Kontent qismiga oʻtish

Abdulmalik ibn Abu Sulaymon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Abdulloh Abdulmalik ibn Abu Sulaymon al-Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 762-63-yil (hijriy 145-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis roviysi, alloma

Abdulmalik ibn Abu Sulaymon (arabcha: عبد الملك بن أبي سليمان — Abu Abdulloh Abdulmalik ibn Abu Sulaymon al-Kufiy,? — 145/762-63,?) — hadis roviysi, alloma.

Abu Abdulloh, Abu Muhammad, Abu Su­laymon kunyalari bilan ham tanilgan. Taba’a tobe’inlardan hisoblanadi.

Ustozlari va hadislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustoz­lari Sa’id ibn Jubayr, Ato ibn Abu Raboh, Anas ibn Siriynlardir. Undan esa Yahyo ibn Sa’id al-Qatton, Shu’ba ibn Hajjoj, Sufyon as-Savriy, Abdulloh ibn Muboraklar hadis rivoyat qilganlar.

Jarh va taʼdil imomlarining deyarli hammasi uni peshvo muhaddislardan hisoblaganlar, shu bilan birga, faqih ham bo‘lgan. Shogirdlaridan bo‘lgan Jarir ibn Abdulhamidning so‘zlariga ko‘ra, zamonasining muhaddislari orasida hadisga taalluqli biror ixtilof chiqsa, uni hakam qilishgan. Ahmad ibn Hanbal uni siqa hisoblagan bo‘lsa-da, baʼzi-baʼzida xato qilgani ham aytilgan. Shunga qaramay, kufaliklarning eng kuchli hadis hofizlaridan hisoblangan. Shogirdlaridan Sufyon as-Savriy va Ibn Muboraklar uni „mezon“ deb ataganlar[1].

  1. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1952-53. II, 366;
  2. Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. — Qohira: 1931. X, 393;
  3. Az-Zahabiy. Si­yar. VI, 107-109;
  4. Mücteba Uğur. „Abdülmelik b. Ebû Süleyman“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 265.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.