2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlari 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha 23 jamoa nomini aniqlab bergan, mezbon Fransiya ayollar futbol terma jamoasi esa avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan[1]. 2019-yilgi Jahon kubogi sakkizinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib toʻrt-yilda bir marta oʻtkaziladigan ayollar futboli boʻyicha eng nufuzli jahon musobaqasidir.
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1995-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlaridan keyin Yevropada oʻtkazilgan uchinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻldi.
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan jamoalar
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun kvotalar miqdori FIFA Kengashi tomonidan 2016-yil 13-14-oktyabrda tasdiqlangan[2]. Har bir konfederatsiya uchun oʻrinlar 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan oʻzgarmadi, faqat mezbon davlat uchun beriladigan kvota CONCACAFdan (Kanada) UEFAga (Fransiya) koʻchirildi[3].
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarining qisqacha mazmuni
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bahslari 2017-yil 3-aprelda boshlangan va 2018-yil 1-dekabrda yakunlangan.
Mezbon Fransiyadan tashqari, FIFAga aʼzo boʻlgan 210 ta futbol assotsiatsiyadan 207 tasi oʻz konfederatsiyasining 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida ishtirok etishni istasa, qatnashishi mumkin edi (3ta istisno: Gvatemala[4] va Quvayt[5] futbol assotsiatsiyalari FIFA tomonidan toʻxtatilgan va Ekvatorial Gvineya 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan chetlashtirilgan)[6]. Guam, Livan, Syerra-Leone ayollar terma jamoalari dastlab 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida qatnashish taklifi bilan chiqqan, biroq ular keyinchalik saralash bahslaridan chiqib ketishgan[7].
Konfederatsiya
Turnir
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga ajratilgan kvota
Saralash oʻyinlarida qatnashgan davlarlar soni
Saralash oʻyinlaridan oʻta olmagan davlatlar soni
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan davlatlar soni
Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogiAFC aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri vazifasini oʻtadi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha edi:[8]
Saralash bosqichi: 2017-yilning 3-12-aprel kunlari 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichi boʻlib oʻtdi[9]. Musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etdi. 2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogidagi kuchli uchlikdagi oʻrniga koʻra Yaponiya, Avstraliya va Xitoy terma jamoalari avtomatik tarzda yakuniy turnir (2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi)ga yoʻllanma oldi. Iordaniya terma jamoasi ham avtomatik tarzda mezbon sifatida final turnirga yoʻllanma olgan edi, biroq jamoa saralash musobaqasida ham ishtirok etishga qaror qildi[10]. 21 jamoa oltita jamoadan iborat bitta guruhga va beshta jamoadan uchta guruhga boʻlingan. Har bir guruhda jamoalar markazlashgan-maydonda bir martadan oʻzaro oʻynashdi va toʻrtta guruh gʻoliblari yakuniy turnirga yoʻllanma oldi. Iordaniya oʻz guruhida gʻalaba qozonganligi sababli, ushbu guruhning ikkinchi oʻrinini olgan jamoa ham yakuniy turnirga yoʻllanma oldi.
Yakuniy turnir: 2018-yilning 6-20-aprel kunlari Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida sakkizta jamoa ishtirok etdi[11][12]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlindi. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Har bir guruhning uchinchi oʻrinni egallagan jamoalari esa beshinchi yoʻllanmaga ega boʻlish uchun pley-off oʻyinida kuch sinashishdi. Bunda pley-off oʻyini gʻolibi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.
Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, Afrika ayollar kubogi CAF aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:
Saralash bosqichi: 2018-yilning 4-aprelidan 9-iyuniga qadar ayollar oʻrtasidagi Afrika ayollar kubogi uchun saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Saralash musobaqasida 24 ta jamoa ishtirok etdi. Toʻrtta jamoa (Nigeriya, Kamerun, Ekvatorial Gvineya, Janubiy Afrika) toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichga oʻtdi, qolgan 20 ta jamoa esa birinchi bosqichda ishtirok etishdi. Saralash bahslari uy va safar uchrashuvlaridan iborat ikki oʻyinli tizimda oʻtkazildi. Ikkinchi bosqichning yetti nafar gʻolib jamoasi avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan mezbon Gana bilan birga yakuniy turnir (Afrika ayollar kubogi)ga yoʻllanma oldi[13].
Yakuniy turnir: 2018-yilning 17-noyabridan 1-dekabriga qadar Ganada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Afrika ayollar kubogida sakkizta jamoa ishtirok etdi[14][15]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlinishgan. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi. Afrika ayollar kubogi yarim finalidan oʻtgan jamoalar (har ikki finalchi) va uchinchi oʻrinni egallagan jamoa Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.
FIFA Ekvatorial Gvineya ayollar terma jamaosiga 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishni taqiqladi, yaʼni ular Afrika ayollar oʻrtasidagi Millatlar Kubogi (Afrika ayollar kubogi) dagi ishtirokidan qatʼi nazar, Jahon chempionatiga chiqa olmasdi[16].
Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, CONCACAF ayollar chempionati CONCACAF aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri sifatida ham xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:
Saralash bosqichi: Markaziy Amerika zonasi va Karib dengizi zonasida mintaqaviy saralash turnirlari oʻtkazildi. Markaziy Amerika zonasidan ikkita jamoa va Karib dengizi zonasidan uchta jamoa Shimoliy Amerika zonasidagi avtomatik ravishda saralangan uchta jamoaga (Kanada, Meksika va Qoʻshma Shtatlar) qoʻshilish uchun yakuniy turniriga yoʻllanma oldi.
Yakuniy turnir: 2018-yil 4-17-oktabr kunlari AQShda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionatida sakkizta jamoa ishtirok etdi[17]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi. CONCACAF ayollar chempionatida yarim finaldan oʻtgan jamoalar (har ikki finalchi) va uchinchi oʻrinni egallagan jamoa Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Uchinchi oʻrin uchun oʻtkazilgan pley-off oʻyinida magʻlub boʻlgan jamoa CONCACAF-CONMEBOL pley-off oʻyiniga chiqishdi. Agar shu oʻyinda gʻalaba qozonishsagina Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi mumkin edi.
Gvadelupa va Martinika 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionatiga Karib dengizi saralashidan oʻtib kirishdi. Biroq ular FIFA aʼzosi boʻlmagani uchun Jahon chempionatiga chiqish huquqidan mahrum edilar.
Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, Copa America Femenina kubogi CONMEBOL aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:
Yakuniy turnir: 2018-yil 4-22-aprel kunlari Chilida boʻlib oʻtgan Copa America Femenina kubogi musobaqasida oʻnta jamoa ishtirok etd[18][19]. Jamoalar beshta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrastgan ikki jamoasi yakuniy bosqichga yoʻl oldi. Yarim finalda raqibini yengib Copa America Femenina kubogi finaliga yoʻl olgan jamoalar avtomatik tarzda Jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi. Copa America Femenina kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoa CONCACAF — CONMEBOL pley-off oʻyinida ishtirok etishi kerak edi. Agar shu oʻyinda gʻalaba qozonishsagina Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi mumkin edi.
Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, OFC ayollar millatlar kubogi OFC aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:
Saralash bosqichi: Barcha OFC ayollar terma jamoalarining oldingi mintaqaviy musobaqadagi natijasi asosida tizilgan reytingga koʻra eng past reytingdagi toʻrtta jamoa (Amerika Samoasi, Solomon orollari, Vanuatu va Fiji) 2018-yil 24-30-avgust kunlari Fijida boʻlib oʻtgan saralash bosqichida ishtirok etishdi[20]. Gʻolib avtomatik ravishda saralashdan oʻtgan boshqa ettita jamoaga qoʻshilib, final turniriga yoʻllanma oldi.
Yakuniy turnir: 2018-yilning 18-noyabridan 1-dekabriga qadar Yangi Kaledoniyada boʻlib oʻtgan yakuniy turnirda sakkizta jamoa oʻynadi[20]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlinishdi. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi pley-off bosqichiga (yarim final va final) yoʻl oldi va Jahon chempionatiga yoʻllanma olish huquqini ham beradigan OFC ayollar Millatlar kubogi gʻolibini aniqlashdi.
OFC ayollar oʻrtasidagi Millatlar kubogi pley-off bosqichi
Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, UEFA oʻz aʼzo davlatlari uchun faqat Jahon chempionati saralashiga moʻljallangan turnir tashkil qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:[21]
Dastlabki oʻtish bosqich: UEFA koeffitsienti boʻyicha 46 ta ishtirokchidan eng past oʻrinni egallagan 16 ta jamoa 2017-yil 3-dan 11-aprelgacha boʻlib oʻtgan saralash bosqichiga[22] kirishdi. Ular toʻrtta jamoadan iborat toʻrtta guruhga boʻlingan holda har bir guruh oldindan tanlangan mezbon davlatlardan birida bitta davra tizimida oʻynashdi. Toʻrtta guruh gʻolibi va eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohibi (lekin bunda guruhida toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoaga qarshi natijalarni hisobga olinmaydi) saralash guruh bosqichiga yoʻl oldi.
Saralash guruhi bosqichi: 2017-yil 11-sentabrdan boshlab FIFA ayollar oʻrtasidagi xalqaro oʻyinlar taqvimiga koʻra boʻlib oʻtgan saralash guruh bosqichida 35 ta jamoa, shu jumladan, saralash bosqichida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etadigan UEFA reytingida 30 ta eng yuqori oʻrinni egallagan jamoalar va dastlabki oʻtish bosqichidan oʻtgan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Saralash guruhi bosqichi doirasidagi oʻyinlar 2018-yil 4-sentyabrgacha davom etdi. Jamoalar beshta jamoadan iborat yettita guruhga boʻlingan holda har bir guruh uy va safar davrasida oʻynashdi. Yetti guruh gʻoliblari 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi, toʻrtta eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohiblari (oʻz guruhida beshinchi oʻrinni egallagan jamoaga qarshi natijalarni hisobga olinmaydi) esa pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
Pley-off bosqichi: Saralsh guruhi bosqichidagi toʻrtta eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohiblari 2018-yilning 1-9-oktabr va 5-13-noyabr kunlari ikkita (uy-safar)dan pley-off oʻyinlarini oʻtkazishdi. ushbu oʻyinlarda gʻolib boʻlgan ikki jamoa UEFA pley-offi finalida oʻzaro kuch sinashdi. Pley-off final oʻyini gʻolibi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.