Abdulqodir Qoʻshbegiyev
Abdulqodir Qoʻshbegiyev | |
---|---|
Turkiston Milliy Majlisi aʻzosi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1882-yil Toshkent |
Vafoti | 1937-yil |
Otasi | Mirzo Ahmad |
Abdulqodir Qoʻshbegiyev — (1882—1937) — Turkistondagi milliy rahbarlardan biri. Turkiston Milliy Majlisi a’zosi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulqodir Qoʻshbegiyev 1882-yilda Toshkent shahrida badavlat mulkdor oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Mirzo Ahmad bo’lib, asli kelib chiqishi Andijon shahridan bo’lgan. Mirzo Ahmad Qo’qon xoni Xudoyorxon tomonidan Toshkentga yuboriladi va qoʻshbegi lavozimiga tayinlanadi. Otasi Mirzo Ahmadning Toshkentda katta yer-mulklari va uyi bo’lib, 1889-yilda shu yerda vafot etgan. Mirzo Ahmad vafot etgach, onasi bilan birgalikda 7 yoshli Abdulqodir Andijonga amakisi uyiga ko’chib o’tgan. Abdulqodir Qo’shbegiyev Andijon shahridagi rus-tuzem maktabi va gimnaziyasida tahsil oladi. U Andijonlik sarmoyador Mirkomilboy Mirmoʻminboyev xizmatiga kirgan va 1917-yil kuzigacha uning paxta savdosi bilan bog’liq ishlarni boshqarib turgan. 1917-yil oxirida Andijondan Toshkentga kelib, Turkiston taraqqiyarvarlariga yaqinlashadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixchi olim Qahramon Rajabov arxiv hujjatlariga tayanishicha, Abdulqodir Qo’shbegiyev u bundan oldin Andijonda tashkil etilgan “Yosh taraqqiyparvarlar” (Yosh sartlar) tashkilotida ham faoliyat olib borgan. Abdulqodir Qo’shbegiyev “Turk Adami arkaziyasi firqasi”ni tashkil etishda ham ishtirok etgan. U bundan tashqari Andijondagi “Sho’royi Islomiya” jamiyati sho’basining a’zosi ham bo’lgan. 1917-yil Turkiston muxtoriyati tashkil etilgach, Milliy Majlis a’zosi sifatida ham ishtirok etgan[1]. Qo’qondagi fojealardan so’ng, bolsheviklar tomonga o’tgan. 1920-yil BXSR tashkil etilgach, ma’lum muddat Buxoroda yashaydi va sovet idoralarida xizmat qiladi. Abdulqodir Qo’shbegiyev Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davrida qoramol savdosi bilan shug’ullanadi va boyib ketadi. U 1925-yilda qamoqqa olinadi va 10 yil konslagerga hukm qilinadi. U jazoni ma’lum muddat Solovki orollarida oʻtaydi va 1930-yil ozodlikka chiqadi. Abdulqodir Qo’shbegiyev 1932-yil Toshkentga kelib, Yangiyoʻldagi bolalar uyi o’qituvchisi va mudiri sifatida faoliyat olib boradi. 1937-yil 9-avgustda u yana qamoqqa olinadi. 1937-yil 14-avgustda unga o’lim jazosi tayinlanadi va 18-avgust kuni otib tashlanadi[2].