Oʻzbekiston — Misr munosabatlari
Misr |
Oʻzbekiston |
Oʻzbekiston — Misr munosabatlari — 1992-yil yanvarda Misr rasmiy delegatsiyasining Oʻzbekistonga va 1992-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Misr ga tashrifi vaqtida ikkala mamlakatning turli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish muddaolari tasdiklanib, ularga aniklik kiritildi. 2000-yilgacha mamlakatlar oʻrtasida 10 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Misr oʻrtasidagi munosabat va hamkorlik asoslari, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish, iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik, aviatsiya qatnovi va havo transporti sohasidagi hamkorlik, Toshkent sharqshunoslik instituti bilan Misrning Al-Azhar universiteti oʻrtasida fan va madaniyat sohasidagi hamkorlik, Oʻzbekiston va Misr tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi bitimlar shu hujjatlarning eng muhimlaridir.[1]