Abu Isʼhoq Ibrohim (buvayhiy)
Abu Isʼhoq Ibrohim | |
---|---|
Tugʻilishi |
953-yil 21-sentyabr Bagʻdod |
Vafoti |
978-yildan keyin Misr (?) |
Sulola | Buvayhiylar |
Otasi | Muizz ud-Davla |
Onasi | Ispahdostning qizi |
Dini | Islom (Shialik) |
Abu Isʼhoq Ibrohim, laqabi Umdat ud-Davla (Imperiyaning asosiy tayanchi) bilan mashhur, buvayhiy shahzodasi, buvayhiy hukmdor Muizz ud-Davlaning kichik oʻgʻli.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilasi va Hamdoniylar bilan ziddiyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Isʼhoq 953-yil 21-sentyabrda tugʻilgan[1]. Otasi Muizz ud-Davla, onasi esa daylamiy sarkarda Ispahdostning qizi. Abu Isʼhoqning Baxtiyor, Habashiy, Marzuban, Abu Tohir ismli toʻrt aka-ukasi va Zubayda ismli singlisi boʻlgan. Abu Isʼhoq yoshlik davrida Bagʻdodda tarbiyalangan[2]. Muizz ud-Davla 967-yilda vafot etgach, uning oʻrniga „Izz ud-Davla“ unvonini olgan oʻgʻli Baxtiyor oʻtirgan. Taxminan 972-yilda Abu Isʼhoq „Umdat ud-Davla“ faxriy unvonini olgan[3].
973-yilda Izz ud-Davla va uning turkiy sarkardasi Sabuktakin Hamdoniylar hukmdori Abu Tag‘lib hududlarida yurish qilgan. Sabuktakin buvayhiylar qo‘shinini ortda qoldirib, Bag‘dod tomon yuradi. Abu Isʼhoq onasi va Abbosiy xalifasi al-Mutiy hamrohligida shahar ayollari va bolalari bilan qal’a ichida mustahkamlanib, Sabuktakinning Bag‘dodga qaytishini kutishardi[4]. Izz ud-Davlaning vaziri Ibn Boqiyya ko‘p o‘tmay Bag‘dodga yetib kelib, Abu Isʼhoqqa Bag‘dod mudofaasini mustahkamlashda yordam bergan[4]. Oxir-oqibat shartnoma tuzilib, unga koʻra Mosul va uning atrofidagi hududlar Hamdoniylar qoʻliga qaytarilgan[5].
Sabuktakin qoʻzgʻoloni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oradan bir necha oy oʻtgach, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Izz ud-Davla, aksariyati Xuzistonda boʻlgan turk fiflarini qoʻlga kiritish orqali muammoni hal qilmoqchi boʻlgan. Xuddi shu vaqtda Sabuktakinni lavozimidan ozod qilgan. Bu harakatlar qoʻshinning katta qismini Izz ud-Davlaga dushman qilib qoʻygan. Izz ud-Davla Bagʻdoddan uzoqda boʻlganida, Sabuktakin qoʻshini Abu Isʼhoqni Iroqning yangi buvayhiy hukmdori deb eʼlon qilish niyatida boʻlgan. Abu Isʼhoq koʻp oʻtmay bu xabarni eshitib, dastlab ularga qoʻshilish haqida oʻylagan, lekin onasining aralashuvi bilan bu taklifni rad etgan[6].
Keyin qoʻshin qisqa vaqt ichida ochiq qoʻzgʻolon koʻtargan. Abu Isʼhoq onasi va ukasi Abu Tohir, shu jumladan boshqa tarafdorlarining xavfsizligi evaziga Sabuktakin bilan qarshilikni toʻxtatish haqida kelishuvga erishgan[7]. Qoʻzgʻolonchilar qisqa vaqt ichida Bagʻdodni egallab, Izz ud-Davla mustahkamlanib olgan Vosit tomon yurish boshlashgan. Qamal paytida Sabuktakin vafot etib, oʻrniga Alptakin qoʻzgʻolonchilar boshligʻi etib tayinlangan.
