Kontent qismiga oʻtish

Adabiyot nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiyot nazariyasi – adabiyotshunoslik fanining bir boʻlimi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yoʻllarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini oʻrganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy soʻz sanʼatining ijodiy tajribalariga asoslanib, oʻzining barcha nazariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy soʻz mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni oʻrganishdan keltirib chiqaradi. Badiiy adabiyotni bevosita yaratuvchilarning adabiy ijod haqida aytgan fikrlari ham Adabiyot nazariyasi tomonidan eʼtiborga olinadi, ammo bu borada Adabiyot nazariyasi badiiy ijod tajribalarida tasdiqlangan ijodiy haqiqatlarga 175 murojaat qilib boradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli jihatlarini ham belgilab beradi. Sanʼat turi sifatida adabiyotning uziga xosligi uning soʻz vositasida obraz yaratishida koʻzga tashlanadi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi da badiiy, obrazli tasvir va ifoda masalalari ham oʻrganiladi.

  • Badiiy adabiyotda mazmun bilan shakl birligi va mutanosibligi Adabiyot nazariyasi ning bosh masalasidan biri hisoblanadi. Mazmunsiz shakl boʻlmaganidek, shaklsiz mazmun ham boʻlmaydi. Har qanday shakl mazmunlash-ganidek, har qanday mazmun shakllashgandagina toʻla voqe boʻladi. Mazmun – badiiy asarning hamma qismlarini belgilovchi, uyushtiruvchi asos. Badiiy adabiyotda mazmun – jonli hayot, uning xilma-xil qirralari, murakkabligi, boyligi va goʻzalligidir. Har qanday gʻoya badiiy asarning mazmunini tashkil eta olmaydi, u faqat badiiy xususiyatga ega-ligi, inson, jamiyat uchun ahamiyatliligi bilan barchani qiziqtira olgan gʻoyalargina badiiy asar mazmunini tashkil etadi. Badiiy shakl ham mazmunga nisbatan farqsiz hodisa emas. Chunki har qanday gʻoya hayotning oʻzida aniq hayotiy hodisa shaklida namoyon boʻladi, bu hodisaning shaklini mazmundan ajratib boʻlmaydi. Binobarin, har qanday badiiy gʻoya oʻziga mutanosib badiiy shakldagina oʻz mohiyatini toʻla namoyon etadi. Alisher Navoiy „Hamsa“da oʻz zamonida shoirlik daʼvo qilib yurgan koʻplab kishilarning shakl bobidagi noʻnokligini qoralaydi. Chunki, faqat shakli mazmuniga toʻla mos boʻlgan asargina haqiqiy badiiy asar boʻla oladi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi badiiy asarning tarkibiy qismlari (syujet, konflikt, kompozitsiya va boshqalar), adabiy turlar va janrlar haqidagi masalalarni keng yoritadi. Insoniyat tarixida boʻlgan ijodiy uslublar, adabiy oqimlar, maktablar Adabiyot nazariyasi da oʻzining aniq taʼrifu tavsifini topali. Oʻtmish adabiyot bilan hozirgi zamon adabiyoti oʻrtasidagi doimiy vorislik (anʼana va yangilanish) masalalari ham Adabiyot nazariyasi ga aloqadordir. Turli xalqlar adabiyotlari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir va bir-birlarini boyitishdan iborat ijobiy tarixiy jarayonning qonuniyatlarini aniqlash ham Adabiyot nazariyasi ning doimiy oʻrganuvchi sohalaridan birini tashkil etadi.
  • Dunyo xalqlari sheʼriyatiga xos tizimlar, ularning tuzilishi va shakllari Adabiyot nazariyasi ning bevosita tadqiqot manbaidir. Badiiy adabiyotning oʻtmishi, hozirgi ahvoli va istiqboldagi rivojlanish tamoyillarini belgilab berish Adabiyot nazariyasi ning eng muhim vazifasi sanaladi. Sharkda Adabiyot nazariyasi ning yuqrrida qayd etilgan barcha muammolarini yaxlit oʻrganuvchi maxsus fan sohasi boʻlmagan. Bu masalalar 3 yoʻnalishdagi mustaqil sohalar doirasida olib borilgan. Bular: aruz ilmi, qofiya ilmi va balogʻa ilmi, yaʼni badiiy soʻz sanʼatlari haqidagi sohalardan iborat. Shu bois Sharq mumtoz adabi-yotshunosligi tarixiga nazar tashlansa, yuqorida koʻrsatilgan 3 yoʻnalishdagi ilmiy manbalar alohida-alohida bayon etilganligi maʼlum boʻladi. Masalan, Muhammad bin Umar ar-Roduyoniyning „Tarjimon ul-balogʻa“, Rashididdin Vat-votning „Hadoiq us-sehr fidaqoiqush-sheʼr“, Alisher Navoiyning „Mezon ul-avzon“, Boboʻrning „Muxtasar“, Husayn Voiz Koshifiyning „Badoye ul-afkor fi sanoye-ul-ash’or“, Atoullo Husayniyning „Badoye us-sanoyeʼ“, Vohid Tabriziyning „Jam’i muxtasar“ kabi asarlarida aruz, qofiya va badiiy sanʼ-atlar haqida alohida-aloxdda fikr yuritilgan. Sharq adabiy-nazariy taʼlimoti asosan sheʼriyat materialiga asoslangan boʻlib, ularda badiiy nasr, dramaga oid nazariy kuzatishlar uchramaydi. Chunki Sharq mumtoz adabiyotida badiiy nasr va drama janrlari mavjud emas edi. Sharq adabiy-nazariy qarashlari rivojiga Abu Nasr Forobiy „Kalom fish-sheʼr va al-qavofi“ („Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“), „Kitob fil-lugʻot“ („Til haqida kitob“), „Sheʼr sanʼati“, Ibn Sino „Uyun-al-Hikma“ kabi asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar. Oʻzbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasi ga 176oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning „Adabiyot qoidalari“ kitobida badiiy adabiyotning oʻziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yaxlit maʼlumotlar berilgan. Abdurahmon Saʼdiyning „Adabiyot nazariyasi“ asari Adabiyot nazariyasi ga oid ilk asarlardan hisoblanadi. Shulardan keyin Adabiyot nazariyasi ga oid ikkinchi asar 1939-yilda I. Sulton tomonidan yaratildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan ikki jildli „Adabiyot nazariyasi“ (1-jild 1978, 2-jild 1979), 1980-yilda I. Sultonning „Adabiyot nazariyasi“ darsliklari chop ettirildi. Adabiyot nazariyasi rivojiga H. Yoqubov, M. Yunusov, M. Qoʻshjonov kabi olimlar ham katta hissa qoʻshdilar. Gʻarb adabiyotshunosligida Aristo-telning „Poetika“ asari Adabiyot nazariyasi ga oid asosiy manba sifatida qoʻllanilib kelindi. 17-18-asrdan boshlab Bualo, Di-dro, Lessing , Gerder, Gyote, Shiller kabi olimu adiblar tomonidan Adabiyot nazariyasi ga oid na-zariy asarlar yaratila boshlandi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida nemis faylasuflari Kant, Fixte, Shelling , Gegel va boshqa badiiy adabiyot qonuniyatlarini yaxlit oʻrganuvchi Adabiyot nazariyasi yaratishni boshlab berdilar. Rossiyada M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, V. G. Belinskiy, N. G. Chernishevskiy, A. N. Dobrolyubov, A. I. Gersen va boshqa adabiy-nazariy qarashlar rivojiga muayyan hissa qoʻshdilar. Bahodir Sarimsoqov.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil