Abraha
Abraha ibn Sabboh al-Ashram al-Habashiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 571-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Yaman voliysi |
Abraha (arabcha: أبرهة) — Abraha ibn Sabboh al-Ashram al-Habashiy,? — 571, Yaman) — „Fil voqeasi“da mag‘lub bo‘lgan Yaman voliysi.
Yaman hokimligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]525-yilda Aryot qo‘mondonligi ostida Yamanga qo‘shin tortadi. Qo‘shin askarlari orasida Abraha ham bo‘lgan. U kalta bo‘yli, semiz kishi bo‘lgan. Yamanni qo‘lga kiritgan Aryot bilan Abraha orasida nizo chiqadi. Oqibatda habashlar ikkiga bo‘linadilar. Bu bo‘linish urush chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunda Abraha Aryotga yakkama-yakka kuch sinashishni, kim yengsa o‘sha hokim bo‘lishini taklif qiladi. Kurashishda Aryot nayzasi bilan Abrahani bosh qismiga uradi. Qoshi, burni va labi yirtilgani uchun „Ashram“ (tirtiq) laqabi bilan tanilgan. Zarbadan yiqilgan Abrahaning ortidan kelgan Atavda ismli quli Aryotga hamla qilib, uni o‘ldiradi. Natijada Abraha Yamanda o‘z boshqaruvni egallaydi. Bu holatning xatari Najoshiyga yetib keladi. U Abrahadan darg‘azab bo‘ladi. Abraha Habash Najoshiysiga maktub jo‘natib, unga itoat qilishi xabarini beradi. Najoshiy ham ichki urush kelib chiqmasligi uchun „Yaman yerida to senga buyrug‘im yetib bormagunicha amirlik qilib tur“ deb, uning Yamanga hokim bo‘lishi va voliyligini maʼqullaydi.
Kalisa-cherkov qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abraha nasroniy edi. U nasroniylikni yoyish uchun Sanʼoda katta kalisa-cherkov qurdiradi. O‘sha paytda bunday bino yer yuzining biror yerida qad rostlamagan edi. Bezak uchun Vizantiyadan marmar va mozayka ustalarini chaqiradi. Kalisa bitgach, u Najoyishga mazkur ishning xabarini maktub orqali yetkazadi. Maktubda kalisa Najoyish uchun qurilgani, bu ish arablarning haj ziyoratini ushbu kalisaga burish uchun amalga oshirilgani haqidagi so‘zlar xabari berilgan edi. Shuningdek, makkaliklarning tijorat bilan bog‘liq faoliyatlariga qarshilik qilish hamda San’oni din va tijorat markaziga aylantirish edi. U turli o‘lkalarga vakil yuborib, xalqni haj qilish uchun Sanʼoga chaqiradi. Bundan jahli chiqqan Kinona qabilasiga mansub bir arab, Abrahaning kalisasiga borib u yerni najosat bilan bulg‘ab ketadi. Bundan xabar topgan Abraha, Kinona qabilasiga mansub kishilar Sanʼoga kelib kalisani tavof qilishlarini buyuradi. Biroq ular buni rad qilib, elchini o‘ldiradilar. Bundan xabar topgan Abraha g‘azabga minib, Ka’bani buzishga qasam ichadi va bir necha fillar bilan Makkaga yurish qiladi. Abrahaning Kaʼbani buzish fikridan g‘azablangan yamanlik Zu Nafr ismli shaxs kuch to‘plab unga qarshi chiqadi. Biroq yengilib asir tushadi.
Fil voqeasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abraha Toifga yetib kelganida shahar xalqi tomonidan iliq kutib olinadi. Xalq nomidan Mas’ud ibn Muattab so‘zga chiqib, unga itoat qilishlarini aytadi va Lot nomli butlariga tegmasligini so‘raydi. Al-Maʼofiriy Abrahaga „al-Lot“ nomli ibodat qilinadigan uylarini nazarda tutganlarini aytadi. Abraha bu iltimosni qabul qiladi. Toifliklar unga yo‘lboshchi sifatida Abu Rig‘ol ismli shaxsni beradilar. Abraha Makka yaqinidagi Mug‘ammas degan joyda to‘xtaydi va Asvad ibn Maqsud ismli bir habashni Makkaga jo‘natib, shahar yaqinidagi tuyalarni olib kelishini buyuradi. O‘ljaga olingan tuyalar orasida Payg‘ambarning bobolari Abdulmuttalibning tuyalari ham bor edi. Abdulmuttalib tuyalarini so‘rab uning oldiga boradi. Abraha unga: „Sen Kaʼba uchun tashvish chekmay, tuyalaring uchun huzurimga keldingmi?“, deydi. Abdulmuttalib: „Men tuyalarning egasiman, Kaʼbaning o‘z egasi bor. Kaʼbani uning o‘zi himoya qilib oladi“, deb javob beradi. Abraha Kaʼbani vayron qilishdan voz kechishi uchun berilgan taklifni rad qilib, qo‘shiniga ertasi kun hujum boshlashni buyuradi. Biroq qo‘shin boshida turgan fil o‘z joyidan qimirlamaydi, natijada ular Qur’oni karimda bayon qilingani kabi abobil qushlari tomonidan mahv etiladi[1]. Abraha arang qochib qoladi va yaralangan holda Yamanga qaytadi, ko‘p o‘tmay vafot etadi. Bu voqea tarixda „Om al-fil“ („Fil voqyeasi yili“) nomi bilan mashhur bo‘lgan. Payg‘ambar ushbu veqeadan qirq-ellik kun o‘tib tug‘ilganlar[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Hishom. Sӣra. I, 48;
- Al-Azraqiy. Axbār Makka. 134-154;
- At-Tabariy. Jāmi’ al-bayān. XXX. 191;
- Hamidulloh. Islom payg‘ambari (Islâm Peygamberi). I, 312-317;
- Ahmet Lûtfi Kazancı. „Ebrehe“. TDV İA. — İstanbul: 1988. X, 79-80;
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. I, 157-160. Abdulmalik ibn Hishom al-Maʼofiriy. As-Siyra an-nabaviyya. — T.: „Sharq“, 2011. I, 52-59, 61-62;
- Islom. Ensiklopediya. — T.: „O‘zME DIN“, 2017. 19;
- 101 ulug‘ sahobiy (mualliflar guruhi). — T.: „Toshkent Islom universiteti“ nashriyot-matbaa birlashmasi, 2018. 406.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Fil" surasi, 1-5 oyatlar“, Qurʼoni karim.
- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |