Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Mustag‘firiy Nasafiy Samarqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Bakr Mustag‘firiy Nasafiy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih va tarixchi

Abu Bakr Mustag‘firiy Nasafiy Samarqandiy (arabcha: محمد بن أبو بكر مستغفيري نسفي سمرقندي — Abu Bakr Mustag‘firiy Nasafiy Samarqandiy — Toʻliq ismi Abulabbos Jaʼfar ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Bakr Mustag‘firiy Nasafiy Samarqandiy (vafoti. 1040 yil.)) — Tarixchi, adib, muhaddis va faqih.

Jaʼfar ibn Abu Ali Samarqandiy ko‘zga ko‘ringan tarixchi, adib, muhaddis va faqih bo‘lgan. DehxudoningLug‘atnoma“ asarida yozilishicha, alloma bir necha vaqt Marv va Saraxsda istiqomat qilgan. Shu yerda boshlang‘ich maʼlumotni olgandan keyin Buxoroga borib yashagan va u yerning bir necha olimlaridan taʼlim olgan. U Nasaf (Qarshi) shahrida yashab, shu yerda 432/1040-yil vafot etgan. Samarqandiy nisbasi uning Samarqandda yashagani yoki u yerda tug‘ulganidan dalolat beradi.

Uning otasi Abu Ali Muhammad ibn Mustag‘firiy (318/930-372/982-yillar.) ilm olishida ustozi bo‘lgan. Shuningdek, bobosi Abu Bakr Mu’taz ibn Muhammad ibn Mustag‘fir, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad Roziy Saraxsda ibn Abu Ali Zohir ibn Ahmad Saraxsiy, Naysaburda Abu Sahl Horun ibn Ahmad Astrobodiy, Buxoroda Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad G‘unjor, Marvda Ibrohim ibn Haysam Muhammad ibn Kushmihaniydan taʼlim olgan.[1]

Kitob tarixi Samarqand“, „Kitob tarixi Nasaf va Kesh“, „Kitobu-sh-sheʼr va-sh-shuaro“, „Kitobu-l-vafo“, „Kitob daloili-n-nubuvva“, „Kitobu-d-daʼavot“, „Kitob xutabu-n-nabiy“, „Kitob tibbi-n-nabaviy“.

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 558.