoniya aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan. Hududining 40% oʻrmon; uning 2/3 qismi igna bargli daraxtlar (qaragʻay, qoraqaragʻay). Shimoli-gʻarbiy qismi va orollarda keng oʻtloqlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: sut emizuvchilardan los, yelik, qobon, malla quyon, oq quyon, boʻri, tulki; qushlardan qur, kaklik, karqur, bulduruq, ivolga va boshqalar yashaydi. Dengiz sohilida uchib oʻtadigan qushlar (gʻoz, oʻrdak, oqqush, gagara) qoʻp. Dengizning sohilga yaqin suvlari ovlanadigan baliq turlariga boy. Estoniya hududida Viydumyae, Vilsandi, Matsalu, Nigula qoʻriqxonalari, Laxemaas milliy bogʻi bor.

Asosiy aholisi estonlar; shuningdek, rus, ukrain, belorus, fin va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — eston tili. Dindorlarning aksariyati lyuteranlar va pravoslavlar. Shahar aholisi 71,5%. Yirik shaharlari: Tallin, Tartu, Narva.

Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Estoniya hududida finugor qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, birinchi ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. ikkinchi ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda Estoniyaning janubi-sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. XIII asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida Estoniyada davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. XIII asrning ikkinchi yarmi — XVI asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan Estoniya hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558-yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya Estoniyaning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shimoliy Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625-yilga kelib Shvetsiya Estoniyaning barcha materik qismini bosib oldi. 1645-yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy Estoniya Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661-yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shimoliy Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shimoliy Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida Estoniyaning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721-yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917-yil aprelda eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917-yil oktabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 24-fevralda Estoniya mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil 29-noyabrdan 1919-yil 5-iyungacha Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud boʻldi. 1919-yil 19-mayda Taʼsis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi; 1934-yil martda davlat toʻntarishi amalga oshirildi va diktatura oʻrnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935-yil barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940-yil iyulda Estoniya hududiga sovet qoʻshinlari kiritiddi. 1940-yil 21-iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940-yil 6-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941-yil dekabrdan nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi; 1944-yil ozod qilindi. 1988-yil 1—2-dekabrda Estoniya xalq fronti tuziddi; u oʻz oldiga Estoniya mustaqilligini tiklash vazifasini qoʻydi. 1990-yil 8-mayda Estoniya SSR Oliy Kengashi Estoniya Respublikasini eʼlon qildi. 1991-yil 20-avgustda Estoniya Oliy Kengashi Estoniya Respublikasining milliy mustaqilligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Estoniya 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1994-yil 10-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-fevral — Mustaqillik kuni (1918).

Asosiy siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Respublika" partiyasi, 2001-yil dekabrda tuzilgan; Estoniya birlashgan xalq partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994-yil asos solingan; Moʻʼtadillar partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995-yil tashkil etilgan; Estoniya sentristlar partiyasi, 1992-yil asos solingan; Estoniya xalq ittifoqi, 2000-yil tuzilgan. Estoniya kasaba utoshmalari markaziy ittifoqi, 1989-yil dekabrda tashkil etilgan.

Estoniya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 24,3%, qishloq xoʻjaligi 6,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 69,5% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotda slanets va fosforit qazib olish muhim oʻrin tutadi.

Sanoati mahalliy tabiiy resurslar, birinchi navbatda foydali qazilmalar hamda oʻrmon va dengiz boyliklari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan foydalanish asosida rivojlanmoqda. Slanets qazib olish va uni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (elektrotexnika, radiotexnika, priborsozlik va kema taʼmirlash), kimyo (mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz, yengil (toʻqimachilik va boshqalar) va oziqovqat (goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish) sanoatning yetakchi tarmoqlaridir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 9,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi (qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi) va tuzlangan hamda dudlangan choʻchqa goʻshti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Dehqonchilikda donli (42,2%; bugʻdoy, arpa, javdar) va yemxashak ekinlar, kartoshka, sabzavot ekiladi. Parrandachilik, moʻynali darrandachilik va asalarichilik rivojlangan.

