Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy
Qiyofa
Abu-l-Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
975 yoki 999-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, faqih |
Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy (arabcha: أبو العباس محمد السرخسي — Abu-l-Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy,?, Saraxs — 975 yoki 999-yil) —muhaddis va faqih.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy mashhur muhaddis, imom va faqih bo‘lib, Buxoro va Nishopurda hadisdan taʼlim olgan, Saraxsda va’zlar o‘qigan. Abu Saʼd as-Sam’oniyning maʼlumotiga ko‘ra, birinchi bo‘lib shofe’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Iroqda bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda uning sakkiz shogirdi, Iroq va Marvda uchta ustozi borligi qayd etilgan. „Al-Mu’jam“ nomli hadislar to‘plami muallifi[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Islom. Ensiklopediya. — T.: „O‘zME DIN“, 2017. 208.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |