Kontent qismiga oʻtish

2021-yilgi Angliya Superkubogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2021-yilgi Angliya Supekubogi

O'yinga mezbonlik qilgan Wembley stadioni
Sana 7-avgust, 2021-yil(2021-08-07)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Wembley stadioni, London
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Kelechi Iheanacho (Leicester City)[1]
Hakam Paul Tierney (Lancashire)[2]
Tomoshabinlar soni 45,602
2020
2022

2021-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 99-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. 2021-yilgi final bahsi 7-avgust sanasida London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2020-2021-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Manchester City“ hamda Angliya kubogi sohibi „Leicester City“ klublari toʻqnash keldi[3]. Bu „Shaharliklar“ning 2019-yilda „Liverpool“ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub etganidan buyon FA Community Shielddagi ilk oʻyini edi. „Leicester City“ jamoasi esa soʻnggi bor 2016-yili finalda ishtirok etgan boʻlib „Manchester United“ jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi. Bu yilgi final oʻyinda Kelechi Iheanachoning yagona goli klubiga chempionlikni taqdim edi[4].

„Arsenal“ turnirning amaldagi chempioni edi, biroq klubning Angliya kubogi va Premyer-ligada ham omadi yurishmaganligi sababli bu mavsumdagi bahsda ishtirok eta olmadi. Oʻyin Buyuk Britaniyaning ITV telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etildi. Bu turnirning 2012-yilgi finaldan buyon ilk marotaba jonli efirda namoyish etilishi edi[5].

„Leicester City“ finalda „Chelsea“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, Angliya kubogidagi ilk chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu ularning Community Shield doirasidagi uchinchi oʻyini boʻlib, jamoa ularning bittasida gʻalaba qozongan (1971), bittasida esa magʻlubiyatga boʻlgan edi (2016)[6].

„Manchester City“ 2021-yil 11-may kuni Old Traffordda kechgan oʻyinda azaliy raqiblari „Manchester United“ „Leicester City“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Pep Gvardiola boshqaruvida toʻrt yil ichida uchinchi Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu yili klub superkubokda oʻzining 13-oʻyinida maydonga tushdi. Ulardan oltitasida (1937, 1968, 1972, 2012, 2018, 2019) ularning qoʻlib baland kelgan boʻlsa va yana oltitasida (1934, 1956, 1969, 1973, 2011, 2014) raqiblarining qoʻli baland kelgan[7].

7-avgust, 2021-yil(2021-08-07)
17:15 BST
Leicester City 1–0 Manchester City Wembley stadioni, London
Tomoshabinlar: 45,602
Hakam: Paul Tierney (Lancashire)
forma
Leicester City[8]
forma
Manchester City[8]
GK 1 Daniya Kasper Schmeichel (c)
RB 21 Portugaliya Ricardo Pereira
CB 18 Gana Daniel Amartey
CB 4 Turkiya Çağlar Söyüncü
LB 5 Angliya Ryan Bertrand Booked 50' Maydondan chiqarilgan 78'
CM 8 Belgiya Youri Tielemans Maydondan chiqarilgan 72'
CM 25 Nigeriya Wilfred Ndidi
RW 17 Ispaniya Ayoze Pérez Maydondan chiqarilgan 71'
AM 10 Angliya James Maddison Maydondan chiqarilgan 71'
LW 7 Angliya Harvey Barnes Maydondan chiqarilgan 79'
CF 9 Angliya Jamie Vardy Maydondan chiqarilgan 71'
Substitutes:
GK 12 Uels Danny Ward
DF 16 Xorvatiya Filip Benković
DF 33 Angliya Luke Thomas Maydonga tushirilgan 78'
MF 11 Angliya Marc Albrighton Maydonga tushirilgan 71'
MF 20 Angliya Hamza Choudhury
MF 22 Angliya Kiernan Dewsbury-Hall Maydonga tushirilgan 71'
MF 42 Fransiya Boubakary Soumaré Maydonga tushirilgan 72'
FW 14 Nigeriya Kelechi Iheanacho Maydonga tushirilgan 79'
FW 29 Zambia Patson Daka Maydonga tushirilgan 71'
Manager:
Shimoliy Irlandiya Brendan Rodgers
GK 13 Qoʻshma Shtatlar Zack Steffen
RB 27 Portugaliya João Cancelo
CB 3 Portugaliya Rúben Dias Booked 87'
CB 6 Niderlandiya Nathan Aké
LB 22 Fransiya Benjamin Mendy
CM 80 Angliya Cole Palmer Maydondan chiqarilgan 74'
CM 25 Braziliya Fernandinho (c) Booked 87'
CM 8 Germaniya İlkay Gündoğan Maydondan chiqarilgan 65'
RF 26 Jazoir Riyad Mahrez
CF 21 Ispaniya Ferran Torres Maydondan chiqarilgan 74'
LF 53 Angliya Samuel Edozie Maydondan chiqarilgan 65'
Substitutes:
GK 33 Angliya Scott Carson
DF 34 Niderlandiya Philippe Sandler
DF 39 Braziliya Yan Couto
MF 10 Angliya Jack Grealish Maydonga tushirilgan 65'
MF 16 Ispaniya Rodri Maydonga tushirilgan 65'
MF 20 Portugaliya Bernardo Silva Maydonga tushirilgan 74'
MF 69 Angliya Tommy Doyle
MF 81 Fransiya Claudio Gomes
MF 96 Angliya Ben Knight Maydonga tushirilgan 74'
Manager:
Ispaniya Pep Guardiola Booked 41'

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi:
Kelechi Iheanacho (Leicester City)[1]

Yordamchi hakamlar:[2]
Ian Hussin (Liverpool)
Neil Davies (London)
Toʻrtinchi hakam[2]
Peter Bankes (Liverpool)
Zaxira yordamchi hakam:[2]
Nick Hopton (Derbyshire)
Video assistent referi:[2]
Darren England (Sheffield & Hallamshire)
Yordamchi Video assistent referi:[2]
Dan Robathan (Norfolk)

Oʻyin qoidalari[9]

  • 90 daqiqa
  • Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa
  • Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin
  1. 1,0 1,1 Hafez, Shamoon. „Leicester City 1–0 Manchester City“. BBC Sport. BBC (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „The 2021 FA Community Shield at Wembley will be refereed by Paul Tierney and his team“. TheFA.com. The Football Association (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  3. Murphy, Daniel „Leicester City to face Man City in Community Shield following FA Cup triumph“. Manchester Evening News (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  4. „FA Community Shield: late Iheanacho penalty hands Leicester victory over Man City“. TheFA.com. The Football Association (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  5. „Community Shield: Man City v Leicester City on 7 August“. BBC (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  6. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester: Foxes lift FA Cup for first time after Youri Tielemans stunner“. BBC Sport (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  7. Stone, Simon. „Man City Premier League champions as Leicester City beat Manchester United“. BBC Sport (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 11-may.
  8. 8,0 8,1 „Leicester beat Man City to win Community Shield“. BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  9. „Rules of the Football Association Community Shield“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.