Transportining asosiy turlari transport yoʻli va avtomobil transporti. Transport yoʻli uzunligi 1,02 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 15 ming km (hammasi qattiq qoplamali). Asosiy dengiz portlari — Tallin, Novotallinskiy. Emayigi daryosida kema qatnaydi. Estoniya chetga elektrotexnika va radioelektronika sanoati mahsulotlari, sanoat jihozlari, ximikatlar, oziqovqat va isteʼmol mollari, oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va gaz, mashinasozlik sanoati mahsulotlari, xom ashyo oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa davlatlari va boshqalar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — eston kronasi.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vrachlar Tartu un^ tining tibbiyot ftida, oʻrta tibbiyot xodimlari Tallin, Tartu, KoxtlaYarvedagi tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Pyarnu shahrida iqlim va balchiq, Xaapsulada balchiq, NarvaYiesuu va Kuressaare shahrilarida iqlim kurortlari bor. Bundan tashqari, bir qancha sanatoriy va dam olish uylari mavjud.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniya hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoshida paydo boʻlgan. Estoniyada majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 30 dan ziyod oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 200 mingdan ortiq oʻquvchi, 6 oliy oʻquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika universiteti, Tallin pedagogika instituti, Estoniya teologiya instituti, Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, konservatoriya)da 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Estoniyalar Estoniya fanlar akademiyasi institut va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, qurilish, oʻrmon xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilish, pedagogika ilmiy tekshirish institutlari ham mavjud. Estoniyada 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu universiteti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, oʻlkashunoslik muzeyi, Tartudagi shahar tarixi muzeyi, universitet tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniyada bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Kultuur ya elyu" ("Madaniyat va hayot", eston tilidagi oylik jur, 1858-yildan), "Maalext" ("Mamlakat", eston tilidagi haftanoma, 1987-yildan), "Molodej Estonii" ("Estoniya yoshlari", rus tilidagi kundalik gazeta, 1950-yildan), "Raxva xyayal" ("Xalq ovozi"), eston tilidagi kundalik gazeta, 1940-yildan), "Estoniya" (rus tilida haftada 5-marta chiqadigan gazeta, 1940-yildan), "Eesti nayni" ("Estoniya xotin-qizlari", eston tilidagi oylik jurnal, 1924-yildan), "Eesti ekspress" ("Estoniya ekspressi", eston tilidagi haftanoma, 1989-yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918-yil tashkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990-yil tuzilgan. Estoniya radiosiga 1926-yil, Estoniya televideniyesiga 1955-yil asos solingan.

19-asr oʻrtalarigacha eston xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyoti (xalq qoʻshiqlari, ertak, maqol, matal va topishmoqlar)da oʻz ifodasini topdi. Birinchi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19asr boshlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Maʼrifatparvar yozuvchi F.R.Felman, xalq ogʻzaki ijodi aossida "Kalevipoeg" dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asoschilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890-yillarda tanqidiy realizm shakllandi. E.Vildening "Ayoz mamlakatiga" (1896) va "Temir qoʻllar" (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yoʻnalishi va roman janriga asos boʻldi.

1900-yillar boshida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo boʻldi (X.Pegelman, Yu.Lishenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919-yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim taʼsir koʻrsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik shakllardan tobora ustun kela boshladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boshqalar kirib keldi. Urushdan keyingi yillarda shoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvchilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boshqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda shoir va yozuvchilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boshqalar yozuvchilar kirib keldi.

