Kontent qismiga oʻtish

Abu-l-Valid Ahmad ibn Abu Rajo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu-l-Valid Ahmad ibn Abu Rajo
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 846-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi tasavuf shayxi

Abu-l-Valid Ahmad ibn Abu Rajo (arabcha: أبو الوليد أحمد بن أبي رجا) — tasavvuf shayxi.

Tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi. Hirot yaqinidagi Ozodon qishlog‘ida tug‘ilgan. Imom Ahmad ibn Hanbalning shogirdi. Imom al-Buxoriy undan hadis rivoyat qilgan. Isfahon va Bag‘dod shaharlarida yashagan. Hadis va tasavvuf ilmida zamonasining peshvolaridan bo‘lgan. „Mujmal Fasihiy“da XV—XVI asrlarda Hirot aholisi har chorshanba kuni uning qabrini ziyorat qilishga borganlari haqida maʼlumot berilgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx bilan bog‘liq bobni kiritgan[1].

  1. Alisher Navoiy. TAT. Nasoyim ul-muhabbat. — T.: „Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi“, 2011. X, 402.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.