Kontent qismiga oʻtish

2017-yil 20-oktyabrda Afgʻonistonda sodir etilgan hujumlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

2017-yilning 20-oktyabr kuni Afgʻonistonning Kobul va Gʻoʻr viloyatidagi masjidlarga xudkush-terrorchilar hujum qilib, kamida 60 kishini oʻldirishadi[1][2].

2017-yilning 20-oktyabr kuni juma namozi paytida qurollangan shaxs Kobuldagi Imom Zamon shia masjidiga bostirib kiradi[1][2]. Qurollangan shaxs masjidga oʻt ochib, bomba portlatib yuboradi, voqea natijasida esa 40 ga yaqin odam halok boʻladi[1][2].

Shu kuni juma namozi vaqtida Gʻoʻr viloyatidagi sunniylar masjidida ham xudkush-terrorchi oʻz portlovchi qurilmasini ishga tushirib, kamida 20 kishini oʻldiradi[3][2].

„Islomiy davlat“ hisoblanmish Xuroson viloyati Kobuldagi hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi[2].

2017-yilning oktyabr oyida isyonchilar Afgʻonistonda koʻplab hujumlar uyushtirishadi[2]. Shu yilning 17-oktyabr kuni Gardiz va Gʻazna shaharlarida 70 dan ortiq odam halok boʻladi. Shuningdek, 19-oktyabr kuni ham Qandahor viloyatida 43 afgʻon askarining oʻlimiga sabab boʻlgan qoʻshaloq xudkush portlash hujumlari ham sodir etilgan[2].