Kontent qismiga oʻtish

Nepal milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
   NEP Nepal milliy futbol terma jamoasi
Tahallusi The Gorkhalis (Askarlar)
Assotsiatsiya Butun Nepal Futbol Assotsiatsiyasi (ANFA)
Konfederatsiya AFC (OSIYO)
Sub-konfederatsiya SAFF (Janubiy Osiyo)
Bosh murabbiy  KUW Abdullah Al Mutairi
Sardor Nawayug Shrestha
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Raju Kaji Shakya (91)
Eng yaxshi toʻpurar Hari Khadka
Nirajan Rayamajhi (13)
Uy stadioni Dasarath Rangasala Stadium
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 175 (20 July 2023)[2]
Eng yuqori 121 (Dekabr 1993 - Fevral 1994,)
Eng past 196[1] (Yanvar2016,)
Birinchi xalqaro oʻyin
 CHN 6-2    NEP
(Pekin, Xitoy; 13 Oktabr 1972)[3]
Eng yirik gʻalaba
   Nepal 7-0  BHU
(Katmandu, Nepal; 26 September 1999)[4]
Eng yirik magʻlubiyat
 KOR 16-0    NEP
(Inchxon, Shimoliy Koreya; 29 Sentabr 2003)
SAFF Chempionati
Ishtiroki 13 (Ilk marta 1993-yili)
Eng yaxshi natijasi Ikkinchi oʻrin (2021)
OFK birdamlik kubogi
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2016-yili)
Eng yaxshi natijasi Gʻolib 2016
OFK Chaqiruv kubogi
Istiroki 3 (Ilk marta 2006-yili)
Eng yaxshi natijasi Yarim final (2006)

Nepal milliy futbol jamoasi (nepalcha: नेपाल राष्ट्रिय फुटबल टोली) — xalqaro futbol bahslarida Nepal sharafini himoya qiladi. Terma jamoa NFA tomonidan nazorat qilinadi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) aʼzosi Nepal futbol jamoasi uy oʻyinlarini Katmandudagi Dasarath Rangasala Stadiumda oʻtkazmoqda.

Kelib chiqishi (1921-1993)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nepalda futbol 1921-yilda Rana sulolasi davrida milliy sport turi boʻlgan. Bir nechta klublar tuzildi va bir nechta ichki turnirlar, masalan, Ram Janaki kubogi (1934) va Tribhuvan Challenge Shield (1948) tashkil etildi. 1951-yilda Butun Nepal Futbol Assotsiatsiyasi (ANFA) tashkil etildi va bu Nepal milliy futbol jamoasining shakllanishiga olib keldi.

Asos solinishi(1963—1970)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1963-yilda Nepal jamoasi Ogʻa Xon Oltin Kubogida birinchi xalqaro safar oʻyinida maydonga tushdi[5]. Nepal 18 kishilik tarkibga ega boʻlgandan soʻng, ANFA oʻyinchilarni birinchi oʻyinini oʻtkazish uchun Sharqiy Pokistonning (hozirgi Bangladesh) Dakka shahriga musobaqada ishtirok etish uchun uchib ketdi. Bangabandhu National Stadiumda Nepal Pokistonning Western Railway jamoasi bilan toʻqnash keldi. Jamoa 0:7 hisobida magʻlub boʻldi. Ikki kundan soʻng Nepal terma jamoasi Sharqiy Pokistonning mahalliy jamoasi boʻlgan Dhaka Wonders bilan oʻynadi. Ushbu oʻyinda ham 0:7 hisobida magʻlub boʻldi. Ikki qoniqarsiz oʻyindan soʻng Nepal saralash bosqichidan chiqib ketishi aniq edi. Yakuniy oʻyin Dakka Police Clubga qarshi boʻlib oʻtdi, ammo oldingi ogʻir yoʻqotishlarga qaramay, Nepal oʻyinda bitta gol evaziga gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Gol muallifi Prakash Bikram Shah xalqaro maydonda gol urgan birinchi nepallik boʻldi[6]. Gol 19-daqiqada kiritildi.

Modernizatsiya va oltin avlod (1970-1999)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda Nepal FIFAga aʼzo boʻldi. Ikki yildan soʻng Nepal Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (OFK) qoʻshildi. Nepal birinchi rasmiy xalqaro oʻyinini 1972-yil 13-oktabrda oʻtkazdi va Xitoy Xalq Respublikasiga 2:6 hisobida magʻlub boʻldi. FIFA tomonidan tan olingan oʻyinda Nepal terma jamoasi safida birinchi gol urgan birinchi nepallik futbolchi Y. B. Ghale boʻldi. Ghale 1982-yilgi Osiyo oʻyinlarida Quvayt darvozasiga ham gol urgan. Tegishli futbol infratuzilmasining yoʻqligi va murabbiylar, texniklar hamda boshqa vositalarning yetishmasligi Nepal FAning aholi jon boshiga atigi 1,196 AQSH dollarini tashkil etuvchi rasmiy daromadiga ega boʻlgan mamlakat futbolchilari oʻrtasida futbol standartini oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yoʻlida doimo toʻsiq boʻlib kelgan. Biroq, FIFAning Nepalda yoshlar dasturlari orqali futbolni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlari Nepal futbolidagi muammolarni sezilarli darajada yengillashtirdi.

1980-yillarning oʻrtalarida FIFA Nepal federatsiyasiga oʻzining birinchi yoshlar dasturini ishga tushirishda yordam berish uchun moliyaviy yordam koʻrsatdi va bir qator murabbiylarni yubordi, bu dastur boshlangʻich darajada (masalan, maktablarda) iqtidorlarni aniqlash va yosh futbolchilar bilan taʼminlashga qaratilgan edi. Maydonda ham, undan tashqarida ham kerakli nou-xau bilan taʼminlandi. Dastlabki besh yillik reja birinchi yoshlar dasturi boʻyicha tayyorlangan oʻyinchilarning yarmiga milliy terma jamoada joy topishga yordam berdi va birinchi hamda oltinchi Janubiy Osiyo federatsiyasi (SAF) oʻyinlarida 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoa asosan yosh oʻyinchilardan iborat edi. Nepal kuchsiz jamoalar qatoriga kirgan boʻlsa-da, Janubiy Osiyo o'yinlarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi va ikkita oltin, ikkita kumush, ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Nepal 1980-yillarda Daniyada Osiyo Konfederatsiyasiga kirmagan jamoalariga qarshi bir nechta muhim oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazdi. Jumladan, 1987-yilda SSSR va Sharqiy Germaniya va 1989-yilda Gʻarbiy Germaniyaga qarshi maydonga tushdi[7]. Shu bilan birga, Nepal terma jamoasi 1989-yilgi ANFA kubogida qatnashgan.

Nepal 1997 va 1998-yillardagi Gubernator oltin kubogi, 1993-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Pasayish (2000-2009)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nepal futboli 2001-yildan 2003-yilgacha unutilmas ikki yilni boshdan kechirdi, oʻshanda ikki tomon (hukumat va FIFA tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan) oʻrtasidagi janjal Nepal futbolini chuqur muammoga olib keldi. Nepal taʼqiqga duch keldi va shuning uchun hech qanday turnirlarda ishtirok eta olmadi va reyting keskin tushib ketdi. Mojaro hal qilindi, ammo Nepal futboli ancha pasga tushib ketgan edi. Nepal oʻzining 100-xalqaro futbol uchrashuvini 2003-yil yanvar oyida Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi (SAFF) chempionatida Bangladeshga qarshi oʻtkazdi. Nepal turnirda yaxshi natija qayd etmadi. 22 yillik xalqaro ishtiroki davomida Nepal jamoasi Janubiy Osiyodan tashqarida 26 ta davlat bilan oʻynadi, shunga qaramasdan jamoa turli mintaqaviy turnirlar davomida mamlakatning barcha Janubiy Osiyodagi qoʻshnilarini magʻlub etdi. Nepal, shuningdek, 1999-yil Bangabandhu kubogida Gana U23 va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash musobaqasida Qozogʻiston (shu davrda Qozogʻiston OFK aʼzosi boʻlgan) kabi raqobatbardosh jamoalarga yaxshi oʻyin koʻrsatdi.

Futbol saviyasini koʻtarish uchun koʻplab urinishlarga qaramay, resurslari cheklangan edi. 2003-yilda Osiyo Kubogi saralash bosqichida Nepalning A terma jamoasi Janubiy Osiyodan tashqarida boʻlib oʻtgan xalqaro oʻyinlarda bir qancha magʻlubiyatga uchradi. Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinda mezbonlar raqib darvozasiga 16 ta gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Oltita uchrashuvda Nepal oʻz darvozasidan 45 ta gol oʻtkazib yubordi va bir marta ham raqib darvozasiga aniq zarba bera olmadi. Biroq, 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun saralash musobaqasida Nepal eng yaxshi oʻyinlaridan birini oʻtkazi. Jamoa toʻrtta oʻyinda ikkita gʻalaba qozondi va Makao hamda Iroqqa qarshi ikkita oʻyinda 13 ta gol urishdi.

