Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy
Qiyofa
Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy(arabcha:عصمت بن مزاحم قطواني — Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy — Toʻliq ismi:Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy Xarashkatiy (952-yilda vafot etgan)) — muhaddis.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy Shosh vohasining Xarashkat shaharchasida tavallud topgan. Maʼlumki, Saraxs xatibi Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamavayhi Imom Buxoriy „Sahihi“ning roviylaridan boʻlgan. Abbos ibn Umar Samarqandiylardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan.“Siyaru aʼlami-n-nubala” asarida taʼkidlanishicha, Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy ning siyrati va faoliyati haqida yetarli maʼlumotlar yetib kelmagan. Abu Isʼhoq Ibrohim Shoshiy ishonchli muhaddislar sanalgan va uzoq yillar yashab 90 yoshdan koʻproq umr koʻrgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 820.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |