Abu Bakr Muhammad Korzaniy
Abu Bakr Muhammad Korzaniy (arabcha: ابو جعفر محمد كرزاني — Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijʼa ibn Hanish Korzaniy) — roviy.
Abu Bakr Muhammad Korzaniy X asr boshida Korzon qishlogʻida tugʻilgan. Abu Bakr Muhammad Korzaniyning ota-bobolari taniqli muhaddis va roviylaridan boʻlgan. U boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Korzanda otasi Ahmad va bobosi Muhammadlardan olgan. U taʼlim olish bilan birga dehqonchilik qilgan va boshqa dehqonlarga rahbarlik (raislik) ham qilgan.
Shogirdlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Bakr Muhammad Korzaniy Muhammad Korzaniydan esa Abu Muhammad Ahmad ibn Ali Dabusiy va Abu Saʼd Idrisiylar hadis tinglagan. Abu Saʼd Idrisiyning yozishicha u Arbinjonga borganida Abu Bakr Muhammad Korzaniydan hadis yozib olgan[1].[2]
Vafot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Bakr Muhammad Korzaniy 370/980-981 yildan oldin Rabinjon shahrida vafot etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Suyundik Mustafo Nurotoiy. Xatirchilik tabarruk siymolar. — T.: Muharrir. 2010. 31.