Qozogʻiston — Tojikiston munosabatlari
Qozogʻiston |
Tojikiston |
Qozogʻiston — Tojikiston munosabatlari — Qozogʻiston va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Qozogʻiston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro diplomatik aloqalar 1993-yil 7-yanvarda oʻrnatilgan.
Qiyosiy tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Qozogʻiston | Tojikiston |
---|---|---|
Rasmiy nomi | Qozogʻiston Respublikasi | Tojikiston Respublikasi |
Gerbi | ||
Bayrogʻi | ||
Hududi | 2,724,900 km² (1,052,100 sq mi) | 141,400 km² (55,300 sq mi) |
Aholisi | 18,448,600 | 9,126,000 |
Aholi zichligi | 7/km² (633/sq mi) | 65/km2 (18.1/sq mi) |
Poytaxti | Nur-Sulton | Dushanbe |
Eng katta metropolitan hududi | Almati 2,039,376 | Dushanbe 864,400 |
Boshqaruv shakli | Unitar Prezidentlik Respublikasi | Unitar Prezidentlik Respublikasi |
Hozirgi rahbar | Qosim-Joʻmart Toqayev | Imomali Rahmon |
Rasmiy tillari | Qozoq | Tojik |
YaIM | $164.207 milliard | $17.640 milliard |
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tojikiston elchixonasi Nur-Sulton shahrida 1993-yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qozogʻistonning Dushanbedagi diplomatik vakolatxonasi 1998-yil aprel oyida ochilgan va 2001-yil yanvar oyida u elchixona maqomini olgan. Tojikiston rahbari Imomali Rahmon 1993-yilda Qozogʻiston poytaxtiga rasmiy tashrif bilan kelgan. Ushbu tashrif davomida Tojikiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar asoslari toʻgʻrisida bitim imzolangan. Tojikiston rahbarining Qozogʻistonga keyingi tashriflari 1995 va 2008-yillarda boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Tojikistonga rasmiy tashriflari 2000-yil iyun va 2007-yil sentyabr oylarida amalga oshirilgan[1].
1995-yilda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tashkil etildi. Komissiyaning 1998, 2001, 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011-yillarda Qozogʻiston va Tojikiston poytaxtlarida boʻlib oʻtgan yigʻilishlari ikki mamlakat munosabatlarida muhim rol oʻynaydi[2].
Bugungi kunda Qozogʻistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Agybay Dynkenovich Smagulovdir[3]. 2014-yil holatiga koʻra Tojikistonning Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alizoda Nazirmaddir[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Зафар Саидов. Основные тенденции внешней политики Республики Таджикистан на рубеже столетий (1992-2004 гг.). Авасто, 2009 — 83-bet. ISBN 9994770500.
- ↑ Зафар Саидов. Основные тенденции внешней политики Республики Таджикистан на рубеже столетий (1992-2004 гг.). Авасто, 2009 — 179-bet. ISBN 9994770500.
- ↑ „О посольстве“. Посольство Республики Казахстан в Республике Таджикистан. 2011-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar. (WebCite saytida 2011-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ „О посольстве“ (deadlink). Посольство Республики Таджикистан в Республике Казахстан. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar. (Wayback Machine saytida 2016-04-13 sanasida arxivlangan)