Estoniya hududidagi qadimiy meʼmorlik inshootlari miloddan avvalgi 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda mustahkamlangan shaharchalar (Asva, Iru, Ridala), milodiy 1-ming yillik boshlarida esa qishloqlar paydo boʻddi. 13-asrdan tosh meʼmorligi, xususan, qalʼalar (Tallindagi Vishgorod qalʼasi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan cherkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) qurish avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida cherkov, ratushalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uygʻonish davri yoʻnalishlari ham paydo boʻddi. 1640-yillarda Estoniya meʼmorligiga barokko uslubi kirib kela boshladi [Narvadagi ratusha (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroybogʻ majmuasi (1718—25, meʼmorlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu universiteti binosi, 1803—09, meʼmor I.Krauze) va qoʻrgʻonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi meʼmorlikda eklektizm, 20-asr boshlarida modern (milliy romantik yoʻnalish bilan), funksionalizm yoyildi. 1960-yillardan boshlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961-yildan, meʼmorlar V.Tippel, L.Pettay va boshqalar), VyaykeIysmyae (1973-yildan, meʼmorlar M.Port, M. Meelak va boshqalar) massivlari]. Qishloq qurilishi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining oʻquv korpusi, 1974, meʼmor V.Pormeyster; Viru tumanidagi "Linda" kzi idorasi, 1972, meʼmor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda "Viru" (1972, meʼmorlar X.Sepmann, M.Port va boshqalar) va "Olimpiya" (1980, meʼmorlar T.Kallas, R.Kersten va boshqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, meʼmorlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boshqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, meʼmorlar R.Karp, R.Altmyae va boshqalar), Tartuda "Vanemuyne" teatri (1967—70, meʼmorlar A.Volberg, P.Tarvas, U.Telpus va boshqalar)].

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eston xalqining qadimiy badiiy ijodiyoti, asosan, dehqonlarning amaliy bezak sanʼatida oʻz aksini topdi (kulollik, suyak va metall buyumlar yasash, tosh va yogʻoch oʻimakorligi, qoʻlda toʻqish, teriga naqsh solish). Gotika, Uygʻonish davri va barokko sanʼati davrida devoriy (freskalar) hamda dastgoh rassomligi, shuningdek, tosh va yogʻoch oʻymakorligi keng yoyildi.

19-asr 1-yarmida portret va manzara janrlari, grafika rivojlandi. 19-asr 60-yillaridan professional sanʼat taraqqiy etdi. Milliy rassomlik maktabining asoschisi yilKyoler, haykaltaroshlik maktabining asoschisi A. Veysenbergdir. 19-asr — 20-asr oʻrtalarida rassomlar A.Laykmaa, K. va P. Raud, N.Triyk, haykaltaroshlar A. Adamson va Ya.Koort ijodi diqqatga sazovor. 1920-yillarda Estoniya sanʼatining rivojlanishida Tartudagi "Pallas" badiiy maktabi katta rol oʻynadi. Bu davrda rassomlar A.Yoxani, K.Liymand, grafik X.Mugasto, haykaltaroshlar Ya.Koort, F.Sannamees, V.Mellik va boshqalar oʻz asarlarini yaratdilar. 1940-yillardan keyin rassomlar E.Okas, E.Kits, N.Kormashov, L.Mikko, grafiklar G.Reyndorf, E.Eynmann, A. Bax, V.Tolli, P.Ulas, haykaltaroshlar A.Starkopf, E.Roos, A.Kaazik, M.Varik samarali ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati ustalari M.Adamson, E.AdamsonErik, M.Roosma, L.Erm, M.Ryaek va boshqalar oʻz ijodlari bilan shuhrat qozondilar.

