Abu Hafs Saraxsiy
Qiyofa
Abu Hafs Saraxsiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis,faqih, Mufassir |
Abu Hafs Saraxsiy (arabcha: أبو حفص سرخسي — Abu Hafs Umar ibn Muhammad Sheroziy Saraxsiy) — mufassir, muhaddis va faqih
Abu Hafs Saraxsiy mufassir, muhaddis va faqih boʻlib, "Sharaful-umma" ("ummatning sharafi") nomiga sozovar boʻlgan. U 1058 yili Saraxs viloyatidagi "Sheroz" qishlogʻida tugʻilgan. Qurʼon tilovati bilan mashgʻul boʻlib, umrining oxirida kambagʻal kishilarga dars bergan[1].
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Hafs Saraxsiy Marvda yashagan. Asosiy taʼlimni ustozi Abulmuzaffar Samʼoniydan olgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Hafs Saraxsiy fiqhiy ixtiloflarga doir 3ta asar yozgan. Shulardan "Al-iʼtisomu fil-xilof" (Ixtiloflardan saqlanish) asari keng tarqalgan.[2]
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Hafs Saraxsiy 1135 yili Marvda vafot etgan va Sijdon qabristoniga dafn qilingan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Islom ensiklopediyasi. — T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat nashriyoti, 2004.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |