Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr ibn Hasan ibn Ali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Bakr ibn Hasan ibn Ali
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni)
Oʻlim sababi Karbalo jangida shahid boʻlgan
Dafn etilgan joyi Imom Husayn ziyoratgohi, Karbalo, Iroq
Dini Islom
Ota-onasi
Tanilgan sohasi Husayn ibn Alining hamrohlaridan

Abu Bakr ibn al-Hasan ibn Ali (arabcha: أبو بكر بن الحسن بن علي) – Hasan ibn Alining oʻgʻli. Amakisi Husayn ibn Ali bilan Karbaloga borib, Ashuro kuni Karbalo jangida halok boʻlgan.

Abu Bakr Hasan ibn Alining oʻgʻli boʻlgan[1][2]. Baʼzilar u va uning ukasi Qosim ibn Hasan ibn Alining ikkalasi ham Ramlaning oʻgʻli boʻlgan deb hisoblashadi[1][3].

Tarixchi olim Abu al-Faraj Abu Bakrni Karbalo jangida ukasi Qosimdan oldin shahid boʻlgan deb hisoblaydi[4]. Abu al-Faraj tomonidan al-Madainiydan, al-Madainiy Abu Mixnaf va Sulaymon ibn Roshiddan shunday iqtibos keltirilgan: „Abu Bakr Abdulloh ibn Uqba al-Gʻanaviy tomonidan otilgan oʻqdan shahid boʻlgan“[5]. Ammo Tabariy, Ibn Osir, Shayx Mufid va boshqalar uni Qosimdan keyin shahid boʻlgan deya maʼlumot bergan[6].

Abu Bakrning nomi „Ziyarat an-Nahiya al-Muqaddasa“ va „Ziyarat Rajabiyyada zikr qilingan va uning qotili laʼnatlangan[7].

  1. 1,0 1,1 Abu al-Faraj al-Isfahani. Maqātil aṭ-Ṭālibīyīn — 92-bet. 
  2. Tarih-i Tabari. tarikh al-umam wa-al-muluk, January 1968 — 468-bet. 
  3. Ibṣār al-ʻayn fī inṣār al-Ḥusayn. Najaf, Iraq: al-Maṭbaʻah al-Ḥaydarīyah, 1922 — 72-bet. 
  4. Abu al-Faraj al-Isfahani. Maqātil aṭ-Ṭālibīyīn — 92-bet. 
  5. Al-Baladhuri. The Ansab Al-Ashraf. Yuṭlabu min F. Shatāynir, 1978 — 205-bet. ISBN 3515028501. 
  6. Tarih-i Tabari. tarikh al-umam wa-al-muluk, January 1968 — 468-bet. 
  7. Sayyed Ibn Tawus. al-Iqbal li salih al-a'mal — 574-bet.