Kontent qismiga oʻtish

Izz ud-Davla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Izz ud-Davla
Amir ul-umaro

Izz ud-Davla hukmronligi davrida zarb etilgan tanga
Iroqning buvayhiy amiri
Saltanat 967—978
Oʻtmishdoshi Muizz ud-Davla
Davomchisi Adud ud-Davla
Tugʻilishi 943
Ahvoz, Eron
Vafoti Iroq
Turmush oʻrtogʻi Lashkarvarzning qizi
Farzandlari
Uy Buvayhiylar
Otasi Muizz ud-Davla
Dini Islom (Shialik)

Baxtiyor (forscha: بختیار, 978-yilda vafot etgan) laqabi Izz ud-Davla (arabcha: عز الدولة) nomi bilan mashhur, Iroqning buvayhiy amiri boʻlgan (967—978).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abu Mansur Izz al-Amir al-Baxtiyor ibn Muizz ad-Davlaning ismi va unvonlari yozilgan oltin koʻza

Izz ud-Davla Muizz ud-Davlaning oʻgʻli, tugʻilganida Baxtiyor ismi qoʻyilgan. Shuningdek, Sanad ud-Davla, Marzuban va Abu Isʼhoq Ibrohim ismli uch nafar aka-ukasi boʻlgan. Baxtiyor yoshlik paytidayoq Lashkarvarz ismli daylamiy sarkardasining qiziga uylangan.

955-yilda ogʻir kasal boʻlgan Muizz ud-Davla oʻz oʻgʻlini voris deb eʼlon qilishga qaror qilgan. Oradan besh yil oʻtib, merosxoʻrlikni tan olgan xalifa Baxtiyorga „Izz ud-Davla“ unvonin bergan. Otasi harbiy yurishlarda boʻlganida Izz ud-Davla Bagʻdodni boshqarib turgan. 967-yilda vafot etgan Muizz ad-Davla oʻgʻli uchun bir qancha nasihatlar qoldirgan. Jumladan, turkiy qoʻmondon Sabuktakin xizmatlaridan voz kechmaslik, turklarning xohish-istaklarini inobatga olib, shimoliy Forsni boshqarib turgan amakisi Rukn ud-Davlani katta amir deb tan olish va Forsni boshqarayotgan amakivachchasi Adud ud-Davlani hurmat qilishni tavsiya qilgan. Shuningdek, Mosulni boshqarayotgan Hamdoniy amir Abu Tagʻlib bilan kurash strategiyasini ham qoldirgan.

Izz ud-Davlaning besh-dinorlik oltin tangasi (974/5); unda kiyikni oʻldirayotgan arslon va togʻ takasini oʻldirayotgan qoplon tasvirlangan[1].
9—10-asrlar Iroq xaritasi

970-yilda Izz ud-Davla oʻz qoʻshinidagi daylamiylar va turklar adovatiga barham berish, daylamiy-turkiy munosabatlarini mustahkamlash maqsadida yuqori martabali turklar bilan bir nechta nikohlar tuza boshlagan. Oʻgʻli Marzuban ibn Baxtiyor Buxtakin Azadruvayhning qiziga, ikkinchi oʻgʻli Salar esa Baktijurning qiziga uylangan[2].

Izz ud-Davla otasining Iroq botqoqliklarida hukmronlik qilayotgan shohiniylarga qarshi kurash siyosatini davom ettirgan, lekin ularni yenga olmagan. Shu bilan birga, Vizantiya imperiyasi bilan chegarani ham xalifa ixtiyoridagi masala deb hisoblagan. 971-yilda John I Tzimiskes boshchiligidagi vizantiyaliklar Shimoliy Mesopotamiyaning katta qismini bosib olganlarida, hatto Bagʻdodga qaytmagan[3]. Oʻzini buvayhiylardan tobora uzoqlashib borayotganini his qilgan Sabuktagin Iroqni himoya qilishni oʻz zimmasiga olgan. Oradan ikki yil oʻtgach, Izz ud-Davla Ibn Boqiyyani oʻziga vazir etib tayinlagan.

Izz ud-Davla davrida moliyaviy muammolar ham mavjud boʻlgan. Otasi qoldirgan maslahatga amal qilmay, 973-yilda Mosul amirligiga bostirib kirgan. Harbiy yurish falokat boʻlgan. Abu Tagʻlib boshchiligidagi hamdoniylar Bagʻdodga yurish qilgan, Sebuktakin esa ularni yashirincha qoʻllab-quvvatlagan boʻlishi mumkin[4]. Soʻngra buvayhiy amiri moliyaviy qiyinchiliklarini aksariyati Xuzistonda boʻlgan Turk fifliklarini qoʻlga kiritish orqali hal qilmoqchi boʻlgan. Shu bilan bir vaqtda Sabuktekinni lavozimidan ozod qilgan. Turkiylar qoʻzgʻolon koʻtarib, Izz ud-Davlani Vositda mustahkamlanib olishga majbur qilgan. Sabukteginning Iroq janubini olish evaziga Bagʻdoddan voz kechish taklifini rad etgan. Soʻngra turkiylar Belga yurish boshlab, shaharni qamal qilgan.

Shu vaqtda Rukn ud-Davla Adud ud-Davlaga Vositga borib, Izz ud-Davlaga yordam berishni buyurgan. Adud ad-Davlaning tanlovi biroz tushunarsiz boʻlgan. U avvalroq Izz ud-Davlaning qobiliyatsizligi tufayli uni taxtdan tushirishni yoqlab chiqqan va Basrada muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon boshlagan Iroq amirining ukasiga boshpana bergan edi. Shunga qaramay, Adud ud-Davla Sabukteginga Vosit ustidan gʻalaba qozonish imkoniyatini berish maqsadida imkon qadar sekin yurgan boʻlsa-da, buyruqni bajargan.

Izz ud-Davla qamalga bardosh berishga muvaffaq boʻlgan. Qamal vaqtida Sabuktekin vafot etgan[5]. Shundan soʻng Adud ud-Davla uni Bagʻdodga qaytarishga qaror qilgan. Koʻp oʻtmay, Izz ud-Davlaning daylamiy yollanma askarlari koʻtargan qoʻzgʻolon Adud ad-Davlaga oʻz amakivachchasini agʻdarish imkoniyatini bergan. Shunday qilib, uning Iroqni toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarishiga Rukn ud-Davla keskin qarshilik qilgan. Shuning uchun Izz ud-Davla Adud ud-Davlaning Iroqdagi noibi etib tayinlangan. Adud ud-Davla Sherozga qaytib ketishi bilan Izz ud-Davla oʻz qaramligini bekor qilgan.

Fuqarolar urushi va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rukn ud-Davla 976-yilda vafot etgach, buvayhiylar imperiyasi xaos holatiga kirgan. Izz ud-Davla Adud ud-Davlaning katta amir lavozimiga oʻtishini tan olishdan bosh tortgan. Oʻzi uchun yangi unvonlar olib, xalifaning qizlaridan biriga uylangan. Bu esa xalifa uning siyosatiga roziligini bildirardi. Shundan soʻng Adud ud-Davla Iroqqa bostirib kirish uchun tayyorlana boshlagan. Izz ud-davla oʻz qoʻshini va ittifoqchilarini tayyorlagan boʻlishiga qaramay, 977-yilda Xuzistonda yengilib, Vositga chekinishga majbur boʻlgan. U yerda yangi qoʻshin yigʻgan. Ikki amakivachcha muzokara boshlagan. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Izz ud-Davlaga Hamdoniylar bilan ittifoq tuzmaslik vaʼdasi evaziga Suriyaga oʻtish erkinligi berilgan. U mazkur kelishuvni buzgach, harbiy harakatlar qayta boshlangan. Izz ud-Davla ham, Hamdoniylar ham 978-yil bahorida Samarrada magʻlubiyatga uchrab, sobiq buvayhiy hukmdori qoʻlga olingan. Koʻp oʻtmay, Adud ud-Davlaning roziligi bilan oʻlimga hukm qilingan[6].

Oʻtmishdoshi:
Muizz ud-Davla
Buvayhiy amir (Iroqda)
967—978
Vorisi:
Adud ud-Davla

Andoza:Buvayhiylar