Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hindiston–Oʻzbekiston munosabatlari

Hindiston

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlariOʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston oʻrtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat, hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005 yilgacha ikki davlat oʻrtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992 yil Toshkentda Hindistonning Bosh konsulxonasi (1988 yil tashkil etilgan), 1994 yil Dehlida Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi (1992 yil tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan Hindistonda boʻldi. 1993 yil rasmiy tashrif bilan Hindiston Bosh vaziri Narasimxo Rao Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy mumosabatlar ikki tomonlama shartnomaviyhuquqiy asoslarpi tashkil qilgan bir qator iqtisodiy bitim va hujjatlar, jumladan, "Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim", "Investitsiyani oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgrisidagi bitim", "Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgrisidagi bitim" bilan muvofiqlashtiriladi. 1993 yilda ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1993— 2005 yillarda bu komissiyaning 5 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 2003 yil 24—26 martda Toshkentda Hindiston savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi; unda Hindistonning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005 yil apreldagi Hindistonga tashrifi chogida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Taʼlim va madapiyat sohalarida hamkorlik boʻyicha huku-matlararo hujjatlar imzolandi. mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrtasida angla-shuv protokoli, Oʻzbekiston Savdosanoat palatasi bilan Hindiston savdosanoat palatalari federatsiyasi hamda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda Hindiston eksport-import banki oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, "Oʻzsanoatma-shimpeks" davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning "Kompetent" kompaniyalari guruhi oʻrtasida Savdo uyi tashkil etish toʻgʻrisida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan J.Neru universiteti hamda Toshkent sharqshunoslik instituti bilan Mirzo Gʻolib instituti oʻrtasida anglashuv memoran-dumlari imzolandi. 2004 yil mamlakatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 mln. AQSH dollarini tashkil qildp. Hindistondan Oʻzbekistonga qogʻoz va karton, dori-darmon, uskupa, organik va kimyoviy birikmalar kelti-riladi. Oʻzbekiston Hindistonga rangli metallar va ularlan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsu-lotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda Hindistondagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Ikki mamlakat oʻrtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida hamkorlik rivojlanmokda. Ikki mamlakat olimlari ishtirokida ilmiy sim-pozium, seminar va anjumanlar oʻtka-zish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, meʼmorlik, tibbiyot, biologiya, kosmik fazoni oʻrganish, geologiya va boshqalar koʻplab sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1991 yil Hindistonda buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati kunlari oʻtkazildi. 1992 yil oktabrda Oʻzbekiston mustaqilligining bir yilligiga bagʻishlab Dehli shahrida oʻzbek madaniyati va sanʼati festivali boʻlib oʻtdi. Shu yil noyabr oyida oʻzbekistonlik taniqli rassom Akmal Nuriddinovning koʻrgazmasi namoyish etildi. 1993 yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi Hindiston va Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994 yil Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan Hindiston madaniy markazining hissasi katta.