Kontent qismiga oʻtish

Rabinjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rabinjon, Arbinjon — Soʻgʻdning qad. shaharlaridan biri. Samarqand shahridan 100 km gʻarbda, Fay (Pay) kanali boʻyida joylashgan. Rabinjon xarobalari Narpay tumanidagi Koʻhna Oromijon shahri harobasi oʻrnida boʻlgan deb taxmin qilinadi. Rabinjonni A. Yu. Yakubovskiy (1934), G. A. Pugachenkova (1969), shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti xodimlari (1971—73) oʻrganishgan. Shahar toʻrtburchak qoʻsh devor va xandaqlar bilan oʻralgan mustahkam qalʼadan iborat. Narpay kanali qirgʻogʻida joylashgan alohida qoʻrgʻon boʻlgan. Qalʼa 3 tomondan shahriston va mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Hovuz, bozor va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan shahristonning jan. tomonida koshinkorlik va maʼdan eritish korxonalari boʻlgan. Shahriston va rabod hududidan kanal oʻtgan. Shahar hayotining dastlabki davri 47-asrlarga toʻgʻri keladi. Shu davrga oid binokorlik qoldiqlari, haykaltaroshlik namunalari, oltindan ishlangan ziynat buyumlari saqlangan. 910-asrlarda Rabinjon Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan Movarounnahrni bogʻlab turadigan yirik shaharga aylangan. Bu yerda qad. soʻgʻd sanʼati namunasi saqlangan uy va 10-asrning 1-yarmiga oid 44 ta oltin tanga topilgan. 1158 yilda Xorazmshoh Elarslon qoʻshinlari bilan Samarqandning qoraxoniy hukmdori Chagʻrixon qoʻshinlari oʻrtasidagi jangdan soʻng Rabinjon vayronaga aylangan.
Rabinjondan koʻplab olimlar chiqqanlaRabinjon Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (vaf. 562/1167-yil) Buxorodan Samarqandga qilgan safari davomida bu yerda bir kun boʻlganini zikr etadi. Bu shaharcha nomi baʼzi manbalarda Rabinj shaklida ham keladi.
Rabinjondan chiqqan olimlardan biri shu shaharcha qozisi Abul Abbos Ato ibn Ahmad ibn Idris Arbinjaniy (vaf. 368/979 y.) manbalarda „ahli raʼy“ faqihlaridan boʻlgan, deya qayd etiladi. Muhaddislar unga „hadisini olsa boʻladi“, degan mazmunda hadis ilmini bilish darajasiga „lo baʼsa bihi“, yaʼni „yomon emas“ degan bahoni berganlaRabinjon U Horun ibn Sohib Arbinjaniy nomli vatandosh ustozidan tahsil olgan. Movarounnahrdan chiqqan hadis ilmi va „ilm ar-rijol“ boʻyicha yetuk olimlardan biri Abu Saʼd Idrisiy u aytgan hadislarni eshitib, shogirdlariga rivoyat qilib qoldirgan.
Mazkur shaharchadan chiqqan yana bir hadis ilmi namoyandasi Abu Muslim Omir ibn Mukomil Hamadoniy Arbinjaniy (vaf. 293/ 906 y.) edi. U Islom olamidagi koʻplab hadis olimlaridan, jumladan, Abu Salama Yahyo ibn Mugʻira Maxzumiy, Hoshim ibn Qosim Harroniy, Horun ibn Muso Faraviy, Salama ibn Shayblardan hadislar oʻrganib, shogirdlariga qoldirgan. Undan hadis tinglab keyingilarga yetkazgan shogirlari Muhammad ibn Ahmad ibn Hoshim Zahabiy, Abdurrahmon ibn Fath Sarroj, Muhammad ibn Zakariyo ibn Husayn Nasafiylar edi. Abu Muslim Hamadoniy Arbinjaniy koʻplab hadislarni yozib qoldirgan, rivoyat qilishda boshqalarga oʻrnak boʻladigan darajadagi fozil insonlardan edi.
Vahb ibn Jamil ibn Fazl Arbinjaniy ham jahongashta olimlardan boʻlib, haj safari davomida Bagʻdodda boʻlgan. Oʻsha yerda balxlik olim Fazl ibn Abbos ibn Abdulloh Balxiyning hadislarini rivoyat qilib bergan. Bu esa olimning Balxda ham boʻlgani haqidagi ehtimolni beradi va oʻz safari davomida hadis ilmi bilan shugʻullanganini, bu ilm rivoji yoʻlida xizmat qilganini koʻrsatadi. Undan Abul Hasan Jandiy hadislar rivoyat qilgan.
Abu Muso Horun ibn Sohib Arbinjiy haqida Xatib al-Bagʻdodiy (vaf. 463/1071-yil) oʻzining „Tarixi Bagʻdod“ asarida maʼlumot beradi. Abu Muso nomining mazkur kitobga kirganidan ham bu olim oʻsha davrda musulmon olamining ilm markazlaridan biri — Bagʻdod sh. da boʻlganini bilish mumkin.
Hanafiy mazhabi faqihi Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad Arbinjaniy (vaf. 882 y.) ham shu yerlik olimlardan boʻlgan.

  • Bartold V. V., Sochineniya, t. 1, M. 1963.[1]
  • Rahimjonov D. Arbinjan // Islomshunoslik qomusiy lugʻati / Masʼul muharrir Z. M. Islomov. — T. 1. — Toshkent: Movarounnahr, 2013. — B. 67-68.
  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 7-jild. Parchin-Soliq. — T.: „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. — B. 214.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi zikr ulamo Samarqand / Nazar Muhammad al-Foryobiy tahriri ostida. — Saudiya Arabistoni: Maktabat al-Kavsar, 1991. — 622 b.
3. Abu Saʼd Abd al-Karim ibn Muhammad as-Sam’oniy. al-Ansob: 5 jildli / Abdulloh Umar al-Borudiy tahriri ostida. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998. — J. 1. — B. 104.