Kontent qismiga oʻtish

Afgʻoniston — Tojikiston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afgʻoniston — Tojikiston munosabatlari

Afgʻoniston

Tojikiston

Afgʻoniston — Tojikiston munosabatlari — Afgʻoniston va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Ikki mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar 1992-yilda oʻrnatilgan. Afgʻonistonning Dushanbeda elchixonasi va Xorugʻda konsulligi mavjud. Afgʻonistonning Tojikistondagi hozirgi elchisi doktor Abdulgʻafur Arezoudir[1]. Tojikistonning Kobulda elchixonasi va Mozori Sharif, Fayzobod va Qunduzda konsulligi bor. Ayni paytdagi Tojikistonning Afgʻonistondagi elchisi Sharofiddin Imomdir[2].

Tarixda ikki mamlakat Somoniylar, Gʻaznaviylar va Temuriylar davrida bir-biriga bogʻlangan. 1750-yilda afgʻonistonlik Ahmad Shoh Durraniy va buxorolik Muhammad Murod begim oʻrtasida tuzilgan doʻstlik shartnomasidan soʻng Amudaryo (Oksus daryosi) Afgʻonistonning rasmiy chegarasiga aylandi. Fors tili har ikki mamlakatda ham keng qoʻoʻllaniladi va Afgʻonistonda Tojikiston tojiklariga qaraganda tojiklar birmuncha koʻproq[3].

Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 15-iyunda oʻrnatilgan. 1992-yil davomida kamida 80 ming tojikistonlik Afgʻonistonga koʻchib ketib, boshpana topdi. Tojikiston oppozitsiyasi rahbarlari Afgʻoniston hukumatining qoʻllab-quvvatlashidan ega boʻlib, asosan Badaxshon viloyatida joylashdilar[4][5]. Afgʻonistondagi fuqarolar urushi ham ikki mamlakat oʻrtasida qochqinlar migratsiyasini keltirib chiqardi, bu safar Afgʻonistondan qochqinlar Tojikistonga kirib kelishdi[6].

Karzay maʼmuriyati Afgʻoniston ustidan nazoratni qoʻlga kiritgach, Tojikiston Kobulda oʻz elchixonasini ochdi. Mozori-Sharifdagi konsullik ham oʻsha yilning noyabrida ochilgan[7]. Emomalii Rahmon va Hamid Karzay Dushanbeda 2004-yil boʻlib oʻtgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida uchrashdilar. 2005-yil aprel oyida Rahmon rasmiy tashrif bilan Afgʻonistonga kelgan. Oʻshandan beri ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik, ishbilarmonlik va madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Tojikistonda taxminan 6,5 ming afgʻon bor[8]. Ularning 500 ga yaqini Tojikistonning turli universitetlarida tahsil olmoqda[9].

Chegara muammolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. The World Folio. „At the Heart of Asia - Interview with Afghan Ambassador“. 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.(Wayback Machine saytida 2017-07-30 sanasida arxivlangan)
  2. Ministry of Foreign Affairs of Tajikistan. „Addresses of consular representations of Tajikistan abroad“. 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.(Wayback Machine saytida 2017-07-30 sanasida arxivlangan)
  3. „Tajiks of Afghanistan“. Afghan Network. Qaraldi: 2009-yil 18-iyul.
  4. „The Tajik civil war: Causes and dynamics“ (2001-yil aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  5. http://factsanddetails.com/central-asia/Tajikistan/sub8_6a/entry-4858.html
  6. „USCR Country Report Tajikistan: Statistics on refugees and other uprooted people, Jun 2001“. ReliefWeb (19-iyun 2001-yil). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  7. Ministry of Foreign Affairs of Tajikistan. „Таджикско-Афганские отношения“ (ru). 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Peace, poverty await Afghan refugees in Tajikistan“. Reuters (19-fevral 2010-yil). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  9. „Tajikistan to double trade volume with Afghanistan“. Pajhwok Afghan News (27-aprel 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.