Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston — Latviya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Latviya–Oʻzbekiston munosabatlari

Latviya

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston — Latviya munosabatlari — Ikki mamlakatning yangi sharoitdagi oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish uchun avvalo huquqiy negiz yaratish lozim edi. Oʻzbekiston Prezidenta Islom Karimovning 1995 yil Latviya Respublikasiga tashrifi va Latviya prezidentining 1996 yil Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi chogʻida, ikkala mamlakat vazirlarining oʻzaro safarlari vaktida turli sohalarda hamkorlik qilish haqida bitimlar imzolandi. Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik komissiyasining majlislarida muhim masalalar hal etiladi. Bu ishlarning natijasida Oʻzbekiston bilan Latviya oʻrtasidagi tovar aylanmasi sa-noat va qishloq xoʻjaligining turli tarmoqlarida muttasil ortib bordi. Chunonchi, 1994 yilda tovar aylanmasi 13 mln. 165 ming, 1995 yilda 18 mln. 790,5 ming, 1996 yilda 26 mln. 123,4 ming, 1997 yilda 54 mln. 183,6 ming, 2000 yilda 133,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston dan Latviyaga paxta tolasi, organik kimyoviy birik-malar, shoyi, meva va sabzavotni kay-ta ishlash mahsulotlari, gazlama va kalava ip yuborilsa, u yerdan qand-shakar va qandolat, qora metalldan yasalgan buyumlar, transport vositalari, bugʻ qozonlari, mexanik uskunalar, qogʻoz va karton, trikotaj kiyimlar, elektr asbob-uskunalari, noorganik kimyo mahsulotlari, kauchuk va rezina buyumlar, kofe, choy, un, mebel va boshqa mollar olinadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tovarlarini Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga yuborish uchun Latviya portlaridan foydalaniladi.

Mamlakatlarning ayrim tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatilgan. Jumladan, dori-dar-mon yetkazib berish, sayyoxlarni kutib olish va ularga xizmat koʻrsatish haqida kelishuvga erishilgan. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" va "Boltik Eyrlaynz" kompaniyalari hamkorlik haqida bitim imzoladilar. Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki L.ning "Kapital bank", "Pareks bank", "Riyetumi bank", "Lateko bank", "Bank Lend", "Saules bank", Riga tijorat banki bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. "Oʻzbekmebel" aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tashqi savdo birlashmalari, "Oʻzmarkazimpeks" birlashmasi Latviyadagi turdosh tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik va savdo-sotiq qilish haqida kelishib olgan. "Oʻztashqitrans" birlashmasi 1992 yildan boshlab Riga, Venspils, Liyepaya portlari va temir yoʻl orqali 800 ming tonnadan koʻproq turli yuklar: paxta tolasi, burdoy, kandshakar, kartoshka, yogʻ, mis, rux kabilarni tashidi.

Oʻzbekistonda latviyalik investorlar ishtirokidagi 10 ta va L. kapitali 100% boʻlgan 1 ta korxona roʻyxatga olingan. Ularning asosiy faoliyat so-hasi elektron, radio aloqa vositalari, umumiy mashinasozlik buyumlari, kiyim-kechak, mebel, shoyi ishlab chiqarish, dorixonalar xizmati, marketing tadqi-qotlari oʻtkazish, oʻzaro sarmoya sarflanishini ragʻbatlantirish va himoya qilishdan iborat. Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida Latviyaning 3 firmasi vakolatxonalari rasmiylashtirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil