Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Amir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Amir
arabcha: أبو عبد الرحمن عبد الله بن عامر بن كريز
Basra hokimi
Mansab davri
647–656; 663–664
Hukmdor Usmon
Oʻtmishdoshi Abu Muso al-Ashʼariy
Vorisi Usmon ibn Hunayf
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 626[1]
Makka
Vafoti 678 (51–52 yoshlarida)
Onasi Dajoja binti Asmo ibn al-Salt[2]
Otasi Amir ibn Kariz
Qarindoshlari Arva binti Kariz (ammasi)
Faoliyati Roshidun xalifaligi

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Amir ibn Kurayz[2] (arabcha: أبو عبد الرحمن عبد الله بن عامر بن كريز) (678–626) – Roshidun siyosatchisi va sarkardasi. 647-yildan 656-yilga qadar Roshidun xalifasi Usmon ibn Affon davrida Basra hokimi boʻlib xizmat qilgan. Otasining avlodi orqali xalifaga amakivachcha boʻlgan. Oʻzining maʼmuriy va harbiy sohadagi qobiliyatlari, xususan, Sosoniylar imperiyasiga tegishli sobiq hududlarda, hozirgi Eron va Afgʻoniston yerlarini muvaffaqiyatli bosib olish va qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun qilingan harbiy yurishlari bilan mashhur[3].

Abdulloh ibn Amir xalifa Usmon ibn Affonning onasi Arva binti Karizning ukasi Amir ibn Kariz ibn Robi’aning oʻgʻli boʻlgan.

Xalifa Umar davridagi istilolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Amir, eʼtiborini, asosan, sobiq fors hududlaridagi qoʻzgʻolonlarni bostirishga qaratgan.

Seyistonning zabt etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sosoniylar davridagi Seyiston xaritasi

650-yilda Abdulloh Mujoshiy ibn Masʼud boshchiligida Seyiston hududiga qoʻshin yubordi. Mujoshiy ibn Mas’ud Dashti Lut choʻlini bosib oʻtib, Seyistonga yetib bordi, biroq u yerda magʻlubiyatga uchradi va qayta ortga chekinishga majbur boʻldi[4].

651-yilga kelib, Abdulloh ibn Amir Rabiy ibn Ziyod Horisiy boshchiligida Seistonga yana bir qoʻshin yubordi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Rabiy Seyiston chegarasidagi Zoliq shahriga yetib keldi. Viloyat hududidagi koʻplab yerlarni egallab oldi. Soʻngra viloyat markazi Zrangni shahrini qamal qildi, shahar tashqarisida kechgan ogʻir jangdan soʻng Zrang hokimi Aparviz taslim boʻldi va bitim tuzish maqsadida Rabiy ibn Ziyod huzuriga borganida, Rabiyning ikki oʻlgan askarning jasadini oʻziga oʻrindiq sifatida ishlatayotganini koʻrdi. Bu Aparvizni dahshatga soldi, Seyiston aholisini arablardan qutqarish uchun ular bilan 1 million dirham ogʻir oʻlpon evaziga sulh tuzdi[5]. Shundan keyin Rabiy ibn Ziyod viloyat hokimi etib tayinlandi[4].

Istahr va Forsning zabt etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istahrni egallab olish uchun kechgan jangda shahar vayron boʻldi. 40 000 nafar jangchilar, shu jumladan, koʻplab sosoniy zodagonlari halok boʻldi. Abdulloh Fors viloyatiga bostirib kirib, forslarning qarshiligiga barham berdi. Arablar shaharni bosib olgach, sosoniylar shohi Yazdigard III Kirmonga qochib ketdi[6].

Xurosonning zabt etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik, Abdulloh Ahnaf ibn Qays va Amr ibn Maʼdiy Yakribni arablarning Sosoniylar imperiyasi ustidan nazoratini yanada kengaytirish uchun yubordi. Natijada musulmonlar Xurosonni bosib oldi. Bu davrda ular Marvirud va Balx shaharlarini boʻysundirishga muvaffaq boʻldilar[7].

Abdulloh ibn Amir Basra viloyatida 9 yil davomida (647–656) hokimlik qilgan va viloyatning hurmatga sazovor shaxslaridan biriga aylangan. Keyinchalik, Basrani tark etib, Madinaga ketgan va 678-yilda oʻsha yerda vafot etgan[iqtibos kerak].

  1. Gibb, H.A.R. „ʿAbd Allāh b. ʿĀmir“ (en).
  2. 2,0 2,1 „Abdallah ibn Amir ibn Kurayz ibn Rabi'a ibn Habib ibn Abd Shams“ (ar). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
  3. Morony, Michael G.. Iraq After the Muslim Conquest by Michael G. Morony citing Baladhuri, Jahshiyari, and Tabari. Gorgias Press, 2005. ISBN 9781593333157. 
  4. 4,0 4,1 Marshak & Negmatov 1996.
  5. Zarrinkub 1975.
  6. Morony 1986.
  7. Azizi, Abdul Syukur. Utsman bin Affan Ra. (ebook), first (id), DEEVA Press; reserved by Indonesian National Library and IKAPI (Indonesian publisher association), 2021. ISBN 9786023919536. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.