Qayta tiklanish (2010-yildan hozirgi kungacha)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiy sifatida Graham Robertsn tayinlanganidan soʻng, Nepal oʻn yillik pasayishdan keyin katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Nepal 2015-yilda SAFF U-19 chempionligini qoʻlga kiritdi va 2016-yilda 3 ta yirik turnirda, Bangabandhu kubogida va OFK birdamlik kubogida gʻolib chiqdi. 2016-yil Janubiy Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Terma jamoa 2016-yilda hech qanday oʻyinda magʻlub boʻlmagan[8][9].

Nepal 2019-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichida yaxshi oʻyin koʻrsatdi, Guam ishtirok eta olmaganligi sababli keyingi bosqichga chiqdi[10]. Nepal oʻz maydonida kuchliroq Filippin va Yamanga qarshi durang oʻynadi, ikkalasi ham 0:0 hisobida yakunlandi[11][12]. Ammo terma jamoa Tojikistonga ikki marta[13][14] va safarda Filippinga[15] va Yamanga yutqazgani uchun[16] 2019-yilgi Osiyo kubogi final bosqichiga chiqa olmadi.

Nepal 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida ishtirok etdi, saralash doirasida Avstraliya, Quvayt va Iordaniya, shuningdek, Xitoy Taypeyi bilan birga kuch sinashdi. Nepalliklar Xitoy Taypeyi ustidan safarda 2:0 hisobida bitta gʻalaba qozonishgan va keyingi beshta oʻyindan soʻng birorta ham gol ura olishmagan.

Nepal 2021-yilgi SAFF chempionatida ishtirok etdi va Hindiston milliy futbol jamoasidan keyin guruhda 2-oʻrinni egalladi.

Dasrath Rangashala

Jamoaning uy maydoni mamlakat boʻylab turlicha boʻlib, ulardan biri Dasarath Rangasala stadionidir. Stadion Katmanduda joylashgan Nepaldagi koʻp maqsadli stadion hisoblanadi va 18 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bu Nepaldagi eng katta stadion. Nepal qahramonlaridan biri Dashrath Chand sharafiga nomlangan.

Stadiondan 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi va 2013-yilgi SAFF chempionati uchun asosiy joy sifatida foydalanilgan, shuningdek, Halchowk Stadium baʼzi oʻyinlarga mezbonlik qilgan.

Sport tadbirlaridan tashqari, stadion madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun musiqa maydoni sifatida ham foydalaniladi, Bryan Adams bu joyda konsert bergan.

Nepaldagi 2013-yilgi SAFF chempionati oldidan stadion taʼmirlandi, bunda oʻrindiqlar 20 000 dan 28 000 gacha kengaytirildi.

Milliy terma jamoa libosida Nepal davlat bayrogʻi ranglarini aks ettirish uchun qizil, koʻk va oq uch rangli ranglardan foydalanilgan. Uy uchrashuvlarida qizil rang, mehmonda esa koʻk rangdan foydalaniladi. Baʼzi toʻplamlardagi naqsh bayroqning uchburchak shaklini, yaʼni 2013-yilgi toʻplamni aks ettiradi. Nepalning toʻplamlari asosan shablon toʻplamlari boʻlib, maxsus jamoaga xos toʻplamdan farqli hisoblanadi. Buning sababi, Nepal terma jamoasi ishlab chiqaruvchilar bilan toʻplamlar boʻyicha hamkorlik bitimlarini amalga oshirish yetarli daromad keltirmaydi.

