Abubakr Mirzo (Mironshohning oʻgʻli)
Abubakr Mirzo | |
---|---|
forscha: ابوبکر میرزا | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1382 |
Vafoti |
1409 Seyiston |
Bolalari | Ilongir Mirzo, Usmon Jodiy |
Onasi | Xonika Begim |
Otasi | Mironshoh |
Dini | Islom |
Mansubligi | Temuriylar |
Janglari | Anqara jangi |
Abubakr Mirzo (1382—1409) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning nabirasi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abubakr Mirzo Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning toʻngʻich nevaralaridan biri. 1382-yilda tugʻilgan. Onasi Chigʻatoy ulusi hukmdori Suyurgʻatmishxonning qizi Oʻrin Sulton Xonika Begim. 1389-yilda Abubakr Mirzo amir hoji Sayfiddin Barlosning qiziga unashtirilgan. 1392-yilda Samarqandda amir hoji Sayfiddin Barlosning qizi bilan oila qurgan.
Abubakr Mirzo 1400-yil kuzida Mamluklar sultonligi bilan urush paytida Halab va Hamoni egallashda qatnashdi. Usmonli imperiyasi bilan urush paytida u otasi va bobosi qoʻshinlarining yordamiga qaramay, oʻjarlik bilan serb jangchilariga birinchi boʻlib hujum qilgan. Oʻng qanotning avangardiga qoʻmondonlik qilgan, Anqara jangida qatnashgan. Serb-usmonli qoʻshini ustidan gʻalaba qozonib, Sulton Boyazidning oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni taʼqib qilgan. Iznik shahrini egallab, boy oʻlja bilan bobosining oldiga qaytib kelgan[2].
1403-yilda taxt vorisi vafotidan keyin Muhammad Sulton Bagʻdod hukmdori boʻldi. Oʻsha yili u Qoraqoʻyunlular boshligʻi Qora Yusufni magʻlub etdi, uning ukasi Qora Ali jangda halok boʻldi va Qora Yusufning barcha mollari gʻoliblar tomon oʻtdi. Gʻalabadan soʻng Abubakr 1401-yilda vayron boʻlgan Bagʻdodni va Iroqning iqtisodiy holatini tiklashga kirishib, Qora Yusuf bosqinlari chogʻida vayron boʻlgan hududni tiklashga harakat qildi.
1405-yilda bobosi vafotidan soʻng, u xutba oʻqitib, otasining nomi yozilgan tangalar zarb qilgan. Samarqand taxtini egallagan Xalil Sultonning taklifiga binoan u otasi bilan Samarqandga keladi. Bir muddat Samarqandda yashagan. Keyinchalik ukasi Umar Mirzo isyon koʻtaradi[3].
Abubakr otasining oldiga qaytib keladi va ukasi Umar Mirzoga qarshi urush boshladi, Umar va uning tarafdorlariga tegishli bir qancha qal’alarni egallaydi.
1406-yil aprelda amakivachchalari Rustam Mirzo, Pir Muhammad Mirzo va Iskandar Sulton Mirzo Umar Mirzo bilan ittifoq tuzib, unga qarshi urush boshladilar, ammo Abubakr qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi.
1408-yil aprelda u otasi bilan birgalikda Qora Yusufga qarshi yurish qildi, ammo ularning qoʻshini magʻlubiyatga uchradi va Miranshoh jangda vafot etdi. Abubakr Kirmonga chekinadi. Seyistonda vafot etadi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Turg`un Fayziyev. Temuriylar shajarasi. Xazina, 1995 — 184-bet. Qaraldi: 24-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Книга побед амира Тимура“. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ Клавихо Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура
- ↑ Фасих Хавафи Фасихов свод