Kontent qismiga oʻtish

Abelisauridae

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abelisauridae 

Aucasaurus skeleti
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Infrasinf: Dinozavrlar

Abelisauridae (talaffuzi: Abelizavrid) — seratozavrlar guruhidan teropodli dinozavrlar turi (oilasi). Abelisauridaelar Gondvananing qadimgi janubiy superkontinentida boʻr davrida rivojlangan. Ular teropodlar orasida eng xilma-xil va geografik jihatdan keng tarqalgan turdir[1].

Ularning qoldiqlari Afrika, Janubiy Amerika, Hindiston, Madagaskar va ehtimol Avstraliyada topilgan[1]. Portugaliyaning yura davridan va Fransiyaning boʻr davridan toshga aylangan tishlari ham qayd etilgan. Ilk Abelisauridae oʻrta yura davri boshida paydo boʻlib, kamida ikki avlodi (Marokash Chenanisaurusi va Madagaskar Majungasaurusi) mezozoy erasi oxirigacha omon qolgan[2] va 66 million yil oldin qirilib ketgan.

Ular juda kalta bilaklari, kichik bosh suyagi boshqa turlardan ajralib turadi. Janubiy Amerika turlari quyruq umurtqalarining koʻzga koʻringan koʻndalangligi bilan farq qiladi[2]. Abelisauridaelar mukammal oʻrganilishidan oldin, ularning qoldiqlari baʼzan Janubiy Amerika tiranozavrlari sifatida notoʻgʻri talqin qilingan[3].

Abelisauridae lar oʻrta va yirik teropodlar guruhiga mansub. Tadqiqot qilingan koʻpchilik Abelisauridaelarning tumshugʻidan dum uchigacha boʻlgan uzunligi 5 metrdan 9 metrgacha boʻlgan va Afrikaning Keniyadagi Turkana shimoli-gʻarbiy qismidan ntopilgan yangi va hali nomlanmagan namunaning uzunligi 11-12 m[4]ga yetgan. Ularning eng kichigi 3,5 m ligi aniqlangan[2]. Aksariyat teropodlar singari, Abelisauridaelar ham yirtqich, ikki oyoqli dinozavrlar boʻlgan. Karnotavr kabi koʻplab Abelisauridaelarning old oyoqlari koʻzga tashlanmaydi va koʻzlari ustidan suyaklar boʻrtib chiqqan[4].

Paleobiologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abelisauridae  turiga mansub Majungasaurusning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, u boshqa teropodlarga qaraganda ancha sekin oʻsadigan dinozavr boʻlib, balogʻatga yetishi uchun taxminan 20 yil kerak boʻladi. Boshqa Abelisauridae lar ustidan olib borilgan shunga oʻxshash tadqiqotlar bunday xususiyat butun turning umumiy xususiyati boʻlishi mumkinligini aniqladi[5] .

Quilmesaurus

Nom Abelisauridae qoldiqlarini topgan Roberto Abelning familiyasidan olingan va yunonchadan olingan σαυρος (sauros), „kaltakesak“ degan maʼnoni anglatadi. Juda keng tarqalgan -idae qoʻshimchasi odatda zoologik oilalarga nisbatan qoʻllanadi va bu koʻplikni bildiruvchi yunoncha -diai (-idai) qoʻshimchasidan olingan[6].

Abelisauridae — Carl Linnaeus taksonomiyasiga kiritilgan oila boʻlib, Abelisauroidea superoilasiga kiritilgan, Ceratosaurus infraorderiga tegishli boʻlib, Noasauridae oilasini ham oʻz ichiga oladi. Filogenetik taksonomiyada bir nechta taʼriflar mavjud. Abelisauridae dastlab Abelisaurus, Carnotaurus avlodlarini oʻz ichiga olgan guruhga asoslangan takson sifatida belgilangan edi[7][8].

Aucasaurusni odam bilan taqqoslash
Karnotavrning skeletini tiklash

Keyinchalik Abelisauridae Noasaurusga qaraganda Abelisaurus (yoki toʻliqroq karnotavr) bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan takson sifatida qayta taʼriflangan[9].

Quyida Thierry Tortos va uning hamkasblari tomonidan taqdim etilgan kladogramma (2014)

Kryptops

Rugops

Genusaurus

Abelisauridae MCF-PVPH-237

Xenotarsosaurus

Tarascosaurus

Labushard Abelisauridae 

 
Majungasaurinae

Pureuian Abelisauridae

Arcovenator

Majungasaurus

Indosaurus

Rahiolisaurus

Rajasaurus

Brachyrostra

Ilokelesia

 

Ekrixinatosaurus

 

Skorpiovenator

 
Carnotaurini

Abelisaurus

Aucasaurus

Pycnonemosaurus

Quilmesaurus

Carnotaurus

Ilokelesia

Ilokelesia dastlab abelizavridlar bilan bog'liq takson sifatida tasvirlangan

Berberosaurus

Deltadromeus

Spinostropheus

Limusaurus

Elaphrosaurus

 Neoceratosauria 
 Ceratosauridae 

Ceratosaurus

Genyodectes

 Abelisauroidea 
 Noasauridae 

Laevisuchus

Masiakasaurus

Noasaurus

Velocisaurus

 Abelisauridae 

Eoabelisaurus

Rugops

Abelisaurus

 Carnotaurinae 

Majungasaurus

Indosaurus

Rajasaurus

 Brachyrostra 

Ilokelesia

Ekrixinatosaurus

Skorpiovenator

 Carnotaurini 

Carnotaurus

Aucasaurus

  1. 1,0 1,1 Salem BS, Lamanna MC, OʻConnor PM, El-Qot GM, Shaker F, Thabet WA, El-Sayed S, Sallam HM. (2022). „First definitive record of Abelisauridae (Theropoda: Ceratosauria) from the Cretaceous Bahariya Formation, Bahariya Oasis, Western Desert of Egypt“. Royal Society Open Science. 9 (6): 220106.
  2. 2,0 2,1 2,2 Delcourt R, Langer MC. (2022). „A small abelisaurid caudal vertebra from the Bauru Basin, Presidente Prudente Formation (Late Cretaceous), Brazil adds information about the diversity and distribution of theropods in central South America“. Journal of South American Earth Sciences: Article 103879.
  3. {{{заглавие}}}.
  4. 4,0 4,1 October/November 2013, Abstracts Of Papers, 73rd Annual Meeting(ingl.) // Society of Vertebrate Paleontology. — 2013. Архивировано 29 oktyabr 2013 года.
  5. Laura Geggel 2016-11-16T17:42:17Z Animals. „Fearsome Malagasy Dinosaur Remained a Pipsqueak Most of Its Life“ (en). livescience.com. 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  6. {{{заглавие}}}.
  7. {{{заглавие}}}.
  8. {{{заглавие}}}.
  9. Paul C. Sereno, Jeffrey A. Wilson, Jack L. Conrad. New dinosaurs link southern landmasses in the Mid-Cretaceous. // Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences. — 2004-07-07. — Т. 271. — С. 1325–1330. — ISSN 0962-8452.