Kontent qismiga oʻtish

Abu Ja’far Muhammad az-Zominiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Ja’far Muhammad az-Zominiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1024-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy (arabcha: أبو جعفر محمد الزاميني — Abu Jaʼfar Muhammad ibn Asad ibn Tovus az-Zominiy) — Muhaddis. Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy X asr oʻrtalarida Ustrushana mintaqasining Zomin shahrida tavallud topgan. Abulabbos al-Mustagʻfiriy u haqida shunday hikoya qiladi: "Men Xurosonga safar qilgan chogʻimda u menga hamrohlik qilib, yoʻlda mendan ayrildi. Shundan soʻng u Iroq, Hijoz va Musalga safar qilgan… ".

Ilmiy safarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy ilm talabida Xuroson Iroq, Hijoz, Musal, Marv va Saraxs kabi shahar va mamlakatlarga ilmiy safar qilgan.

Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy 415/1024 yil boshida Buxoroda vafot etgan[1].

  1. Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.