2008-yilgi OFK Chaqiruv kubogi
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Mezbon davlat | Hindiston |
Shahar(lar) | Haydarobod, Dehli |
Sana | 30-iyul - 13-avgust |
Jamoalar | 8 |
Bellashuv joylari | 3 ((2 mezbon shaharda) ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Hindiston |
2-oʻrin | Tojikiston |
3-oʻrin | Shimoliy Koreya |
4-oʻrin | Myanmar |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 16 |
Gollar soni | 41 (har oʻyinda oʻrtacha 2.56 ta) |
Muxlislar soni | 15 900 (har oʻyinda oʻrtacha 994 ta) |
Toʻpurar(lar) | Shimoliy Koreya Pak Song-chol (6 gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Hindiston Bhaichung Bhutia |
2010 → |
2008-yilgi OFK Chaqiruv kubogi futbol musoboqasi OFK tomonidan tashkil etildi va Hindiston mezbonligida oʻtkazildi. Musoboqa 2008-yilning 30-iyulidan 13-avgustiga qadar oʻtkazilgan. Hindiston finalda Tojikiston ustidan gʻalaba qozongan[1]. Hindiston, shuningdek, fair play mukofoti gʻolibi boʻldi. Hindiston terma jamoasi sardori Bhaichung Bhutia esa eng yaxshi futbolchi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Dastlab Xitoy Taypeyi mezbon etib tayinlangan edi, lekin u OFKning turnirni oʻtkazish boʻyicha standartlariga javob berishga kafolat bera olmadi[2]. Tailand birinchi boʻlib mezbon sifatida tanlangan, ammo tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt yoʻqligi sababli bu variantdan ham voz kechilgan[3]. Filippin ham 2008-yilning may oyida Bakolodda oʻtkaziladigan oʻyinlar bilan mezbonlikni qabul qilishi kerak edi, ammo reja amalga oshmadi[4].
2008 va 2010-yilgi musobaqalar g‘oliblariga 2011-yilgi Osiyo Kubogiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etilar edi. Natijada, Hindiston 1984-yildan beri birinchi marta Osiyo Kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqa faqat OFKning rivojlanayotgan davlatlar toifasi vakillari uchundir. Biroq, avvalgi musoboqada Bangladesh va Hindiston rivojlangan davlatlar toifasidan taklif qilingan edi. Bangladesh aslida turnirga mezbonlik qiladi, bu esa ularga qatnashish imkonini taqdim etgan. Hindiston esa oʻzlarining 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini yuborgan. 2008-yilgi musobaqaga Hindiston va Bangladesh, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiruvchi Shimoliy Koreya, Myanma va Turkmaniston terma jamoalari ham taklif qilindi.
Laos 2008-yil 2-mayda musobaqadan chiqdi[5]. Falastin esa 2008-yil 14-mayda musobaqadan chiqdi[6].
Lal Bahodur Shastri stadionidagi maydonning yomon sharoiti tufayli OFK aksariyat o‘yinlarni boshqa maydonga ko‘chirdi[7]. Oʻnta oʻyin Gachibowli Atletik stadionida va ikkitasi LBS stadionida oʻtkazilishiga qaror qilindi. Finalga bir necha kun qolganda Haydarobodda tinimsiz yogʻayotgan yomgʻir tufayli OFK final va uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyini joyini Nyu-Dehlidagi Ambedkar stadioniga oʻzgartirdi[8][9].
Musobaqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻrtta saralash guruhining har biridan eng yuqori oʻrinni egallagan jamoalar musoboqda ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Final bosqichida ishtirok etuvchi jamoalarning umumiy sonini sakkizni tashkil etdi. Bundan tashqari, Hindiston (turnir mezboni), KXDR, Turkmaniston va Myanma avtomatik tarzda saralashdan o‘tdi.
Saralash va finalda ishtirok etgan jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shimoliy Koreya
- Turkmaniston
- Hindiston
- Myanma
- Tojikiston
- Shri Lanka
- Nepal
- Qirgʻiziston
- Falastin (Chiqib ketdi, 14-may 2008)
- Xitoy Taypeyi
- Bangladesh
- Bruney
- Pokiston
- Kambodja
- Filippin
- Afgʻoniston
- Butan
- Makao
- Guam
- Laos (Chiqib ketdi, 2-may 2008)
Oʻtkazilgan joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haydarobod | Dehli | ||||
---|---|---|---|---|---|
Gachibowli Atletik stadioni | Lal Bahodur Shastri stadioni | Ambedkar stadioni | |||
Sigʻim: 30,000 | Sigʻim: 30,000 | Sigʻim: 20,000 | |||
Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Final turniriga quyidagi jamoalar yo‘llanma oldi:
- Hindiston (Mezmon jamoa)
- Shimoliy Koreya (Avtomatik kvalifikatsiya)
- Turkmaniston (Avtomatik kvalifikatsiya)
- Myanma (Avtomatik kvalifikatsiya)
- Shri Lanka („A“ saralash guruhi gʻolibi)
- Tojikiston („B“ saralash guruhi gʻolibi)
- Afgʻoniston („C“ saralash guruhi gʻolibi)
- Nepal („D“ saralash guruhi gʻolibi)
Guruh bosqichi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh jadvallaridagi ranglar kaliti |
---|
Eng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo‘l oladi |
A guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hindiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 4 | 2 | +2 | 7 |
Tojikiston | 3 | 1 | 2 | 0 | 5 | 1 | +4 | 5 |
Turkmaniston | 3 | 1 | 1 | 1 | 6 | 2 | +4 | 4 |
Afgʻoniston | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 10 | −10 | 0 |
B guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shimoliy Koreya | 3 | 3 | 0 | 0 | 5 | 0 | +5 | 9 |
Myanma | 3 | 2 | 0 | 1 | 6 | 2 | +4 | 6 |
Nepal | 3 | 1 | 0 | 2 | 3 | 4 | −1 | 3 |
Shri Lanka | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 9 | −8 | 0 |
Gʻolib jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilgi OFK Chaqiruv kubogi chempioni |
---|
Hindiston |
Sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fair Play sovrini | Oltin butsa | Eng yaxshi futbolchi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hindiston | Pak Song-chol | Bhaichung Bhutia |
Gol mualliflari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
|
Jamoa statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poz | Jamoa | Oʼyn | Gʻ | D | M | KG | OʻG | TN | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Pley-off bosqichiga chiqdi | |||||||||
1 | Hindiston | 5 | 4 | 1 | 0 | 9 | 3 | +6 | |
2 | Tojikiston | 5 | 2 | 2 | 1 | 7 | 5 | +2 | |
3 | Shimoliy Koreya | 5 | 4 | 0 | 1 | 9 | 1 | +8 | |
4 | Myanma | 5 | 2 | 0 | 3 | 6 | 7 | -1 | |
Guruh bosqichidan chiqib ketdi | |||||||||
5 | Turkmaniston | 3 | 1 | 1 | 1 | 6 | 2 | +4 | |
6 | Nepal | 3 | 1 | 0 | 2 | 3 | 4 | −1 | |
7 | Shri Lanka | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 9 | −8 | |
8 | Afgʻoniston | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 10 | −10 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Roon Ba News, 17 December 2007 (Wayback Machine saytida 28 December 2007 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Thailand replaces Taiwan as 2008 Challenge Cup host“. 2007-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ India almost set to host Asian Challenge Cup
- ↑ Tupas, Cedelf. „Asian Challenge Cup in Bacolod uncertain“. The Visayan Daily Star (2008-yil 18-fevral). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
- ↑ „Laos withdraws from Challenge Cup“. 2008-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-may.
- ↑ „Palestine withdraws from Challenge Cup“. 2008-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-may.
- ↑ „AFC Challenge Cup Venues Changed“. 2008-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-iyul.
- ↑ „New Delhi to host AFC Challenge Cup final on 13 Aug“. Qaraldi: 2008-yil 13-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ AFC Challenge Cup final shifted (Wayback Machine saytida 20 February 2009 sanasida arxivlangan)