Izz ud-Davla oilasining baxtiga uning amakivachchasi, otasi Rukn ud-Davla Izz ud-Davlaga yordam berishni buyurgan Fors hukmdori Adud ud-Davla Iroqqa yetib kelgan. 974-yilda Izz ud-Davla va Abu Is'hoq boshqa zobitlar bilan birga al-Madoin tomon yurgan. 975-yilga kelib qoʻzgʻolonchilar toʻliq magʻlubiyatga uchratilgan[8]. Iroqda tartib o'rnatilgandan soʻng, Rukn ud-Davla Abu Ishoqqa sharaf libosi bergan[9]. Izz ud-Davla esa Ahvoz noibi etib tayinlagan[10].
Adud ud-Davla bosqini va Suriyaga chekinish
[tahrir | manbasini tahrirlash]976-yilda Rukn ad-Davla vafotidan keyin qisqa vaqt ichida Izz ud-Davla va Adud ud-Davla oʻrtasida urush boshlangan. Shundan so‘ng Abu Isʼhoq Izz ud-Davla saltanatining old qismini qo‘riqlash uchun Xuzistondagi Asqar Mukramga yuborilgan[11]. Bu orada Adud ud-Davla Ramhormoz tomon yurib, shahar qoʻshinin tor-mor etgan va shaharni qoʻlga olgan. Izz ud-Davla Ramhormozning egallanishi haqidagi xabarni eshitgach, Abu Isʼhoqqa Asqar Mukramdan chekinib, Iroqqa qaytishni buyurgan[12]. Adud ud-Davla Iroq tomon yo‘l olib, boshqa qo‘shinni tor-mor qilgan. Dushman qoʻshini Abu Isʼhoq, ukasi va Ibn Boqiyyani chegaradan qochishga majbur qilgan.
Adud ud-Davla oxir-oqibat Bagʻdodni egallagach, Izz ud-Davla va uning ukalariga Suriyaga joylashish uchun ruxsat bergan. So‘ngra Izz ud-Davla o‘g‘li Marzuban ibn Baxtiyor, ukalari Abu Isʼhoq va Abu Tohir bilan birga isyonchi Alptakin va uning tarafdorlari qo‘lidagi Damashqqa yo‘l olgan. Alptakin aka-uka buvayhiylar va ularning tarafdorlarini iliq kutib olib, keyin Misrning Fotimiylar xalifaligi bilan boʻlgan toʻqnashuviga jalb qilgan. Tez orada Ramlada jang boʻlib oʻtgan. Biroq jang paytida Marzuban Alptakinga xiyonat qilib, jang maydonini tashlab ketgan[13].
Alptakin qoʻshinlari qisqa vaqt ichida magʻlubiyatga uchragan. Abu Tohir oʻldirilgan, Abu Isʼhoq esa Fotimiylar tomonidan asirga olingan[14]. Ushbu voqeadan keyin biror manbada Abu Isʼhoq haqida maʼlumot mavjud emas. U 994/995-yilda vafot etgan[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 156.
- ↑ Donohue 2003, s. 51.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 335.
- ↑ 4,0 4,1 Amedroz & Margoliouth 1921, s. 342.
- ↑ Kennedy 2004, s. 272.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 353.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 354.
- ↑ Kennedy 2004, s. 224.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 384.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 390.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 401.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 401-402.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 422.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 423.
- ↑ Busse 2004, s. 519.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Eclipse of the 'Abbasid Caliphate. Original Chronicles of the Fourth Islamic Century, Vol. V: The concluding portion of The Experiences of Nations by Miskawaihi, Vol. II: Reigns of Muttaqi, Mustakfi, Muti and Ta'i. Oxford: Basil Blackwell, 1921.
- Busse, Heribert. Chalif und Grosskönig - Die Buyiden im Irak (945-1055) (German). Würzburg: Ergon Verlag [1969], 2004. ISBN 3-89913-005-7.
- Donohue, John J.. The Buwayhid Dynasty in Iraq 334 H./945 to 403 H./1012: Shaping Institutions for the Future. Leiden and Boston: Brill, 2003. ISBN 90-04-12860-3.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7.