Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Nomir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulloh ibn Nomir
Tavalludi Hijriy 115-yil
Ko'fa
Vafoti Hijriy 199-yil
Kasbi Hadisshunos, hadis roviysi
Faoliyat yillari Hijriy 135—199- yillar
Bolalari Muhammad ibn Abdulloh ibn Nomi

Abu Hishom Abdulloh ibn Nomir Al-Hamadoniy Al-Xarfi Al-Kufiy Hofiz, Paygʻambarimiz hadislarining roviylaridan biri hisoblanadi.

U zot hijriy 115-yilda tavallud topganlar.

Ilm yoʻli

  • Katta olim va roviylardan jumladan: Hishom ibn Urva, Al- Aʼmash, Ash’at ibn Suvar, Ismoil ibn Abu Xolid, Zakariya ibn Abu Zayda, Yazid ibn Abu Ziyod, Ubaydulloh ibn Umar Al-Amriy, Ibrohim ibn Fazldan rivoyat qilganlar. Al-Maxzoumiy qoʻlida taʼlim olgan.
  • Shogirdlari va undan rivoyat qilganlar.
  • Rivoyat qilganlar: Ahmad ibn Hanbal, Yahyo ibn Moin, Banu Abu Shayba, Ishoq al-Kusaj, Ahmad ibn Al-Furot, Ali ibn Harb, Al-Hasan ibn Ali ibn Affon va Abu Ubayda ibn Abu Safar.

U kishiga ilm idishlaridan edi deb tarif berishar edi. Yahyo ibn Moin va boshqa koʻolab olimlar u kishiga ishonar edilar. Undan rivoyat qilganlar orasida uning oʻgʻli Hofiz Muhammad ibn Abdulloh ibn Nomir ham bor.

Rivoyatlaridan: Ahmad ibn Abdul Munaym At-Tausiy aytdi, bizga Abu Jafar Al -Salamiy aytdi, Abu Ali Al-Haddod bizga huzurida aytdi, Abu Naim aytdi, Abdulloh ibn Foris aytdi, Ahmad bin Al-Furat aytdi., Abdulloh ibn Numayr va Abu Usoma bizga Hishom ibn Urva, otasidan, Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anhodan rivoyat qilishgan:" Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: „Isitma Jahannamning hididandir, shuning uchun uni suv bilan sovutib oling.“ dedilar".

Abdulloh ibn Numayr hijriy 199-yilda vafot etgan.

[1]

  1. https://www.al-islam.org/, © Ahlul Bayt Digital Islamic Library Project 1995-2023