Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari
Qozogʻiston |
Oʻzbekiston |
Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari — izchil rivojlanmoqda. Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shunga qaramasdan, ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpdir.
Qozogʻiston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni taʼminlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. 2005-yilgacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 166 hujjat imzolangan. 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 425,9 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport 184,7 mln. AQSh dollarini, import 241,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
1991-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Qozogʻistonga 25 ta tashrifi amalga oshirilgan va Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga 7 marotaba tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nosir Yoqubov (1993—2000)
- Butayarov Turdiqul Suvanovich (17.04.2000-2008)
- Tursunov Farrux Islamdjanovich (12.2008—12.2011)[1][2][3]
- Salahitdinov Alisher Alahitdinovich (11.2012-12.2015)
- Nazarov Ikrom Oʻktamovich (06.01.2016-10.02.2018)
- Niyazxodjaev Saidikram Parhatovich (12.03.2018-)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“. kun.uz (2018-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 23-dekabr.
- ↑ „Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 23-dekabr.
- ↑ „Ўзбекистоннинг янги элчиси Мадридга ташриф буюрди“. «Дунё» АА. Qaraldi: 23-dekabr.