Eston xalq qoʻshiq (runo)lari, asosan, bir ovozli. Cholgʻu musiqasi xalq raqslari (polka, reynlender va boshqalar) bilan bogʻlangan. Musiqa cholgʻulari: vargan, turli naylar, volinka, konussimon kannel, bugʻsimon bilo va 18-asrdan skripka paydo boʻldi. 19-asrda garmon keng tarqaldi. 1857—61 yillarda milliy qoʻshiqlar toʻla nashr etildi ("Kalevipoeg", F.Kreysvald). Professional musiqa dastlab cherkov musiqasi bilan birga rivojlandi. 19-asrda birinchi xor va havaskor puflama sozlar orkestrlari tashkil etiddi. 1869-yildan anʼanaga aylanib qolgan milliy qoʻshiq bayramlari oʻtkaziladi. Xor musiqasi birinchi professional kompozitorlar (I.Kappel, K.Tyurinu, M.Xyarma) ijodida ham yetakchi musiqa boʻlgan. R.Tobias simfonik va vokalsimfonik musiqalar yaratdi. 20-asr 1-yarmida A.Kapp, X.Eller, M.Lyudig, E.Oya simfonik va kamer asarlar, M.Saar, K.Kreek va boshqalar xor musiqasini yaratdilar. E.Aav, A.Lemba, A.Vedro eston operasi, E. Tubin eston baleti asoschilaridir. Eston musiqa madaniyati gullabyashnashi E.Kapp, G.Ernesaks ijodi bilan bogʻliq. 1950-yillarning oʻrtalarida kompozitorlarning yangi avlodi (E.Tamberg, V.Tormis, Ya.Ryaets, A.Pyart) musiqaning mazmundorligini yangi vositalar bilan boyitdilar. Ijrochilar oʻrtasida xonandalar — T.Kuuzik, G.Ots, X.Krumm, T.Mayste, I.Kuusk, M.Voytes, A.Kaal, U.Tauts, dirijyorlar — N.Yarvi, E.Klas, R.Matsov, G.Ernesaks, O.Oya va boshqalar, skripkachilar — V.Alumyae, Yu.Gerrets, pianinochilar — B. Lukk, K.Randalu va boshqalar mashhur. Estoniyada "Estoniya" davlat akademik opera va balet teatri (1906-yil tashkil etilgan, Tallin), Estoniya akademik erkaklar xori (1944), filarmoniya, konservatoriya (1919-yil asos solingan, Tallin), musiqa bilim yurtlari (Tallin, Tartu), Davlat simfonik orkestri ishlaydi.

Dastlabki teatr tomoshalari 16-asrda lotin tilida, 17-asrda nemis tilida koʻrsatilgan. 1665-yil birinchi xususiy teatr paydo boʻldi. 1784-yil mahalliy ziyolilar Tallinda havaskor teatr tashkil etdilar. 1870-yil Tartudagi "Vanemuyne", Tallindagi "Estoniya" jamiyatlari huzurida milliy havaskor teatrlar tashkil etildi va ular 1906-yildan professional teatrlarga aylandi. Bu teatrlarda musiqali drama spektakllari, chet el klassiklari, milliy dramaturglar asarlari sahnalashtirildi. 1920—30 yillar Tallinda Drama teatri (1916—24), "Tonggi teatr" (1920—24), "Dramstudio" (1924-yil tashkil etilgan, 1937, yildan Eston drama teatri, 1952-yildan drama teatri), Ishchi teatri (1926— 41), Pyarnuda "Endla" (1911—53, keyinchalik Drama teatri), Narvada Narva teatri (1928—40) ishladi. Keyingi yillarda teatr sanʼati yanada taraqqiy etdi. Estoniyada Davlat qoʻgʻirchoq teatri, Davlat akademik teatri, "Eski shahar studiyasi" (hammasi Tallinda), Tartudagi "Vanemuyne" davlat akademik teatrining dramatik truppasi, Pyarnudagi teatr va boshqalar teatrlar faoliyat koʻrsatadi. Teatr arboblaridan K.Ird, K.Karm, A.Lauter, Yu.Yarvet va boshqalar mashhur.

Estoniya hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914-yil fotograf Ya.Pyazuke birinchi eston badiiy filmini yaratdi. 1920-yillarda bir qancha xususiy kinofirmalar faoliyat koʻrsatdi. "Oʻtmish koʻlankalari" (1924) va "Rummu Yuri" (1929) filmlari professional ravishda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930-yil K. Myarska birinchi marta "Oltin qoʻngʻiz" nomli ovozli filmni yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin eston kinematografchilari "Lenfilm" kinostudiyasi bilan birgalikda "Qoʻrgʻon ichidagi hayot" (1947) va "Andrus baxti" (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rejissyor G.Rappaport). Keyinchalik eston kino ustalari "Xavfli burilishlar" (1961, rejissyorlar Yu.Kun, K.Kiysk), "Yarim kunlik parom" (1968), "Oʻlim qadrini murdalardan soʻra" (1977; ikkala filmning rejissyor K.Kiysk), "Oʻrmondagi buloq" (1973, rejissyorL. Layus), "Yashash va sevish davri" (1976, rejissyor V.Kyasper), "Nima eksang ..." (1980, rejissyor P.Simm) kabi filmlarni ekranga chiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boshqalar mashhur.

Oʻzbekiston — Estoniya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]