Kontent qismiga oʻtish

Xalil Sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalil Sulton
Temuriylar imperiyasi hukmdori
Mansab davri
1405-yil – 1409-yil
Oʻtmishdoshi Amir Temur
Vorisi Shohrux
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-sentyabr 1384-yil
Hirot, Temuriylar davlati
Vafoti 4-noyabr 1411-yil(1411-11-04)
(27 yoshda)
Ray, Eron
Turmush oʻrtogʻi Shodimulk
Jahon Sulton
Bolalari Muhammad Bakr Mirzo
Onasi Sevin Bek Xonzoda
Otasi Mironshoh
Dini Islom

Xalil sulton (1384-yil-4-noyabr 1411-yil)[1] – temuriylardan boʻlgan Movarounnahr hukmdori (140509). Amir Temurning nabirasi. Mironshohning oʻgli.

Saroymulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (13991400) qatnashib katta jasorat koʻrsatgan. Quyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Temurning gʻazabiga uchragan, soʻng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga qilgan yurishida Xalil Sulton qoʻshinning oʻng qanoti boshligʻi etib tayinlangan. 1405-yil Amir Temur vafot etgach, Movarounnaxr taxtini egallagan. Oʻziga qarshi bosh koʻtargan amirlar (Xudoydod, Olloxdod, Shayx Nuriddin va boshqalar)ga qarshi betinim kurashgan. Davlat xazinasini behuda sarflab, hokimiyatni boshqarishda xotinining soʻzlariga amal qilgan. Saroydagi katta mansablarga tasodifiy kishilar tayinlangan. Bu boshqa temuriylarning qattiq noroziligiga uchragan. Xuroson hukmdori Shohrux katta qoʻshin bilan Movarounnaxrga yurish qilib, Samarqandni egallagan. Shohrux bilan tuzilgan shartnoma (1409) natijasida Movarounnahrdan voz kechgan. Xalil Sultonga Ray berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Xalil Sulton vafot etgach, Shodimulk ham oʻzini oʻldirgan.

Amir Temurning nabirasi, Mironshoh va Sevin Bek Xonzodalarning uchinchi oʻgʻli, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning nabirasi Xalil Sulton 1384-yil 14-sentabrda Hirotda tugʻilgan. Uning tarbiyasi Temurning katta xotini Saroy Mulkxonimga yuklangan. 15 yoshida u Temurning Hindistonga yurishi paytida alohida jasorat koʻrsatgan. Gʻarbdagi „yetti yillik yurish“ da qatnashgan. 1402-yilda Temur unga sharqda, „Turkiston chegarasida“ oliy qoʻmondonlikni ishonib topshirgan.

Xalil Sultonning birinchi xotini Arlat qabilasidan Ali Muyyodning qizi – Jahon Sulton edi. 1404-yilda u Shodimulkka ruxsatsiz uylanib, bobosining gʻazabini qoʻzgʻatdi, ammo kechirildi va oʻsha yili Xitoyga qarshi yurishga tayyorgarlik koʻrayotganda, qoʻshinning oʻng qanot boshligʻi etib tayinlandi.

Hokimiyatga kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temur 1405-yil 18-fevralda vafot etgach, 18-martda Xalil Sulton Samarqandga gʻolibona kirib keldi. Amir Temur tirikligida oʻziga voris sifatida Muhammad Jahongirni tayinlaydi, ammo u A.Temurdan oldin vafot etgan. Xalil Sulton 1409-yilgacha Samarqandda yashagan. Bobosining dafn marosimini oʻsha yerda uyushtirgan. Xalil Sulton Movarounnahr shimolida Sirdaryo boʻyigacha isyonkor sarkardalar bilan muttasil kurash olib borishga majbur boʻlgan. 1405-yil dekabr – 1406-yil yanvar oylarida Xorazmni bosib olgan Oltin Oʻrda qoʻshini oʻz yurishlari bilan Buxorogacha yetib keldi.

Xalil Sulton Samarqandda Temur davridan buyon qurilish maydonlarida ishlagan hunarmandlarning vataniga qaytishiga ruxsat bergan.

Dushmanlari bilan ochiq jangda Xalil Sulton koʻpincha gʻolib boʻlgan. Shohruxning soʻnggi gʻalabasi ham harbiy muvaffaqiyatlar evaziga emas, balki fitna va mohir diplomatiya, xususan, Muhammad Porso boshchiligidagi Buxoro ruhoniylari bilan aloqalar tufayli qoʻlga kiritilgan. Avval, Fargʻona hokimi Amir Xudoydod, Oʻtror hokimi Berdibek keyinchalik, Xalil Sultonning oʻz ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo boʻylarida oʻz akasiga qarshi bosh koʻtaradi[2]. 1409-yil bahorida Shohrux qoʻshini Bodgʻisda, Xalil Sulton qoʻshini esa Shahrisabzda jangga shay turgan paytda shimolda amir Xudaydod boshchiligida yana qoʻzgʻolon boshlanadi. Xalil Sulton qoʻshinini tashlab, Xudaydodga qarshi chiqishga majbur boʻlgan, lekin u oʻzi bilan atigi 4000 kishini olib keta oladi xolos. Xalil Sulton 1409-yil 30-martda Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi boʻyida sodir boʻlgan jangda Xalil Sulton qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi[3] va Samarqandga keltiriladi. Keyinchalik u Oʻtrorga borib, u yerda amir Shayx Nuriddin vositachiligida Shohruh bilan shartnoma tuzadi. Unga koʻra Movarounnahr ustidan hokimiyatdan voz kechadi va Ray shahriga yoʻl oladi.

Xalil Sulton 1411-yil 4-noyabrda Ray shahrida (hozirgi Eron) vafot etgan. Uning xotini Shodimulk ham eri vafotidan keyin oʻz joniga qasd qilgan[4]. Xalil Sulton sheʼriyatga mehr qoʻygan va oʻzi turkiy tilda sheʼrlar yozgan.

  1. Mu‘izz al-ansab (Proslavlyayuщee genealogii). Vvedenie, perevod s persidskogo yazika, primechaniya, podgotovka faksimile k izdaniyu Sh. X. Vaxidova. // Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. T. 3. Almati: Dayk-Press, 2006, s.147
  2. Sardor Ali Nurmat „Aka-ukalar o‘rtasida parchalangan saltanat yoxud Amir Temurning so‘nggi vasiyati qanday edi?“. qalampir.uz. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  3. „Xalil Sulton“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  4. Roemer, p. 101
  • Roemer, H. R. „The Successors of Timur.“ The Cambridge History of Iran Volume 6: The Timurid and Safavid Periods. Edited by Peter Jackson. New York: Cambridge University Press, 1986. ISBN 0-521-20094-6