Natijalar va oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar

  G'alaba   Durang   Mag'lubiyat

2-sentyabr, 2021-yil(2021-09-02) O'rtoqlik uchrashuvi    Nepal 1-1  Hindiston Katmandu, Nepal
17:30 UTC+5:45
Report
Stadion: Dasarath Rangasala
5 Sentabr O'rtoqlik uchrashuvi    Nepal 1-2  Hindiston Katmandu, Nepal
17:30 UTC+5:45 Tamang Gol 87' Report Choudhary Gol 62'
Chhetri Gol 80'
Stadion: Dasarath Rangasala
26-sentyabr, 2021-yil(2021-09-26) O'rtoqlik uchrashuvi    Nepal 2-7  Ummon Doha, Qatar
21:45 UTC+5:45
Stadion: Qatar University Stadium
10-oktyabr, 2021-yil(2021-10-10) 2021 SAFF Chempionati    Nepal 0-1  Hindiston Malé, Maldiv orollari
21:45 UTC+5:45 Chhetri Gol 82' Stadion: National Football Stadium
Hakam: Yousif Saeed Hassan (Iroq)
13-oktyabr, 2021-yil(2021-10-13) 2021 SAFF chempionati  BAN 1-1    Nepal Malé, Maldiv orollari
Reza Gol 8' Report Bista Gol 88' (pen.) Stadion: National Football Stadium (Maldives)
Hakam: Axrol Riskullayev (Oʻzbekiston)
16-oktyabr, 2021-yil(2021-10-16) SAFF finali  IND 3-0    Nepal Malé, Maldiv orollari
Chhetri Gol 49'
Wangjam Gol 50'
Samad Gol 90+1'
Report Stadion: National Football Stadium (Maldives)
29-yanvar, 2022-yil(2022-01-29) O'rtoqlik uchrashuvi    NEP 1-0  MRI Katmandu, Nepal
16:45 UTC+5:45 Bimal Gharti Magar Gol 53' Stadion: Dasharath Rangasala
Tomoshabin: 5000
1-fevral, 2022-yil(2022-02-01) O'rtoqlik uchrashuvi    NEP 1-0  MRI Katmandu, Nepal
16:45 UTC+5:45 Sujal Shrestha Gol 10' Stadion: Dasharath Rangasala
Tomoshabin: 5000
24 March 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi  THA 2-0    NEP Chonburi, Tailand
19:00 UTC+7
Stadion: Chonburi Stadium
27 March 2022 Norasmiy oʻrtoqlik uchrashuvi Chonburi  THA 3-1    NEP Chonburi, Tailand
19:00 UTC+7 Stadion: Chonburi Stadium
25-may, 2022-yil(2022-05-25) O'rtoqlik uchrashuvi    NEP Bekor qilingan  AFG Qatar
--:-- UTC+3
28-may, 2022-yil(2022-05-28) O'rtoqlik uchrashuvi  TLS 2-2    NEP Doha, Qatar
19:00 UTC+3
  • Gurung Gol 51'
  • currently unknown Gol 70'
Stadion: Grand Hamad Stadium
29-may, 2022-yil(2022-05-29) O'rtoqlik uchrashuvi    NEP Bekor qilingan  AFG Qatar
--:-- UTC+3
3-iyun, 2022-yil(2022-06-03) O'rtoqlik uchrashuvi    NEP 0-2  OMA Doha, Qatar
19:00 UTC+3 Report
Stadion: Suheim bin Hamad Stadium
8-iyun, 2022-yil(2022-06-08) AFC AC saralash R3  JOR 2-0    NEP Al-Quvayt, Quvayt
22:15 UTC+3
Report Stadion: Jaber Al-Ahmad International Stadium
Tomoshabin: 1,262
Hakam: Chae Sang-hyeop (Janubiy Koreya)
11-iyun, 2022-yil(2022-06-11) AFC AC saralash R3    NEP 1-4  KUW Al-Quvayt, Quvayt
19:15 UTC+3
Report
Stadion: Jaber Al-Ahmad International Stadium
Tomoshabin: 10,360
Hakam: Pranjal Banerjee (Hindiston)
14-iyun, 2022-yil(2022-06-14) AFC AC saralash R3  IDN 7-0    NEP Al-Quvayt, Quvayt
22:15 UTC+3
Report Stadion: Jaber Al-Ahmad International Stadium
Tomoshabin: 3,145
Hakam: Hussein Abo Yehia (Livan)

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bosh murabbiy  KUW Abdullah Al Mutairi
Darvozabonlar murabbiyi    NEP Bikash Malla
Jamoa menejeri    NEP Madhusudan Upadhyaya
Fizioterapevt    NEP Avishkar Pudasaini

Oʻyinchilar rekordi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
24 Mart 2022[17]

Eng koʻp ishtirok

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daraja Futbolchi Ishtirok Gollar Karyera
1 Raju Kaji Shakya 91 0 1982-1997
2 Kiran Chemjong 84 0 2008-hozirgacha
3 Rohit Chand 74 0 2009-hozirgacha
Biraj Maharjan 74 1 2008-2021
5 Sagar Thapa 64 1 2003-2015
6 Bharat Khawas 57 10 2008-hozirgacha
7 Anil Gurung 52 10 2007-2017
Jumanu Rai 52 11 2006-2015
Sandip Rai 52 4 2008-2015
10 Anjan Bista 51 8 2014-hozirgacha

Eng yaxshi toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daraja Futbolchi Gollar Ishtirok Nisbat Karyera
1 Nirajan Rayamajhi 13 20 0.65 2000-2008
Hari Khadka 13 35 0.37 1995-2006
3 Jumanu Rai 11 52 0.21 2006-2015
4 Anil Gurung 10 52 0.19 2007-2017
Bharat Khawas 10 57 0.18 2008-hozirgacha
6 Bimal Gharti Magar 9 39 0.23 2012-hozirgacha
7 Anjan Bista 8 51 0.16 2014-hozirgacha
8 Basanta Thapa 7 27 0.26 1998-2006
Nawayug Shrestha 7 40 0.18 2015-hozirgacha
10 Naresh Joshi 6 9 0.67 1997-2000

FIFA Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA Jahon chempionati final FIFA Jahon chempionati saralash
Yil Natija Pld G' D M GF GA GD Pts Natija Pld G' D M GF GA GD Pts
 Urugvay 1930 FIFA aʼzosi emas FIFA aʼzosi emas
 Italiya 1934
 Fransiya 1938
 Braziliya 1950
Shveysariya 1954
 Shvetsiya 1958
 Chili 1962
 ENG 1966
 Meksika 1970 Chetlatildi Chetlatildi
 GDR 1974
Argentina 1978
 Ispaniya 1982
 Meksika 1986 Saralashdan oʻta olmadi 3-chi (3A guruhi) 4 0 1 3 0 11 −11 1
 Italiya 1990 4-guruh (4-guruh) 6 0 0 6 0 28 −28 0
 USA 1994 Chetlatildi Chetlatdi
 Fransiya 1998 Saralashdan oʻtolmadi 4-guruh (4-guruh) 6 0 1 5 2 19 −17 1
 Janubiy Koreya Yaponiya 2002 3-chi (6-guruh) 6 2 0 4 13 25 −12 6
 Germaniya 2006 Chetlatildi Chetlandi
 Janubiy Afrika 2010 Saralashdan oʻta olmadi 1-bosqich 2 0 0 2 0 4 −4 0
 Braziliya 2014 2-bosqich 4 2 1 1 7 11 −4 7
 Rossiya 2018 1-bosqich 2 0 1 1 0 2 −2 1
 Qatar 2022 2-tur 8 2 0 6 4 22 −18 6
 Kanada  Meksika  USA 2026 Saralashdan oʻta olmadi Saralashdan oʻta olmadi
Jami 0/22 - - - - - - - - 8/22 38 6 4 28 26 122 −96 22
  1. „India slip to 172 in latest FIFA rankings“. The Indian Express (2017-yil 3-mart). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
  2. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  3. „FIFA Fixtures & Results“. FIFA.com. 2007-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr.
  4. „8th SAF-Games 1999“. Indian Football. Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr.
  5. „Aga Khan Gold Cup“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
  6. „Late Prakash Bikram Shah – First Nepali National football player to score first-ever goal in International football“. Sportskeeda. Qaraldi: 19-oktabr 2013-yil.
  7. „Nepal – elo ratings“. Elo Ratings. Qaraldi: 17-mart 2015-yil.
  8. „Nepal beat Bahrain 3-0 in Bangabandhu, win first international title after 23 years than AFC Solidarity by beating Macau 1-0 in final. Nepal won South Asian Games 2016 football Gold medal by defeating host country India on final 2-1.“. The Himalayan Times (22-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2016-yil.
  9. „NEPAL CROWNED AFC SOLIDARITY CUP 2016 CHAMPIONS“. AFC(Asian Football Confederation) (16-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2016-yil.
  10. „Teams for final round of AFC Asian Cup UAE 2019 qualifiers confirmed“. Asian Football Confederation. Qaraldi: 13-yanvar 2017-yil.
  11. „Nepal held to goalless draw by Yemen“ (13-iyun 2017-yil).
  12. „Philippines blow chance to make Asian Cup“ (14-noyabr 2017-yil).
  13. „Nepal slump to 2-1 defeat vs Tajikistan in Asian Cup Qualifier“ (5-sentabr 2017-yil).
  14. „The AFC“.
  15. „AFC Asian Cup 2019 Qualifiers: Philippines 4-1 Nepal“ (28-mart 2017-yil).
  16. „Yemen beats Nepal 2-1 at AFC Asian Cup UAE 2019 Qualifiers Final Round match - Xinhua | English.news.cn“. 30-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  17. Strack-Zimmermann, Benjamin „Statistics“ (en). www.national-football-teams.com. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.