Abu Hafs Kabir madrasasi
Abu Hafs Kabir madrasasi | |
---|---|
Abu Hafs Kabir madrasasi | |
Muqobil nomlari |
Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasasi Abu Hafs al-Kabir madrasasi Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy madrasasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Saqlanib qolmagan |
Turi | Madrasa |
Shahar | Buxoro |
Qurilishi boshlangan | 800-yil |
Qurilishi tugagan | 810-yil |
Buzilgan sana | XX asr |
Abu Hafs Kabir madrasasi[1] (Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasasi[2], Abu Hafs al-Kabir madrasasi[3], Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy madrasasi[4]) — Ilk Buxoro madrasasi[5]. Buxorodagi eng qadimiy oliy oʻquv yurti[6][7]. Islom madaniyati tarixidagi birinchi tizimli madrasa deb ham eʼtirof etiladi[6][8]. 800—810-yillar oraligʻida asos solingan[6]. Oʻz zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan[9][10][11][12][13]. Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga kata hissa qoʻshgan madrasa hisoblanadi[11]. Uning birinchi mudarrisi Movarounnahr fiqh maktabiga asos solgan alloma Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy (767–832) boʻlgan[4].
Rivoyat qilinishicha, Imom Abu Hafs Kabir Buxoroda hanafiylik mazhabi asosida taʼlim beriladigan ilk madrasani qurdirgan. Bu madrasa hozirgi Poyi Kalon mavzeida boʻlgan. Alloma uyidan madrasaga borishda bozor orqali o‘tganida uning haybatidan bozorchilarning shovqin-suroni toʻxtab qolar ekan[14][15].
Abu Hafs Kabir madrasasidan juda koʻp yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, avliyolar, imomlar yetishib chiqqan. Shu sababdan IX asrdan boshlab Buxoro „Qubbat ul-islom“ („Islom gumbazi“) nomi bilan shuhrat qozongan[6][8]. Xususan, Imom al-Buxoriy (810–870) madrasa taʼlimini ushbu oʻquv muassasida yakunlagan[6][16]. Buxorodagi ilk kutubxonalardan biri ham shu yerda tashkil qilingan deb taxmin qilinadi[17].
Tarixchi Herman Vamberi (1832–1913) va as-Saʼdiy oʻzining asarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriyning madrasasi islom olamining turli oʻlkalaridagi olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa bo‘lganini ta’kidlashgan[9][10][12][13].
Abdusattor Jumanazarga koʻra, madrasa bilan bogʻliq ayrim tarixiy yodgorliklar hozirda saqlanib qolgan. Ayrimlari taʼmirlangan. Unda Buxoro inqilobiga qadar dars oʻtilgan[6][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jumanazar 2017, s. 174.
- ↑ Jumanazar 2021, s. 60.
- ↑ Jumanazar 2017, s. 45.
- ↑ 4,0 4,1 Movarounnahr ilmiy markazlari 2022, s. 283.
- ↑ „Buxorodagi Abu Hafs Kabir jome’ masjidi hamda «Darvozai Imom» qabristoni (fotoreportaj)“. xabar.uz (2023-yil 22-aprel). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Rahimov, Komiljon „Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik“. bukhari.uz (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ Ibrohimov, Istam „Yosh tasavvufshunos olimning mehnati eʼtirof topmoqda“. xs.uz (2023-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 Komilov, Zarif „Botir Zaripov: “Buxoro deklaratsiyasi dinlararo va konfessiyalararo munosabatlar hamda o‘zaro hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini yanada takomillashtiradi”“. bukhari.uz (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
- ↑ 9,0 9,1 „Abu Hafs Kabir Buxoriy kim bo'lgan?“. yuz.uz (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ 10,0 10,1 „Abu Hafs Kabir al-Buxoriy haqida nimalarni bilasiz?“. buxoroisharif.uz (2023-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ 11,0 11,1 Bozorov, Vahobbiddin „Abu Hafs Kabir Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi“. mirarab.uz (2023-yil 3-mart). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ 12,0 12,1 Suyundikov, Sunnatilla „Hanafiylik mazhabining Movarounnahrga kirib kelishi (Islom tarixi)“. oliymahad.uz (2023-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ 13,0 13,1 „Hanafiy mazhabining yurtimizda tarqalishiga sababchi boʻlgan olim Abu Hafs Kabir al-Buxoriy (767–832)“. mirarab.uz (2024-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ Noʻmonov, Muhiddin „Imom Abu Xafs Kabir Buxoriy“. qadriyat.uz (2014-yil 13-dekabr). 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ „Почему мечеть Абу Хафса Кабира имеет половину купола?“ (ru). islamosfera.ru. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
- ↑ Movarounnahr ilmiy markazlari 2022, s. 286.
- ↑ Jumanazar 2017, s. 114.
- ↑ „Islom olamida birinchi madrasa Buxoroda barpo etilganini bilasizmi?“. Xs.uz (16-noyabr 2022-yil). 2023-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.
- Jumanazar A. K. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet. ISBN 978-9943-6804-9-4.
- Movarounnahr ilmiy markazlari [Izomaterial]: kitob-albom Munavvarov Z. va boshqalar: . Toshkent: Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2022 — 480-bet.