Kontent qismiga oʻtish

Abdon al-Azdiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdon al-Azdiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 762-yil (hijriy 145-yil)
Vafoti milodiy 836-yil (hijriy 221-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Abdon al-Azdiy (arabcha: عبدان الأزدي – Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Usmon ibn Jabala al-Azdiy) – hadis hofizi.

Asosan, Abdon al-Azdiy laqabi bilan tanilgan. Yoshligidanoq hadis ilmini oʻrgangan. Otasi Usmon ibn Jabala, Abu Hamza, Shu’ba, Molik ibn Anas, Abdulloh ibn Muborak, Jarir ibn Abdulhamid, Yazid ibn Zuray’, Ibrohim ibn Saʼd singari mashhur muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Muborakning barcha kitoblarini oʻz xati bilan koʻchirgan. Imom al-Buxoriy undan bir yuz oʻnta hadis rivoyat qilgan. Imom Muslim, Abu Dovud, at-Termiziy va an-Nasoiylar boshqa roviylar orqali undan koʻpgina hadis rivoyat qilganlar. Ibn Hibbon uni siqa deb eʼtirof etgan. Ahmad ibn Hanbal Abdon al-Azdiyni „Xurosonda hadis olish maqsadida huzurigacha boriladigan yagona muhaddis“, deb maqtagan. Abdon al-Azdiy Juzjon qoziligiga saylangan va qisqa muddatdan soʻng uzr soʻrab, lavozimidan boʻshagan. Nihoyatda saxovatpesha boʻlgan Abdon al-Azdiy hayoti mobaynida bir million dirham sadaqa qilgani rivoyat qilinadi[1].

  • Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Haydar­obod: 1955-58. I, 401;
  • Az-Zahabiy. Siyar. X, 270-272;
  • Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 313-314;
  • Ibn al-­Imod. Shazarāt az-zahab. – Qohira: 1934-35. II, 49;
  • Abu Nasr al-Buxoriy al-Kaloboziy. Al-Hibāya va-l-irshād fӣ maʼrifa as-siqāt va-s-sadād. – Bayrut: 1987. I. 418;
  • Abu Bayr ibn Manjuvayh. Rijāl Sahӣh Muslim. – Bayrut: 1987. I. 377.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.